2005 yil 9 aprelda o’tgan Adliya vazirligining kengaytirilgan xay’at majlisida so‘zlagan nutqi


Download 207.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana24.12.2017
Hajmi207.23 Kb.
#22989
1   2

III. Aniqlangan kamchiliklar: 

 

Hurmatli yig‘ilish qatnashchilari! 

 

Kelib tushayotgan ariza va shikoyatlarni hamda o‘rganishlar natijasida aniqlangan 



qonunbuzilishlarni chuqur tahlil qilib, tadbirkorlarni erkin faoliyat yuritishiga va xorijiy 

sarmoyalarning O‘zbekistonga kirib kelishiga asosiy to‘siq bo‘layotgan muammolarning 

ayrimlariga to‘xtalib o‘tsam. 

 

Noqonuniy mablag‘ jalb qilish masalalari: 

 


Hokimliklar tomonidan tadbirkorlarning haqiqiy roziligisiz mablag‘ jalb etish holatlari 

haligacha davom etmoqda. Bunday huquqbuzarliklar asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi 

(251 ta tadbirkordan), Jizzax (687 ta), Namangan (385 ta) va Xorazm (259 ta) viloyatlarida 

ko‘proq sodir etilgan. Xuddi shunday, ushbu viloyatlarda kuni kecha o‘tkazilgan so‘rov 

yakunlari tahlili tadbirkorlarning aksariyatiga aynan mana shu masala ularni erkin faoliyat 

yuritishida jiddiy to‘siq bo‘layotganligini ko‘rsatdi. Lekin, viloyat adliya boshqarmalari 

tomonidan taqdim etilgan statistik ma’lumotlarga qaraganda, bunday holatlar ularda umuman 

mavjud emas ekan. Qachon tugatamiz o‘zi murosasozlikni?  

 

Agar tadbirkorlarning mablag‘ini olib qo‘yish eng ashaddiy qonunbuzarlik bo‘lib, aybdor 



hokimlik xodimlari so‘zsiz javobgarlikka tortilishi kerak. Bu davlat rahbarining, 

Hukumatning siyosati. Bu yerda murosasozlik bo‘lishi mumkin emas.  

 

Qachon bu kayfiyatni o‘zgartiramiz? Bu xususiy mulk, u daxlsiz va muqaddas mulk 



ekanligini, unga tajovuz qilish jinoyat hisoblanish muhitini yaratmas ekanmiz islohotlarni 

amalga oshirolmaymiz, rivojlanish bo‘lmaydi. Biz bu ashaddiy qonunbuzilishga qarshi 

murosasiz kurashsakgina tadbirkor ishonch hosil qiladiki, uni topgan daromadini birov tortib 

olmaydi. Bu bizlarning eng asosiy vazifamiz bo‘lishi lozim.  

 

Biz bu masalani baribir qo‘ymaymiz. Qonunlarni oyoqosti qilayotgan, o‘zganing mulkiga 



ko‘z olaytirgan mansabdor shaxslarni shavqatsiz jazolash lozim. Lekin, yana takror aytaman, 

hokimliklarning bu masalaga munosabatini albatta o‘zgartirishimiz shart. 

 

Bu vazifa bilan biz o‘zimizdan- o‘zimiz shug‘ullanayotganimiz yo‘q. Bu Davlat rahbarining 



talabi.  

 

Shu o‘rinda joriy yilda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga e’tiboringizni qaratmoqchiman. 



Xususan, so‘ralganlarning 3924 tasi ya’ni 27,8 foizi o‘zlarining roziligisiz mablag‘larni turli 

fondlar tuzish, turli tadbirlar o‘tkazish, gazeta va jurnallarga obuna bo‘lish uchun 

olinganligini bildirishgan.  

 

Aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha shunday chora ko‘rishimiz kerakki, ikkinchi marta 



shunday harakatlarni qilishni xayoligayam keltirmasin. Ana shundagina vaziyatga ta’sir qila 

olamiz. 


 

Ro‘yxatdan o‘tgandan keyingi jarayon bo‘yicha masalalar: 

 

(litsenziya, yer berish, hisob raqam ochish, kredit berish va boshqalar) 

 

2003 yil davomida joylardagi o‘rganishlar shuni ko‘rsatyaptiki, tadbirkorlarni davlat 



ro‘yxatidan o‘tkazishda nisbatan qonunbuzarliklar kamaygan bo‘lsada, haligacha tadbirkorlar 

uchun ro‘yxatdan o‘tgandan keyin ruxsatlar olish jarayonida turli qiyinchiliklarga duch 

kelishmoqda. Ayniqsa litsenziya olishda, yer ajratishda, kredit olishda, arxitektura va boshqa 

idoralardan ruxsat olishda, gaz, elektr energiya va suv tarmoqlariga ulanishda tadbirkorlar 

ko‘p vaqt va mablag‘ sarflashga majbur bo‘lmoqdalar. 

 

Ro‘yxatga olishdan keyin tadbirkorlarning o‘z faoliyatini boshlash jarayonini 



o‘rganganimizda respublika bo‘yicha jami 32941 ta qonunbuzilish, shundan 14891 tasi yer 

ajratishda, 7278 tasi kommunikatsiya tizimlariga ulanish va 10772 tasi turli ruxsatnomalar 

berish jarayonida sodir etilganligi aniqlandi.  


 

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2003 yilning 20 avgustdagi 357- sonli qarori qabul 

qilingandan keyin ro‘yxatdan o‘tkazish va tadbirkorlarga ruxsatlar berish jarayoni tubdan 

soddalashtirildi.  

 

Ro‘yxatdan o‘tgandan keyingi jarayondagi qonunbuzilishlarni viloyat darajasida hal qilish va 



ularni bartaraf etish imkoniyati mavjud. Hukumat qaroriga asosan davlat ro‘yxatidan 

o‘tkazish inspeksiyalar ishlarini doimiy nazorat qilib borish adliya idoralariga yuklatilganligi 

bois, barcha mas’uliyat shaxsan adliya boshqarmalari boshliqlari zimmasiga yuklatiladi. Bu 

ishlarni reja asosida yana bir marta chuqur tahlil qilib chiqish hamda tartibga solishni 

Sizlarga topshiraman.  

 

Noqonuniy tekshirishlar:  

 

Ashaddiy qonunbuzilishlardan yana biri – bu tadbirkorlar faoliyatini noqonuniy tekshirishlar 



masalasidir. Albatta noqonuniy tekshirishlarni oldini olishga qaratilgan keskin choralardan 

keyin bu borada ahvol jiddiy o‘zgardi.  

 

Lekin, joylardagi o‘rganishlar noqonuniy tekshirishlar haligacha mavjudligini ko‘rsatyapti. 



Bunday noqonuniy tekshirishlar asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Navoiy va 

Qashqadaryo viloyatida ko‘proq sodir etilgan. 

 

Kelgusi faoliyatimizda doimiy ravishda aynan mana shu masalalarga alohida ahamiyat 



qaratib borish lozim bo‘ladi. 

 

Tadbirkorlar faoliyatini noqonuniy tekshirgan mansabdor shaxs muqarrar javobgarlikka 



tortilishi shart. Birinchi navbatda noqonuniy tekshirish o‘tkazgan shaxs, qaysi lavozimda 

ishlashidan qat’iy nazar, davlat xizmatchisi degan nomga dog‘ tushirganligi uchun ishdan 

ketishi lozim. O‘tgan hay’at yig‘ilishida bu masalada aniq topshiriq berilgan edi. Bu topshiriq 

doimiy ravishda Adliya vazirligining nazoratida turadi. 

 

Lekin, o‘rganish shuni ko‘rsatyaptiki, joylarda hanuzgacha kelishuvchanlikka yo‘l qo‘yib 



kelinmoqda. Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda Jizzax viloyatida 55 ta, 

Navoiy viloyatida 32 ta noqonuniy tekshirishlar o‘tkazilganligi aniqlangan bo‘lsa, Navoiy 

viloyatida ushbu qonunbuzarlik bo‘yicha birorta ham shaxs vazifasidan ozod qilinmagan, 

Jizzax viloyatida atigi 3 ta mansabdor shaxs vazifasidan ozod qilingan. Aksariyat hollarda, 

“xayfsan” yoki jarima jazo choralari bilan cheklanib qolingan. 

 

Masalan, Navoiy viloyati Navoiy tumani DSENM tomonidan 2002-2003 yillarda 4 ta 



noqonuniy tekshirish aniqlangan bo‘lsa, bo‘lim boshlig‘i R.Rajabovga faqatgina “xayfsan” 

intizomiy jazo chorasi qo‘llanish bilan cheklanilgan.  

 

Bundan tashqari, noqonuniy tekshirishlarni oldini olishga qaratilgan Tekshirishlarni 



ro‘yxatga olish kitobi bilan tadbirkorlarni ta’minlab borish yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun 

hokimliklar qoshidagi tadbirkorlarni ro‘yxatga olish inspeksiyalari bilan hamkorlikda ishlab, 

barcha yangi tuzilgan tadbirkorlarni Kitob bilan ta’minlab borish shaxsan boshqarma 

boshliqlari zimmasiga yuklatildi.  

 

Shu o‘rinda so‘rovda tadbirkorlarning noqonuniy tekshirishlar to‘g‘risida bildirgan fikrlariga 



e’tiborlaringizni qaratmoqchiman. So‘rovda ishtirok etgan tadbirkorlar 6281 ta holatda (44%) 

tekshiruvchilar tekshirish huquqini beruvchi hujjatlarni taqdim etishmaganliklarini ma’lum 

qilishgan. Bular asosan: 

 

Soliq idorasi xodimlari tomonidan – 2459 ta holatda; 



 

DSENM idorasi xodimlari tomonidan – 1198 ta holatda; 

 

Yong‘inga qarshi kurashish idorasi xodimlari tomonidan – 938 ta  



 

holatda; 

 

Hokimiyat idorasi xodimlari tomonidan – 1014 ta holatda; 



 

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralari xodimlari tomonidan – 1336 ta holatda sodir 

etilganligini aytishgan.  

 

So‘rovda ishtirok etgan tadbirkorlar faoliyatlari nazorat qiluvchi idoralar tomonidan bir yilda 



5140 holatda 2 martadan ko‘p, 2257 holatda 3-5 martadan, 881 holatda 6-10 martadan, 548 

holatda 10 dan ko‘p marotaba tekshirilganligini bildirishgan. Demak, hali bizlarni 

bo‘shashishga, bu sohadagi ishlarimizda nazoratni susaytirishga haqqimiz yo‘q. 

 

Tadbirkorlar 2196 holatda 1 marta, 1410 holatda 2 marta, 683 holatda 3-5 marta, 481 holatda 



6-10 marta, 245 holatda 10 martadan ko‘p hollarda nazorat qiluvchi idoralarning mas’ul 

xodimlariga “Tekshirishlarni ro‘yxatga olish” kitobini to‘ldirish uchun taqdim etishganda, 

ular tekshirishni o‘tkazmay ketib qolganliklarini ko‘rsatishgan. 

 

Mana sizlarga kitobning samarasi, qonunbuzilishni oldini olish bo‘yicha amalga oshirayotgan 



ishlarimizning natijasi. 

 

Lekin, so‘rovda ishtirok etganlardan 2425 tasi (17%) tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini 



to‘ldirishdan bosh tortib tekshirish o‘tkazilganligini bildirishgan. Bu holat tekshirishlar 

jarayonida ham aniqlanayapti.  

 

Masalan, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Temiryo‘l va Siyob 



tumanlaridagi nazorat qiluvchi organlar tomonidan “Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi”ni 

to‘ldirilishi ahvoli o‘rganib chiqilganda, viloyat moliya boshqarmasi, Qimmatli qog‘ozlar 

bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish viloyat hududiy bo‘limi va viloyat 

nazorat taftish boshqarmasi xodimlari “Qurilish materiallari kombinati” va “Juma qum 

karyeri”, “Siyob dehqon bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyatlarida “Tekshirishlarni ro‘yxatga 

olish kitobi”larini to‘ldirilmaganligi aniqlangan. Adliya boshqarmasi tomonidan 

qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida 

taqdimnoma kiritilgan. Lekin, ushbu taqdimnomalar bo‘yicha aybdor shaxslarga faqatgina 

“ogohlantirish” berish bilan cheklanilgan.  

 

Buni qanday tushinishimiz kerak? O‘tgan kollegiyada ham aytuvdik, tekshiruvchi kitobni 



to‘ldirmadimi, u so‘zsiz ishdan ketishi kerak. Shuning uchun Alisher Mardiyevich bu 

masalaga yana qaytishimiz kerak. Kiritilgan taqdimnoma asosida kitobni to‘ldirmagan 

tekshiruvchilar ishdan bo‘shatilishi va bu haqda Adliya vazirligiga axborot berilishi kerak. 

 


Shuningdek, o‘tgan Hay’at yig‘ilishlarida Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining ta’sir 

kuchini oshirish maqsadida sistematik ravishda Kitobni monitoringini olib borish hamda 

aniqlangan har bir qonunbuzarliklik holatlari bo‘yicha Adliya vazirligiga maxsus xabar berish 

topshirilgan edi. Bu topshiriq ayrim viloyat adliya boshqarmalari tomonidan bajarilmasdan 

kelinmoqda. Xususan, Buxoro viloyati adliya boshqarmasi tomonidan yil davomida atigi 42 

ta va Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan viloyatdagi 10 ta tuman va shaharlarda 

atigi 236 Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi bo‘yicha monitoring o‘tkazganligini qanday 

izohlash mumkin. Bunday holat Xorazm viloyati adliya boshqarmasi faoliyatida ham mavjud. 

 

Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasi o‘tgan Hay’at qarorida ham noqonuniy tekshirish 



to‘g‘risida maxsus xabar bermaganligi uchun tanqid qilingan bo‘lsada, yetarli xulosa 

chiqarmagan ko‘rinadi. Xususan, adliya boshqarmasi tomonidan 2003 yilda 49 ta noqonuniy 

tekshirishlar o‘tkazilganligi aniqlangan bir paytda faqatgina 1 ta tekshirish bo‘yicha maxsus 

xabar berilgan. 

 

Ushbu sohada vaziyatni yaxshilash choralarini ko‘rish va doimiy nazoratni amalga oshirish 



boshqarma boshlig‘i D.Matrasulovga yuklatilsin. 

 

Uzoq muddatlar davomida asosiz ravishda faoliyatini to‘xtatib turish 

 

Tadbirkorlar faoliyatiga asossiz aralashish ularning erkin faoliyat yuritishiga jiddiy ta’sir 



ko‘rsatadi. Masalan, noqonuniy ravishda tadbirkor mablag‘ini turli tadbirlarga jalb etish, yer 

ajratmasdan sarson qilish, bankdan hisob raqamini yopib qo‘yib faoliyat yuritishga to‘sqinlik 

qilish, katta miqdorlarda noqonuniy ravishda moliyaviy jarimalarga tortish, ishlab chiqarish 

uchun material xom ashyolardan erkin foydalanishni chegaralash kabi usullar bilan 

tadbirkorlar faoliyatlarini to‘xtatib qo‘yish hollari ham yo‘q emas. Bu kabi qonunbuzarliklar 

o‘tkazilgan so‘rov yakunlarida ham o‘z tasdig‘ini topdi. Jumladan, so‘ralgan tadbirkorlarning 

722 tasi (5,1%) hokimiyat, 786 tasi (5,6%) soliq, 716 tasi (5%) huquqni muhofaza qiluvchi 

idoralar, 606 tasi (4,3%) davlat sanitariya nazorati markazi, 205 tasi (1,4%) bojxona, 382 tasi 

(2,7%) yong‘in nazorati organlari va 347 tasi (2,6%) bank idoralari tomonidan faoliyatlarini 

asossiz ravishda uzoq muddatlarga to‘xtatib qo‘yishganligini bildirishgan.  

 

Bunday qonunbuzarliklarga qanday chidab turish mumkin, har bir korxona va tadbirkor 



muammosini bilib turish kerak, joyning o‘zida tegishli chora ko‘rish imkoniyatini ko‘rmas 

ekansiz, bu muammolar davom etib boraveradi. Qo‘lingizdan kelmasa, bizning guruhlar 

joyga chiqqanda ulardan foydalaning, agar kechiktirib bo‘lmaydigan muhim masalalar bo‘lsa, 

Adliya vazirligiga chiqing.  

 

Tadbirkorlarni javobgarlikka tortish: 

 

O‘tgan yil adliya idoralariga 550 ta tadbirkor soliq qonunchiligini noqonuniy qo‘llanilganligi, 



ma’muriy va moliyaviy jarimalarga asossiz ravishda tortilganliklari to‘g‘risidagi murojaat 

etgan. Joylardagi o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida ham shu masalaga bog‘liq 58430 ta 

qonunbuzarliklar aniqlandi. Bunday qonunbuzarliklar ko‘proq, Andijon, Namangan va 

Toshkent viloyatlarida sodir etilgan. Adliya idoralari tomonidan soliq va boshqa nazorat 

qiluvchi idoralarning 287 ta noqonuniy qabul qilingan qarorlari bekor qildirildi. Adliya 

idoralarining talabi bilan soliq va boshqa nazorat qiluvchi idoralarning 1277 ta aybdor 

shaxslari intizomiy javobgarlikka tortildi, ulardan 189 tasi egallab turgan lavozimidan ozod 

etildi, 49 tasi ma’muriy va 1 tasi jinoiy javobgarlikka tortildi. 

 


Nazorat qiluvchi idoralarning xodimlari ishiga baho berishda, tadbirkor faoliyatida albatta 

qanday bo‘lmasin kamchilik topishi shart degan mezon belgilangan, aks holda bu xodim 

samarasiz ishlamoqda degan amaliyot mavjud. Bu holat esa tekshiruvchi xodimlarni «tirnoq 

ostidan kir qidirish»ga undaydi va tadbirkorlarni og‘ir ahvolga olib keladi. 

 

Fikrimizcha, tuman soliq inspeksiyasini rahbariga baho berishda, nafaqat tumanda qancha 



soliq yig‘ilganligi va nechta tadbirkorni jazolaganligiga qarab, balki tumanda qancha 

tadbirkorlik subyekti ko‘payganligiga, nechta tadbirkorni himoya qilinganligiga va natijada 

budjetga soliqlar tushumi ko‘payganligiga ham alohida e’tibor berish lozim.  

 

Ko‘p hollarda tekshiruvchilar tadbirkor yo‘l qo‘ygan kamchilikning xususiyati va aybdorlik 



darajasidan qat’iy nazar negadir, og‘irroq jazoni qo‘llash shart deb hisoblashadi. Masalan, 

Toshkent shahar Shayxontoxur tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari yakka tadbirkor 

A.Mirzaxodjayevning faoliyatini tekshirib, xaridorga 8 so‘mlik mahsulot uchun tovar chekini 

bermaganlikda ayblab, unga 113375 so‘m miqdorda moliyaviy jarima qo‘llagan. Xuddi 

shunday, Yakkasaroy tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari “Al Abduqahhor” 

korxonasini tekshirib, xazinasida 38 so‘m ortiqcha pul saqlanganligi uchun 453500 so‘m 

miqdorda moliyaviy jarima qo‘llagan. Bunday holatlar boshqa viloyatlarda ham kam emas.  

 

Yoki bitta xodimning qaroriga asosan, korxonalar yopilib, ularning faoliyatini uzoq 



muddatlarga to‘xtatish, o‘nlab odamlarning ishsiz qolish holatlari uchramoqda. Tabiiyki, shu 

davrda davlat budjetigayam soliq tushmaydi. Tadbirkor bu sharoitda faoliyatini davom 

ettirishi mumkinmi? 

 

Bu o‘ta muhim va dolzarb masalalar adliya idoralarining doimiy diqqat e’tiborida turishi 



lozim. Hozirda mana shulardan kelib chiqqan holda ma’muriy va moliyaviy jarimalarni 

qo‘llash masalasini faqat sudlar tomonidan hal qilinishi lozimligi bo‘yicha Vazirlar 

Mahkamasiga tegishli takliflar kiritildi. 

 

Xuddi shunday, korxona faoliyatini to‘xtatib qo‘yish, litsenziyasini bekor qilish, mol-mulki 



va mablag‘ini majburiy tartibda olib qo‘yish kabi jiddiy huquqiy sanksiyalarni faqat sud 

tomonidan qo‘llanish masalasi ko‘rib chiqilishi kerak. 

 

Banklardagi pul mablag‘laridan erkin foydalana olmaslik 

 

Oxirgi paytlarda tadbirkorlardan kelib tushayotgan arizalarning aksariyati bank xodimlarining 



noqonuniy harakatlari xususida bo‘lmoqda. Ommaviy axborot vositalari orqali ko‘ryapmiz, 

banklar tadbirkorlarga kreditlash masalasida kata yordam bermoqda. Albatta, kam foizli 

kreditlar tadbirkorlarni oyoqqa turib olishida o‘ta muhim rol o‘ynaydi. Lekin, keyingi 

paytlarda tadbirkorning o‘z mablag‘idan erkin foydalana olishi, bankdagi o‘z hisob 

raqamidan naqd pul olishida muammolar va sun’iy to‘siqlar yaratish holatlari mavjud. Adliya 

idoralariga o‘tgan yilda ana shu masalalarga oid 350 dan oshiq ariza va murojaatlar kelib 

tushgan. Respublika bo‘yicha viloyatlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida esa banklar 

tomonidan 8683 ta holatda tadbirkorning huquqi buzilishi aniqlandi. Bank xodimlarining 691 

tasi, shundan 651 tasi intizomiy, ulardan 76 tasi lavozimidan bo‘shatildi, 36 tasi ma’muriy va 

1 tasi jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsada, bu yil yanvar oyida o‘tkazilgan so‘rov yakunlari 

bank xodimlarining to‘liq xulosa chiqarmaganliklaridan dalolat beradi. 

 

Ya’ni joriy yilning yanvar oyida so‘ralgan 14 mingta tadbirkordan 25,3 foizi banklardagi o‘z 



mablag‘laridan erkin foydalana olmasliklarini, 43,6 foizi banklardan o‘zining hisobidan naqd 

pul olishda muammolar mavjudligini bildirishgan. Bundan tashqari, tadbirkorlarning 37,5 

foizi bankda hisob raqami ochishda belgilangan muddatlar buzilganligini ko‘rsatishgan. Eng 

achinarlisi, so‘rovda ishtirok etgan tadbirkorlarning 1180 tasi, ya’ni 8,4 foizi banklardan naqd 

pul olishda, 1548 tasi, ya’ni 11 foizi banklardan kredit olishda, 1130 tasi, ya’ni 8 foizi bankda 

hisob raqami ochishda TAMAGIRLIK qilish hollariga duch kelishganligini bildirishgan. 

 

Agar tadbirkor o‘zi topshirgan pulini ertaga bankdan Yana qaytarib olishiga ishonmasa, u 



ham pulini olishga qiziqmaydi. Bu o‘z navbatida pul kredit siyosatini amalga oshirishda 

qiyinchiliklar tug‘diradi. Ko‘rib turibsizki, bu yerda jiddiy muammolar mavjud. 

 

Yuqoridagi raqamlar adliya idoralaridan tegishli choralar ko‘rishni talab qiladi. Bank 



sohasidagi qonunlarning aniq va to‘g‘ri ishlashini nazorat qilib borish, ular tomonidan 

tadbirkorlarning huquqini buzilishini olidini olish adliya boshqarmalarining eng muhim 

vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 

 

Qishloq xo‘jaligiga oid masalalar 

 

O‘tgan yili Prezidentimizning qishloq xo‘jaligini tubdan isloh qilishga qaratilgan maxsus 



farmoni qabul qilindi. Unga asosan kam rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan shirkatlarni 

fermer xo‘jaligiga aylantirish davlat dasturi ishlab chiqildi. Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish 

konsepsiyasi qabul qilindi. Fermer xo‘jaligi tashkiliy-huquqiy jihatdan xususiy korxonaga 

tenglashtirilib, unga yer uchastkalarini meros tariqasida qoldirish huquqi berildi. 

 

Istiqbolda asosiy qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchi subyekt bo‘lib fermer 



xo‘jaligi belgilandi 

 

Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, nafaqat qishloq xo‘jaligi, kerak bo‘lsa, butun 



iqtisodiyotimizning kelajagi fermerlik harakatini rivojlantirish vazifasining qanday hal 

etilishiga bog‘liq, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi. 

 

Shulardan kelib chiqqan holda Yer kodeksiga, «Qishloq xo‘jalik kooperativi (shirkat) 



to‘g‘risida”, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Davlat yer 

kadastri to‘g‘risida»gi qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.  

 

Bu borada Hukumatning 2003 yil 30 oktabrda 476-sonli hamda 5 noyabrda 486-sonli 



qarorlari qabul qilinib, qishloq xo‘jaligida ijara munosabatlarini va fermerlikni yanada 

rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi. 

 

Ushbu qarorlarga asosan shirkat va fermer xo‘jaliklari bir xil asosda ijara munosabatlariga 



o‘tkaziladi. Agar ilgari shirkatlarga yer maydonlari doimiy foydalanishga berilgan bo‘lsa, 

ularning yerga bo‘lgan munosabatini va javobgarligini oshirish maqsadida, yer maydonlari 

ularga ham 30 yildan 50 yilgacha muddatga ijaraga beriladi va tuman hokimligi bilan ijara 

shartnomasi tuziladi.  

 

Xuddi shunday, agar fermer xo‘jaliklariga yer maydonlari 10 yildan 50 yilgacha muddatga 



ijaraga berilib, shartnomalar shirkatlar bilan tuzilgan bo‘lsa, endi yangi tashkil etilayotgan 

fermerlarga ham yer maydonlari 30 yildan 50 yilgacha bo‘lgan muddatga tanlov asosida 

ijaraga beriladi va tuman hokimligi bilan ijara shartnomasi tuziladi.  

 


Hammalaringizga ma’lumki, fermer xo‘jaligini tashkil etishda asosiy muammolar ularga 

shirkat xo‘jaliklari tomonidan yer uchastkalarini ajratishda yuzaga kelayotgan edi. Endi esa 

fermerlar va shirkatlarning teng asoslarda va shartlarda yerdan foydalanishiga, fermerlarning 

shirkatlardan qaramligiga barham berilishiga huquqiy asos yaratildi.  

 

Shuningdek, shirkat va fermer xo‘jaliklarining ustavi, yer maydonlarini ijaraga berish 



shartnomalarining namunaviy shakllari ishlab chiqildi, yerni ijaraga berish tartibi va ulardan 

foydalanish aniq belgilab berildi.  

 

Shuni alohida ta’kidlab o‘tishim kerakki, yer maydonlarini fermerlarga ijaraga berishni qayta 



rasmiylashtirishda hokimliklar tomonidan hech qanday qo‘shimcha hujjatlar yoki boshqa 

shartlar talab qilinmasligi, shuningdek to‘lov va yig‘imlar undirilmasligi lozim.  

 

Shirkat va fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqini rasmiylashtirish 



tumanlardagi yer resurslari organlari tomonidan bepul davlat budjeti mablag‘lari hisobiga 

amalga oshirilishi kerak. Bunda yerdan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlar, yer chizmasi 

va boshqa zarur hujjatlar bilan bir qatorda ijaraga berilgan yer uchastkasining ball bonitetini 

ham aniq hisoblab chiqarish tuman yer resurslari xodimlarining asosiy vazifasi bo‘lishi kerak. 

Chunki ball bonitetning to‘g‘ri belgilanishi fermerlar bilan tuziladigan kontraktatsiya 

shartnomalarning qonuniy bo‘lishiga xizmat qiladi. Bu juda muhim va mas’uliyatli vazifadir.  

 

Shuningdek, qishloq xo‘jaligida shartnomaviy munosabatlarni tartibga keltirish maqsadida 



1994 yildagi “Kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va bajarish tartibi to‘g‘risida”gi 

Nizomning o‘rniga yangi “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda shartnomaviy munosabatlarni 

takomillashtirish va majburiyatlar bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligini oshirish 

chora-tadbirlari to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi va mana shu qaror 

bilan shartnoma tuzish, ularni bajarish tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi. Unga asosan 

shartnoma tuzishda, ularni ijro etishda tayyorlov, xizmat ko‘rsatuvchi va ta’minotchi 

korxonalarga nisbatan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar, fermer xo‘jaliklari 

ustuvor mavqega ega ekanligi e’tirof etildi. Shundan kelib chiqqan holda Adliya vazirligi 

tomonidan tayyorlov, xizmat ko‘rsatuvchi va ta’minotchi korxonalari bilan tuziladigan barcha 

shartnoma shakllari qayta huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ulardan amalda foydalanishlik 

uchun joylarga yetkazildi va hozirda shu asosda shartnomalar tuzilmoqda. 

 

Namunaviy shartnomalarda tomonlarning javobgarligini aniq belgilashga alohida e’tibor 



qaratildi. Xususan, fermer xo‘jaligining xizmat ko‘rsatuvchi va ta’minotchi tashkilotlarning 

aybi bilan (mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i moylash materiallari vaqtida yetkazilmagan, o‘z vaqtida 

MTP shudgor qilmagan, hosilni yig‘ishtirib olmagan, suv ta’minotida uzilishlar bo‘lgan va 

boshqa holatlarda) kontraktatsiya shartnomasini lozim darajada bajarmaganligi isbotlansa, 

fermer shartnomada belgilangan javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunda moddiy javobgarlik 

aybdor xizmat ko‘rsatuvchi va ta’minotchi tashkilotlarga yuklatiladi. Ya’ni adolatli ravishda 

bevosita aybdor bo‘lgan shaxs javobgarlikka tortiladi. 

 

Ta’kidlash joizki, fermerlar bilan tuzilgan ijara shartnomalarini bekor qilish, yerni qaytarib 



olish masalasi faqat sudning qarori bilan amalga oshirilishi mumkin. Bir tomonlama 

fermerlarning yerlarini olib qo‘yish qonun hujjatlari bilan ta’qiqlandi. 

 

Ushbu qonunchilik sohasidagi o‘zgarishlar tadbirkorlarga yanada yaxshiroq sharoit yaratib 



beradi. Adliya idoralarining esa vazifasi mana qonunlarni ishlashini ta’minlashdir  

 


Qishloq xo‘jaligida islohotlarni amalga oshirish yuzasidan, shartnomaviy munosabatlarni 

tartibga keltirish bo‘yicha qabul qilingan ushbu qonun hujjatlarining ijrosi doimiy ravishda 

adliya idoralarining nazoratida turishi lozim. Bu masalalarni alohida ish rejasiga kiritish 

kerak. 


 

shartnomaviy munosabatlar:  

 

Vazirlar Mahkamasida 2003 yilning yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Prezidentimiz 



shartnomaviy munosabatlarga alohida to‘xtalib, “biz juda muhim e’tibor qaratishimiz zarur 

bo‘lgan masala – bu shartnoma intizomining o‘ta qoniqarsiz ahvoli bilan bog‘liq” deb 

ta’kidlab, fermerlarning huquqlari kamsitilayotgan, tayyorlov tashkilotlarining yetkazib 

berilgan mahsulot uchun fermerlar bilan hisob kitob qilish majburiyatlarini qo‘pol 

buzayotgan, ta’minotchilar shartnomada ko‘rsatilgan hajmlarda fermerlarga mineral o‘g‘itlar 

va yoqilg‘i moylash materiallarini o‘z vaqtida yetkazib bermayotganligi to‘g‘risida aniq 

faktlarni adliya idoralarida istagancha topish mumkinligini ko‘rsatib o‘tdilar.  

 

Haqiqatan ham shartnomalarning ijrosi, ayniqsa qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan tuzilgan 



shartnoma majburiyatlarining bajarilishi, ular bilan hisob-kitoblarning amalga oshirilishi 

qoniqarli ahvolda emas. Tayyorlov korxonalari tomonidan fermer xo‘jaliklari bilan tuzilgan 

shartnoma shartlari muntazam ravishda buzib kelinib, ularning moddiy manfaatlariga putur 

yetkazilmoqda. Birgina “O‘zbek ipagi” uyushmasi tizimidagi korxonalar tomonidan 2003 

yilda tayyorlangan pilla uchun xo‘jaliklardan kreditorlik qarzlar 900 mln. so‘mni tashkil 

etadi. Bu qarzlar 6 oydan beri to‘lanmasdan kelinyapti. Yetkazib bergan mahsuloti uchun 

tegishli haqini yillab ololmasdan kelgan dehqon yoki fermerning shartnomaga, majburiyatni 

bajarishdan manfaatdorlikka qanday ishonchi bo‘lsin?  

 

Shuning uchun adliya idoralari bu masalaga jiddiy e’tibor qaratishlari va fermerlarning 



huquqini himoya qilishlari kerak. Lekin, ta’minotchilar va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari 

bilan tuzilgan shartnomalar yuzasidan kiritilgan da’vo arizalarining tahlili ayrim adliya 

boshqarmalarida bu boradagi ishlarning qoniqarsiz ahvolda ekanligini ko‘rsatadi. 

 

1) Ayrim shartnomalarda ijro muddati, yetkazib beriladigan mahsulotning miqdori va qiymati 



aniq qilib belgilab qo‘yilmagan. Ayrim holatlarda shartnomalarni tuzmasdan shartnomaviy 

munosabatlarga kirishish, yoki ularni muddatini buzib, kech tuzish, shartnomalarni nomiga 

tuzib, ularga 4-5 martalab o‘zaro kelishmasdan bir tomonlama o‘zgartirishlar kiritish, hisob-

kitoblarni shartnomalar asosida amalga oshirmaslik holatlari uchrab turibdi.  

 

2) Bundan tashqari, yetarli nazorat mavjud emasligi natijasida tuman hokimliklari tomonidan, 



yer sharoitlari bir xil bo‘lsada, shirkat xo‘jaliklariga nisbatan fermerlarga hosildorlik yuqori 

darajada belgilanmoqda. Natijada fermerlarning shartnomaviy rejalarini ijrosini ta’minlay 

olmaslik hamda o‘zlariga qoldirilishi lozim bo‘lgan g‘allani yetishtira olmaslik holatlari 

uchramoqda. 

 

Bunday holatlarni Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanidagi shirkat va fermerlar bilan 



tuzilgan shartnomalarda ko‘rish mumkin. 

 

3) Oila pudratchilar bilan tuzilayotgan shartnomalarda ham yuqoridagi kabi qonunbuzarliklar 



sodir etilayotganligi sababli ularni shartnoma rejasini bajarishda manfaatdorligi bo‘lmaydi.  

 


Jumladan, Namangan viloyati Norin tumanidagi “Toshkent” shirkat xo‘jaligida g‘alla 

yetishtirish yuzasidan tuzilgan pudrat shartnomalarida yerning ball boniteti turlicha bo‘lsada, 

reja barcha oila pudratchilarga bir xilda belgilangan. 

 

Masalan, 80 ball bonitetlik yer uchastkasidagi pudratchi N.Ergashevga har gektariga 53,3 



sentnerdan g‘alla rejasi belgilangan bo‘lsa, 72 ball bonitetli yer uchastkasidagi pudratchi 

O.Qo‘chqorovga ham hosildorlik 53,3 sentner belgilangan. 

 

4) Davlat ehtiyoji uchun g‘alla yetkazib berish shartnomalarida amaldagi qonun hujjatlariga 



zid ravishda, fermerlar zimmasiga yetishtiriladigan hosilning 50 foizidan ko‘pini davlatga 

topshirish majburiyati yuklatilmoqda.  

 

Masalan, Jizzax viloyat Mirzacho‘l tumanida 2004 yil uchun g‘alla yetkazib berish yuzasidan 



fermer xo‘jaliklari bilan tuzilgan barcha shartnomalarda yalpi hosil hajmining 60 foizdan 

ortiq qismi davlat ehtiyoji uchun topshirilishi belgilanganligi aniqlandi. 

 

Davlatga g‘alla sotish hajmlarining amaldagi qonunchilikka zid ravishda bunday ortiqcha 



belgilanishi fermer xo‘jaliklarini o‘zi yetishtirgan ortiqcha hosildan olishi lozim bo‘lgan 

ulushidan mahrum qiladi, ularning yuqori hosildorlikda mahsulot yetishtirishga bo‘lgan 

qiziqishini so‘ndiradi. 

 

5) Xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, xususan MTP, agrokimyo va neftmahsulotlari korxonalari 



tomonidan tegishli xizmatlar muddatida ko‘rsatilmaydi, o‘g‘it va yoqilg‘i-moylash 

materiallari yetarli miqdorda va muddatida yetkazib berilmaydi yoki shirkat xo‘jaliklariga 

nisbatan fermerlarga kam ajratilyapti. Bu esa hosildorlikka ta’sir qilib, ularning shartnoma 

majburiyatlarini bajara olmasligiga olib keladi.  

 

Masalan, Qishloqxo‘jalikkimyo Urganch tumani filiali bilan tumandagi fermer xo‘jaliklari 



o‘rtasida mineral o‘g‘it yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnomalarga asosan 59,3 mln. 

so‘mlik mablag‘ o‘tkazib berilgan bo‘lsada, ularning talab va ehtiyojiga qaramasdan filial 

tomonidan 2003 yil hosili uchun 41 ta fermer xo‘jaliklariga azotli, 369 tasiga esa fosforli 

o‘g‘itlar umuman yetkazib berilmagan Adliya boshqarmasi tomonidan esa buxgalterga 

hayfsan berish bilan chegaralanilgan. 

 

6) Qishloq xo‘jaligini isloh qilishdagi eng muhim masala, bu - yerlarni o‘zining haqiqiy 



egasiga berishdir.  

 

Garchi amaldagi qonunlarga asosan yer maydonlari fermerlik uchun tanlov asosida berilishi 



lozim bo‘lsada, ayrim joylarda tuman hokimliklari va shirkatlar tomonidan tanish-

bilishchilikka yo‘l qo‘yilyapti. Ayrim joylarda tanlov nomiga yoki qonun talablari buzilgan 

holda o‘tkazilyapti. Buning oqibatida noqonuniy tashkil etilgan qo‘shtirnoq ichidagi 

“fermerlarga” qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yishi uchun sharoit yaratib berilyapti. Lekin fermer 

bo‘lishga loyiq bo‘lgan dehqonlarga yer ajratish masalasida esa to‘sqinliklar mavjud.  

 

Masalan, Qashqadaryo viloyat Nishon tumanidagi “Oydin” shirkat xo‘jaligi oila pudratchilari 



A.Soliyev va A.Xudoyorovlar Adliya idoralariga ariza bilan murojaat etib, 2003 yilda fermer 

xo‘jaligi tashkil qilish uchun yer maydoni ajratishni so‘rab tuman hokimiga qilgan 

murojaatlari asossiz ravishda rad etilganligini bildirishgan.  

 


O‘rganishlar davomida arizada keltirilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topdi. Tender komissiyasining 

qarori mavjud bo‘lsada, hokimlik tomonidan yer maydoni ajratishga qaror chiqarilmagan. 

Natijada, viloyat adliya boshqarmasi pudratchilar manfaatlarini ko‘zlab Fuqarolik ishlari 

bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritib, 2003 yil 22 iyulda sud tomonidan 

A.Soliyevga 14,3 gektar va A.Xudoyorovga 10 gektar yer maydoni ajratish va ularning har 

biriga tuman hokimidan 30 ming so‘mdan ma’naviy zarar undirish to‘g‘risida qaror chiqarib 

berildi. 

 

Bunday holatlar yerlarni o‘zining haqiqiy egasini topmasligiga hamda davlatimiz tomonidan 



amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarga ishonchsizlikka olib keladi. 

 

7) Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, fermerlarni mablag‘ bilan ta’minlash, ayniqsa ularga avans 



to‘lovlarini berishda ham ko‘plab muammolar mavjud. 

 

Xususan, qishloq xo‘jalik korxonalariga avans to‘lovlari transh orqali o‘z vaqtida yetib 



bormayapti. Transh mablag‘larini berishda fermerlarning ehtiyoji to‘la-to‘kis hisobga 

olinmayapti.  

 

Ko‘p hollarda, fermer xo‘jaliklari uchun boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha mablag‘lar zarur 



bo‘lganda, transh orqali umuman boshqa maqsadlarga avans yo‘naltiriladi. Bu esa bir 

tomondan mablag‘larning bo‘sh aylanishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan aynan kerakli 

vaqtda fermer o‘zi uchun zarur bo‘lgan xizmat yoki moddiy-texnika resursini olish uchun 

mablag‘siz qolib ketishiga olib kelmoqda. 

 

Ba’zida esa, fermerlar roziligisiz ularga tegishli transh mablag‘lari banklar tomonidan 



ko‘rsatilmagan xizmatlar va yetkazib berilmagan moddiy-texnika resurslari uchun xizmat 

ko‘rsatuvchi va ta’minot korxonalariga o‘tkazib yuborilgan. Hozirda ushbu muammoni 

bartaraf etish maqsadida avans berishni kredit orqali amalga oshirish tartibi joriy qilindi. 

Hozirgi kunda respublikamizning 8 ta viloyatida fermer xo‘jaliklariga ana shunday tartibda 

avanslar berilib kelinmoqda. 

 

Vazirlar Mahkamasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Prezidentimiz fermer xo‘jaliklari o‘z 



faoliyatida ko‘pgina xollarda mansabdor shaxslarning loqaydligiga, byurokratik to‘siqlar va 

tamagirlik holatlariga duch kelayotganligi ko‘rsatib o‘tib, adliya idoralariga bu masalalarni 

alohida nazorat ostiga olishi va aybdor shaxslarga nisbatan qattiq choralar ko‘rishni topshirib, 

bularning hammasini xizmat vazifasini bajarishdagi loqaydlik deb emas, balki fermerlik 

g‘oyasiga putur yetkazish va uni obro‘sizlantirishga qaratilgan xatti-harakatlar, deb 

baholanishini uqtirib o‘tdilar. 

 

Biz barcha imkoniyatlarimizni tayyorlov tashkilotlari va ta’minotchilar ustidan qishloq 



xo‘jaligi korxonalari, fermer xo‘jaliklari bilan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini 

bajarilishini, shartnoma intizomiga rioya etilishini ta’minlashga qaratishimiz lozim. Bu adliya 

idoralarining kundalik vazifasi bo‘lib qolishi kerak. Agar ular shartnomalardagi 

majburiyatlarini bajarishga munosabatini o‘zgartirsa, hamma ishimiz joyida bo‘ladi. Ushbu 

korxonalarning mansabdor shaxslariga fermerlarga munosabatini keskin o‘zgartirishi 

lozimligini singdirishimiz kerak. 

 

Yuklatilgan topshiriqdan kelib chiqqan holda adliya idoralaridan 2004 yil davomida asosiy 



e’tiborni aynan qishloq xo‘jaligida ishlab chiqaruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarning 

qonuniyligiga va ularni o‘z vaqtida ijro etilishiga qaratish talab qilinadi.  



 

Viloyat adliya boshqarmalari fermer bilan o‘zaro munosabatga kirishadigan 6 ta asosiy 

monopol tashkilotlardagi vaziyatni chuqur o‘rganib, kerak bo‘lsa ularni birma-bir chaqirib, 

fermerlar huquqini qo‘pol ravishda paymol qilayotgan idora rahbarlaridan tushuntirish 

olinglar hamda vaziyatni yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilab olinglar.  

 

Axir aytinglar, qaysi davlat chidaydi bunaqa qonunbuzilishlarga, davlat xizmatchilari 



tomonidan davlat qonunlari buzilsa? Qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yayotgan ushbu idoralar 

rahbarlarini ayovsiz jazolash kerak, lozim bo‘lsa jinoiy javobgarlik masalasini qo‘yish kerak. 

Prezidentimizning, qonunning talabi shu. Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan 

taqdimnomalarning o‘zida ham yetarli darajada faktlar bor.  

 

Namunaviy fermer xo‘jaliklari 

 

Lekin qishloq xo‘jaligidagi barcha mavjud muammolarni hozirgi xodimlar soni 



chegaralangan bir vaqtda, ularni bartaraf qilishning eng samarali yo‘li bu har bir tumanda 

namunaviy xo‘jaliklarni tashkil qilishdir. Avvalgi yig‘ilishlarimizda viloyat adliya 

boshqarmalariga xo‘jaliklardagi ishlarni kuchaytirish, shuningdek ushbu ijobiy tajribani 

boshqa xo‘jaliklar miqyosida ham amalga oshirish bo‘yicha alohida topshiriq berilgan edi. 

Har bir tumanda tashkil etilgan namunaviy fermer xo‘jaligida yangi tashkil etilayotgan 

fermerlarni yig‘ib chuqur umumlashmalar bilan ularga qanday ishlash va faoliyatni nimadan 

boshlash, qaysi qonunlarga e’tiborni qaratish kerakligi to‘g‘risida tushuntirish- targ‘ibot 

ishlari olib borilsa, ilgari tashkil etilgan fermerlar tajribasi bo‘yicha ochiq-oydin suhbatlashib 

olinsa, o‘ylaymanki, bu tadbirlarimiz yaqin kunlarda o‘zining ijobiy samarasini beradi. 

 

Lekin, bizlarning joylarga chiqib o‘rganishimiz shuni ko‘rsatyaptiki, ayrim adliya 



boshqarmalari tomonidan, xususan Sirdaryo, Surxondaryo, Buxoro va Farg‘ona viloyat adliya 

boshqarmalari tomonidan bu vazifaga mas’uliyat bilan yondashilmagan. 

 

Xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish masalasi  

 

Hozirgi kunda respublikamizda 3099 ta xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar davlat 



ro‘yxatida turgan bo‘lsada, ularning 1111 tasi (36%) amalda faoliyat ko‘rsatmayapti. Viloyat 

adliya boshqarmalari o‘z hududlaridagi faoliyat yuritmayotgan xorijiy investitsiyalar 

ishtirokidagi korxonalarni ishga tushirish bo‘yicha barcha chora-tadbirlarni ko‘rishlari 

to‘g‘risida vazirlik tomonidan maxsus topshiriq yuborilgan bo‘lib, bu topshiriqni amalda 

bajarilishi bo‘yicha shaxsan adliya boshqarmasi boshlig‘i javobgardir. 

 

Viloyat adliya boshqarmalari o‘z hududlaridagi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 



korxonalarning har biri to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishlari va ularning faoliyatida 

yuzaga kelayotgan har qanday muammolarni bartaraf etish bo‘yicha barcha choralarni 

ko‘rishlari shart. 

 

Ta’kidlash joizki, Hukumatimizning qarorlariga asosan qo‘shma korxonalarni tashkil etish va 



ular faoliyatini yuritish uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berish aynan tuman va shahar 

hokimlari zimmasiga yuklatilgan. Lekin, ayrim hollarda xorijiy investitsiya ishtirokidagi 

korxonalarni rivojlantirish, zarur sharoitlar yaratish, ularning qonuniy huquqlarini va 

manfaatlarini ishonchli kafolatini ta’minlash e’tibordan chetda qolmoqda. Natijada, ayrim 

chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar bugungi kunda faoliyat yuritmasdan kelmoqda. 

 


Jumladan, Toshkent shahrida 2160 tadan 853 tasi, Andijon viloyatida 107 ta korxonadan 57 

tasi, Qashqadaryoda 48 ta korxonadan 26 tasi, Sirdaryo viloyatida 37 tadan 15 tasi, Farg‘ona 

viloyatida 89 tadan 25 tasi, Xorazm viloyatida 37 tadan 12 tasi, Jizzax viloyatida 23 tasidan 

10 tasi hozirgi kunga qadar faoliyat yuritmasdan kelmoqda. Bunday holatlar boshqa 

viloyatlarda ham mavjud. Bu holatning yuzaga kelishiga asosan davlat mansabdor 

shaxslarining noqonuniy harakatlari to‘siq bo‘lmoqda.  

 

Masalan, Namangan viloyatidagi “Silk-Road” qo‘shma korxonasi ipak chiqindisini qayta 



ishlovchi, respublikadagi Yaponiya davlati tadbirkorlari bilan tuzilgan yagona korxona 

bo‘lib, xom ashyo bilan ta’minlanmaganligi tufayli ishlamay turgan. Qo‘shma korxona 2003 

yil uchun O‘zbek ipagi uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar bilan 40 dan ortiq 

shartnomalar tuzgan bo‘lsada, xom ashyo yetkazib beruvchilar tomonidan mahsulotlar 

yetkazib berilmagan, O‘zbekiston tomonidan olingan majburiyatlar qo‘pol ravishda buzilgan. 

Bundan tashqari, joylardagi mas’ul mansabdor shaxslarning aybi bilan korxona ishlab 

chiqarish uchun zarur bo‘lgan bug‘ va elektr energiyasi manbaidan uzib qo‘yilgan. Adliya 

idoralarining aralashuvidan keyingina korxonaga xom ashyo yetkazib berildi, mavjud 

to‘siqlar bartaraf qilinib, qo‘shma korxona ishga tushirildi. 

 

Boshqarma boshlig‘i A.Toshqulov ushbu korxonani doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatishini 



nazoratga olib ishni oxirigacha yetkazasiz. Shaxsan o‘zingiz shu korxonani normal 

faoliyatiga javob berasiz. 

 

Xorijiy investitsiyalar huquqlarini buzishiga olib kelayotgan muammolardan biri hanuzgacha 



davlat boshqaruv idoralari tomonidan ularning faoliyatlariga ma’muriy aralashish 

holatlarining mavjudligidir. Mansabdor shaxslar tomonidan qonunchilikni o‘zlaricha talqin 

qilish, holatlari, asossiz aralashuvlar natijasida xorijiy investorlarning huquq va manfaatlariga 

zarar yetkazish holatlari ham uchramoqda.  

 

Bundan tashqari, davlat mulki idoralari xorijiy investorlarning mulkka bo‘lgan egalik 



huquqlarini qo‘pol ravishda buzib, xususiylashtirish to‘g‘risidagi buyruqlarini bir tomonlama 

o‘zgartirish yoki bekor qilish holatlari davom etmoqda. Xorijiy va mahalliy investorlar 

tomonidan xususiylashtirilgan mulklarni, kiritilgan qo‘shimcha sarmoyalarni hisobga 

olmasdan davlatga qaytarish kabi noqonuniy harakatlar kam emas. O‘tgan yil davomida 10 

dan ortiq ana shunday qo‘pol qonunbuzilish faktlari aniqlandi. 

 

Shuningdek, xorijiy investorlarga qonun bilan kafolatlangan imtiyozlarning har xil asossiz 



vajlar bilan qo‘llanilmasdan kelinishi investitsiyalarni jalb qilinishiga salbiy ta’sir 

ko‘rsatmoqda. 

 

Xorijiy investorlar oldida turgan muammolarni to‘liqroq aniqlab olish maqsadida bu yil 



xorijiy investorlar orasida ham so‘rov o‘tkazildi. 985 ta xorijiy investorlar orasida o‘tkazilgan 

so‘rov natijalari ham ularning faoliyatida turli muammo va to‘siqlar mavjudligini ko‘rsatdi. 

Jumladan, so‘ralganlarning 583 tasi (59%) ro‘yxatdan utish va ruxsatnomalar olishda 

qonunchilikda belgilangan muddatlar buzilganligini, 438 ta holatda mansabdor shaxslar 

tomonidan ortiqcha hujjatlar taqdim etilishi talab qilganligini, 3571 ta holatda esa mansabdor 

shaxslar tomonidan tamagirlikka duch kelganliklarini yoki ularni rozi qilish uchun mablag‘ 

sarflashga majbur bo‘lganliklarini, yana 439 tasi turli idoralarning mansabdor shaxslariga 

doimiy ravishda pul mablag‘lari berib turish hollari mavjudligini ko‘rsatganlar. (177 ta 

ro‘yxatdan o‘tkazish, 188 ta firma nomi olishda, 115 ta litsenziya olishda, 156 ta soliq 

idoralari tekshirganda, 164 ta DSENM tekshirganda, 265 ta huquqni muhofaza qiluvchi 



idoralar tomonidan tekshirganda, 83 ta bojxona rasmiylashtiruvida, 95 ta bankdan naqd pul 

olishda). So‘ralganlarning 201 tasi ularning roziligisiz turli tadbirlarga mablag‘lari jalb 

qilganliklarini aytishdi. Bundan tashqari, 967 ta holatda tekshiruvchilar tomonidan 

Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitoblarini to‘ldirishdan bosh tortib tekshirish o‘tkazgan, 782 

ta holatda ularning faoliyatlari nazorat hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralari 

tomonidan asossiz ravishda uzoq muddatlarga to‘xtatib qo‘yganliklarini bildirishgan. Bunga 

qanday chidab turish mumkin. Har bir xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning 

faoliyatida bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish va tajovuzlardan himoya qilib turish 

imkoniyati yo‘qmi? Bu bo‘limlarda xodimlar soni yetarli, shuning uchun bu masalada 

ishlarimiz talab darajasida bo‘lishi kerak. 

 

Yana bir marta takrorlayman bironta mansabdor shaxs asossiz ravishda xorijiy korxonalar 



faoliyatiga aralashmasligi lozim. Bu vazifani amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining 

370-sonli qarori bilan tasdiqlangan Adliya vazirligining yangi nizomida yetarli vakolatlar 

berilgan. Shu vakolatlardan samarali foydalanish kerak.  

 

Ushbu gaplar Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi va uning joylardagi bo‘limlariga 



ham taalluqlidir. Agar qo‘llaringizdan kelmasa bizlarga chiqinglar, biz Oliy sud va huquqni 

muhofaza qiluvchi idoralar rahbariyati bilan kelishib olganmiz. Ular yordam berishadi. 

O‘ylaymanki, bu sohada hech qanday jiddiy muammo mavjud emas. 

 

Departament faoliyati yuzasidan 

 

Departamentning bo‘limlari va sud ijrochilari bo‘limlari tomonidan belgilangan tadbirlarni 



amalga oshirilishi natijasida ijro hujjatlarining majburiy ijrosini ta’minlashda ijobiy 

o‘zgarishlarga erishildi. Xususan, 2002 yilda sud ijrochilari ish yurituvidagi ijro hujjatlarining 

252774 tasi yoki 73 foizi ijrosi amalga oshirilgan bo‘lsa, 2003 yil davomida sud ijrochilari 

ish yurituvida bo‘lib o‘tgan ijro hujjatlarining 345244 tasi yoki 80,5 foizining ijrosi 

ta’minlangan. 

 

Fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi unduruvlar bo‘yicha 2002 yil 30,2 mlrd. 



so‘m, ya’ni undirilishi kerak bo‘lagan summaning 74,9 foizi undirilgan bo‘lsa, 2003 yilda 

125,2 mlrd so‘m, yoki undirilishi lozim bo‘lgan summaning 78,6 foizi undirilgan. Bu borada 

3,7 foizga o‘sishga erishilgan. 

 

Davlat foydasiga undiruvlar bo‘yicha 2002 yilda 2 mlrd. so‘m undirilgan bo‘lsa, 2003 yil 



undirilishi lozim bo‘lgan 19,5 mlrd. so‘mning 15,2 mlrd. so‘mi, ya’ni 76,9 foizi undirilib

bunda ham o‘sishga erishilgan. 

 

Amalga oshirilgan ishlar bilan birga faoliyatimizda hali yechilmay turgan muammolar va 



kamchiliklar juda ko‘p. 

 

Xususan, Departamentning ayrim bo‘limlari tomonidan hisobotlarni topshirishda ularni 



soxtalashtirish mavjud. Masalan, Departamentning Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan 

topshirilgan hisobot bilan haqiqatda mavjud summa o‘rtasida 678 mln. tafovut mavjud. 

Adliya vazirligi guruhi tomonidan joyiga chiqib o‘rganilganda O‘rta Chirchiq tuman sud 

ijrochilari tomonidan boqimanda qarzlarini undirilishi to‘g‘risida 2003 yil 1 oktabr holatiga 

tuzilgan solishtiruv dalolatnomasida qarzdor korxonalarining mol-mulkini sotishdan tushgan 

mablag‘lar 8.5 mln. so‘m qilib ko‘rsatilgan, lekin ijro ishlari o‘rganilganda amalda 1.8 mln. 

so‘mlik mol-mulk sotilganligi aniqlandi. 


 

Bundan tashqari, Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga tushirilishi lozim 

bo‘lgan mablag‘larni hisob raqamlariga o‘tkazishda chalkashliklarga yo‘l qo‘yilyapti. Ayrim 

hollarda amaliyot to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganli sababli budjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan 

mablag‘lar jamg‘armaga, jamg‘armaga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan mablag‘lar esa budjetga 

o‘tkazib yuborilyapti. Xususan, Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on va Zangiota tuman sud 

ijrochilari tomonidan xuddi shunday holatlarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. 

 

Departamentning Sirdaryo va Samarqand bo‘limlari tomonidan mablag‘larni jamg‘armaga 



o‘tkazishda pala-partishliklarga yo‘l qo‘yilganlik mavjud.  

 

Bunday holatlarni boshqa viloyatlarda ham uchratish mumkin. 



 

Shuningdek, Surxondaryo va Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan avtotransport 

vositalarining Kim oshdi savdosini tashkil etish, uni o‘tkazish va sotishda Adliya vazirining 

maxsus buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Avtotransport vositalari kim oshdi savdosi orqali 

sotishni tartibga solish haqida”gi vaqtinchalik Nizomning bir qator talablari buzilgan. Bu 

borada, suistemolchilik ham mavjud.  

 

Shuning uchun Surxondaryo viloyat bo‘lim boshlig‘i S.Asrarovaga “Xayfsan” e’lon qilingan, 



bo‘lim inspektori Q.Boltayev egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.  

 

Departament direktori E.Qudratovdan hisobotlarni topshirish, jamg‘armaga mablag‘ 



o‘tkazish va Kim oshdi savdolarini o‘tkazishda qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha nazoratni 

kuchaytirish, suistemolchilik va ko‘zbo‘yamachilikni oldini olish talab qilinadi. 

Suistemolchilikka yo‘l qo‘ygan har qanday xodim so‘zsiz ishdan ketishi kerak. Ikki oylik 

muhlatda to‘liq qilib axborot bering. 

 

Vazirning birinchi o‘rinbosari I.Abdullayev bu masalani o‘zingiz nazoratga oling. 



 

 

Hurmatli majlis qatnashchilari! 

 

Bir narsaga jiddiy yondoshishlaringizni talab qilaman.  



 

Bugungi hay’at majlisida aytilgan har bir topshiriq va vazifalar so‘zsiz ijro qilinishi lozim. 

Chunki, bular davlatimiz siyosatidan va Prezidentimiz ko‘rsatmalaridan kelib chiqib 

belgilanmoqda. Gap islohotlarni amalga oshirish to‘g‘risida ketyapti. 

 

Buning uchun adliya idoralarining barcha kuch va imkoniyatlarini ishga solish lozim Agar 



adliya idoralarining xodimlari soni cheklanganligidan kelib chiqadigan bo‘lsak, xodimlarimiz 

imkoniyatidan oqilona foydalansakgina, mavjud vakolatlarni to‘liq ishlata olsakgina, biz 

oldimizga qo‘yilgan vazirlarga erisha olamiz. Aks holda, oddiy gapdan boshimiz chiqmaydi.  

 

Xususan, bugun bir necha yillardan beri takrorlab kelinayotgan topshiriqlarning ijrosi 



to‘g‘risida gapirildi, ya’ni ayrim boshqarmalarimiz surunkasiga bir necha yillar davomida 

o‘ziga yuklatilgan ma’suliyatli vazifalarni to‘liq va sifatli bajarmasdan kelayapti. Lekin, 

bunday qat’iyatsizlik va loqaydlikka, intizomsizlikka chek qo‘yish vaqti keldi. Tadbirkorlarni 

huquqini himoya qilish masalasi endi bizlar uchun yangilik emas, bu borada yetarli tajribaga 



egamiz va zarur tizimni yarata oldik. Shuning uchun biz keyingi yig‘ilishlarida aytilgan 

gaplarga boshqa qaytmaymiz, ya’ni qat’iy chora ko‘ramiz.  

 

Albatta oldimizda murakkab, lekin mas’uliyatli va dolzarb vazifalar turibdi. Ushbu 



vazifalarni bajarish barchamizdan sabotli va qat’iyatli bo‘lishni talab qiladi. Ularni joylardagi 

boshqa idoralar, xususan viloyat hokimligi bilan hamkorlikda amalga oshirishimiz lozim, 

ya’ni ularning ham kuchidan foydalanishimiz kerak. Faqat shundagina ishlarimiz kutilgan 

samarani beradi. Ushbu savobli va olijanob ishlarda hammalaringizga omad tilayman. 



 

E’tiborlaringiz uchun rahmat! 

 

Download 207.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling