2002 йил 14- февралда туғилган Абдисаломов Тошкент


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/27
Sana02.02.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1146483
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Bog'liq
JIK6976969803

JK ning 285-moddasiga ko’ra, bir-biriga tobe bo‘lmagan harbiy 
xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish, ya’ni 
muntazam xo‘rlash, azob berish, sog‘liqning buzilishiga sabab bo‘lgan badanga 
yengil shikast yetkazish yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish, qonunga xilof 
ravishda ozodlikdan mahrum qilish — 
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoxud bir yilgacha intizomiy qismga 
yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
Kazusda Boyturayev tomonidan Sobirovni muntazam qiynab azob berib 
sog’ligiga shikast yetkazganligi aytib òtilgan, ushbu holatda sud tomonidan 
Boyturayevga JKning 285-moddasiga ko’ra intizomiy jazo chorasi to’g’ri 
qo’llanilgan. 


Boyturayev intizomiy qismda jazoni o’tayotgan, axloqi tuzalayotganlar 
toifasiga kiritilganligi masalasiga to`xtalsak, JIK ning 157-moddasi ikkinchi 
qismiga ko`ra yaxshi xulq-atvori hamda mehnatga va harbiy xizmatga vijdonan 
munosabati uchun mahkumlar sud tomonidan 
tayinlangan jazo muddatining kamida 
uchdan bir qismini o’taganlaridan so’ng, intizomiy qism komandirining buyrug’i 
bilan axloqan tuzalayotganlar qatoriga qo’shiladi. Demak, Boyturayev shu asosga 
ko’ra axloqan tuzalayotgan toifasiga kiritilgan.
JK 73-moddasida intizomiy qismga jo’natish jazosiga hukm qilingan 
shaxslarga nisbatan ham jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish 
qo’llanilishi mumkinligi ko’rsatib o’tilgan. JIK ning 164-moddasi ikkinchi 
qismiga ko’ra, mahkum jazo muddatining Jinoyat kodeksi 73, 74, 89 va 90-
moddalarida belgilangan qismini o’tab bo’lganidan so’ng bir oylik muddat ichida 
jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ma’muriyati uni jazoni o’tashdan 
muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoning o’talmagan qismini yengilroq 
jazo bilan almashtirishga taqdim etish masalasini agar mahkum yoki uning advokati 
tegishli iltimosnoma bilan sudga bevosita murojaat etmagan bo’lsa ko’rib chiqishi 
hamda taqdim qilish yoki rad etish haqida qaror chiqarishi shart. K
azusimizda 
Boyturayev harbiy qism komandiri tomonidan shartli ravishda muddatidan ilgari 
jazodan ozod qilishga taqdim qilinganligi qonuniy hisoblanadi.
Sud taqdimnomani rad etganligi masalasiga to’xtaladigan bo’lsak, Sud qonunda 
nazarda tutilmagan asoslar, jumladan, oldingi jinoyatlari uchun sudlanganlik holati 
mavjudligi, tayinlangan jazo yengilligi, mahkum aybiga iqror emasligi, muayyan 
jazoni ijro etish muassasasida qisqa vaqt mobaynida bo‘lganligi va h.k. bo‘yicha 
jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan 
almashtirishni 
rad etishga haqli emas
. (JAZONI O‘TASHDAN MUDDATIDAN 
ILGARI OZOD QILISH VA JAZONI YENGILROG‘I BILAN ALMASHTIRISH 
BO‘YICHA SUD AMALIYOTI TO‘G‘RISIDA Oliy sud plenumi 7-bandi)
Ushbu holatda sudning taqdimonomani rad etganligi tufayli sudga Boyturayeving 
ishi bo’yicha JIK 164-moddasiga 
asosan takroran taqdimnoma kiritish mumkin

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling