2002 йил 14- февралда туғилган Абдисаломов Тошкент


uch kun ichida quyidagilarni ko‘rsatgan holda buyruq


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/27
Sana02.02.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1146483
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Bog'liq
JIK6976969803

uch kun ichida quyidagilarni ko‘rsatgan holda buyruq chiqaradi: 

mahkum harbiy xizmatchini lavozim va harbiy unvonda ko‘tarishga taqdim 
etmaslik asosi va muddati; 

harbiy xizmatchiga navbatdagi harbiy unvon berish hamda pensiya tayinlash 
uchun uning xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanmaydigan vaqt; 

mahkumning pul ta’minotidan davlat foydasiga o‘tkaziladigan chegirma 
miqdori. 
Komandir (boshliq) buyrug‘i mahkum harbiy xizmatchi e’tiboriga yetkaziladi va 
uning shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga hukm nusxasi bilan birgalikda qo‘shib 
qo‘yiladi. 
Komandir (boshliq) hukm ijro etilganligi haqida hukm chiqargan sudga uch kunlik 
muddat ichida xabar beradi. 
Xizmat bo‘yicha cheklash tariqasidagi jazoni o‘tash muddati hukmni ijro etish 
to‘g‘risida buyruq chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. 


Xizmat bo‘yicha cheklash muddati tugashidan kamida uch kun oldin komandir 
(boshliq) jazo ijrosi tugatiladigan sanani ko‘rsatib buyruq chiqaradi. 
Buyruq nusxasi hukm chiqargan sudga yuboriladi. 
Mening fikrimcha, yuqoridagi holatdan shu ma’lumki, sudning e’tirozi o’rinli, 
chunki komandir sudga jazo ijro etilganligini muddat o’tib ketgandan so’ng 
yetkizmoqda. Bu bilan JIK da belgilangan normani buzmoqda. Bundan tashqari 
komandir harbiy qismda ozroq notinchlik bo'lganligini vaj qilib ko'rsatgan. Agarda 
kechiktirib bo’lmaydigan hodisa yuz berishi natijasida hukmninng ijro etilganini 
sudga vaqtida yetkiza olmagan bo’lsa, uzrli sabab deb olishimiz mumkin edi.
 
14-kazus.
2017 йил муддатли ҳарбий хизматни ўташга чақирилган Бойтураев шу 
йилнинг 20 июнь кунига қадар ўзининг резирвида бўлган Собировни мунтазам 
қийнаб, азоб бериб, соғлиғининг бўзилишига сабаб бўлган шикас етказганлиги 
Собировни 
санчастга 
мурожат 
қилиши 
натижасида 
аниқланган. 
Бойтураевнинг жиноят иши ҳудудий ҳарбий суд томонидан кўриб чиқилиб, 
Ўзбекистон Республикаси ЖКнинг 285 моддаси билан жиноят содир 
этганликда айбдор деб топилган ва унга нисбатан суд ҳукми билан интизомий 
қисмган юбориш жазоси тайинланган. Бойтураев Интизомий қисмда жазони 
ўтаётган, ахлоқи тузалаётганлар тоифасига киритилган. Бойтураев ҳарбий 
қисм командири томонидан қонунда белгиланган тартибда шартли равишда 
муддатидан илгари жазодан озод қилишга тақдим этилди. Бироқ суд 
тақдимномани рад этди. 

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling