2007-yil toshkent islom madaniyati poytaxti deb e'lon qilinishining mazmuni va mohiyati reja


Download 20.57 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi20.57 Kb.
#1471460
Bog'liq
2007-YIL TOSHKENT ISLOM MADANIYATI POYTAXTI DEB E\'LON QILINISHINING MAZMUNI VA MOHIYATI


2007-YIL TOSHKENT ISLOM MADANIYATI POYTAXTI DEB E'LON QILINISHINING MAZMUNI VA MOHIYATI
Reja:


  1. 2007-yil toshkent islom madaniyati

  2. Islom madaniyati poytaxti deb e'lon qilinishi

  3. Mazmuni va mohiyati

Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti — AYSESKO (ISESCO) tomonidan Toshkent shahri “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 3-mart kunidagi topshirig‘i ijrosini ta’minlash, tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish, mamlakatimiz, xususan poytaxtimizning dunyo sivilizatsiyasi, islom fani va madaniyati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, yurtimizdagi ko‘lamli tarixiy o‘zgarishlarni xalqimiz va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib etish, vatandoshlarimiz, ayniqsa yosh avlod qalbi va ongiga Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada chuqurroq singdirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


1. Toshkent shahri “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan amalga oshiriladigan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar Dasturi 1-ilovaga, respublika tashkiliy qo‘mitasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tashkiliy qo‘mita Dasturda belgilangan tadbirlar keng jamoatchilik va chet ellardagi yirik olimlar va mutaxassislarning faol ishtirokida amalga oshirilishini ta’minlasin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Fanlar akademiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etiladigan xorijiy olimlar ro‘yxati va ularning ma’ruzalari yuzasidan aniq takliflar kiritsin.
3. Ma’naviyat targ‘ibot markazi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan birgalikda Dasturda belgilangan targ‘ibot-tashviqot ishlarini yuqori saviyada tashkil etsin.
4. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligiga Toshkent shahrining 2007-yilda “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan amalga oshiriladigan tadbirlarning mohiyati va ijrosini keng ko‘lamda yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Toshkent shahar hokimligi:
Toshkent shahriga “Islom madaniyati poytaxti” maqomi berilishi munosabati bilan shahardagi islomiy obidalar, ziyoratgohlarda va ularning atrofida obodonchilik-ta’mirlash ishlarini;
shaharning diqqatga sazovor joylari, markaziy ko‘chalar, xiyobonlar, tadbirlar o‘tkaziladigan hamda tadbir ishtirokchilarining yashash joylarida bezash ishlarini amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‘rsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga tadbirlar o‘tadigan joylar va ishtirokchilarning yashash joylarida Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 15-son qarori talablariga rioya etilishini ta’minlash topshirilsin.
7. Dasturda belgilangan tadbirlarni amalga oshirishda homiy sifatida qatnashish istagini bildirgan nodavlat va jamoat tashkilotlari, xorijiy va xalqaro tuzilmalarning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlansin.
Fan, madaniyat va ta’lim bo`yicha xalqaro islom tashkiloti 2007 yilda Toshkentni Islom poytaxti sifatida e`lon qilgan. Bu voqea O`zbekiston matbuotida keng yoritildi. Toshkentda islom mavzusiga oid bir necha xalqaro konferensiyalar o`tkazildi.Mutaxassislar fikriga ko`ra, islom tarixi, madaniyati va taraqqiyoti haqida gapirilganda Imom al Buxoriy, Naqshbandiy, Ahmad Yassaviy va shu kabi ko`plab allomalar yaratgan qomusiy ishlarni e’tirof etmasdan bo`lmaydi.Tarixan Turkiston tuprog`i islom dunyosining shakllanishi va taraqqiyotida o`ta muhim o’rin tutgan.Biroq mustaqillikdan keyin, deydi kuzatuvchilar, aholi e`tiborini qozongan islom peshvolari jamiyatdan chetlatilib, ba’zan izsiz yo`qolib ketmoqda.Hukumat nazarida O`zbekistonda diniy ekstremizm tahdidi kuchli. Yuzlab fuqarolar ekstremistik faoliyati uchun qamoqqa tashlangan.Toshkentdagi masjidda nomozxonlardan biri diniy ekstremizm tahdidi yo’qligini O`zbekiston aholisi yaxshi tushunib qolgan deb hisoblaydi. Qaysi yo`l to`g’riligi farqiga borib bo`lgan, hozir asosiy tahdid missionerlar, deydi u.Huquq himoyachisI Azam Turg`unovning so’zlariga qaraganda, diniy ekstremizm bo`yicha ayblanib, jazo muddatini o`tab chiqqan kishilar ustidan qayta jinoiy ish qo`zg`atish harakatlari kuzatilmoqda.“O`zbekistonda “Hizbut tahrir” faoliyati deyarli yo’qolib ketgan. Hozir eski, 4-5 yil avvalgi ishlar bo`yicha odamlarni yana qamash boshlangan. Mana yaqinda besh ayolni 4-5 yil avvalgi ish uchun qamashdi. Oldin varaqa tarqatgani haqidagi vajlar ko`rsatilayotgan bo`lsa, hozir hech qanday isbot-dalil keltirilmaydi. Hech bir dalillarsiz qamoqqa olinaveradi”, - deydi A’zam Turg`unov.Huquq himoyachilaridan biri Surat Ikromov diniy ekstremizm bo`yicha sudlar yopiq o’tishi bois bu jarayonlarga xolis baho berib bo`lmaydi deydi.Ayrim ekspertlar diniy ekstremizm aynan hukumatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatdagi layoqatsizligi, shuningdek, so`z va fikr erkinligi cheklangan jamiyat vujudga kelganidan ham oziqlanadi.
Fan, madaniyat va ta’lim bo`yicha xalqaro islom tashkiloti 2007 yilda Toshkentni Islom poytaxti sifatida e`lon qilgan. Bu voqea O`zbekiston matbuotida keng yoritildi. Toshkentda islom mavzusiga oid bir necha xalqaro konferensiyalar o`tkazildi.
Mutaxassislar fikriga ko`ra, islom tarixi, madaniyati va taraqqiyoti haqida gapirilganda Imom al Buxoriy, Naqshbandiy, Ahmad Yassaviy va shu kabi ko`plab allomalar yaratgan qomusiy ishlarni e’tirof etmasdan bo`lmaydi.
Tarixan Turkiston tuprog`i islom dunyosining shakllanishi va taraqqiyotida o`ta muhim o’rin tutgan.
Biroq mustaqillikdan keyin, deydi kuzatuvchilar, aholi e`tiborini qozongan islom peshvolari jamiyatdan chetlatilib, ba’zan izsiz yo`qolib ketmoqda.
Hukumat nazarida O`zbekistonda diniy ekstremizm tahdidi kuchli. Yuzlab fuqarolar ekstremistik faoliyati uchun qamoqqa tashlangan.
Toshkentdagi masjidda nomozxonlardan biri diniy ekstremizm tahdidi yo’qligini O`zbekiston aholisi yaxshi tushunib qolgan deb hisoblaydi. Qaysi yo`l to`g’riligi farqiga borib bo`lgan, hozir asosiy tahdid missionerlar, deydi u.
Huquq himoyachisI Azam Turg`unovning so’zlariga qaraganda, diniy ekstremizm bo`yicha ayblanib, jazo muddatini o`tab chiqqan kishilar ustidan qayta jinoiy ish qo`zg`atish harakatlari kuzatilmoqda.
“O`zbekistonda “Hizbut tahrir” faoliyati deyarli yo’qolib ketgan. Hozir eski, 4-5 yil avvalgi ishlar bo`yicha odamlarni yana qamash boshlangan. Mana yaqinda besh ayolni 4-5 yil avvalgi ish uchun qamashdi. Oldin varaqa tarqatgani haqidagi vajlar ko`rsatilayotgan bo`lsa, hozir hech qanday isbot-dalil keltirilmaydi. Hech bir dalillarsiz qamoqqa olinaveradi”, - deydi A’zam Turg`unov.
Huquq himoyachilaridan biri Surat Ikromov diniy ekstremizm bo`yicha sudlar yopiq o’tishi bois bu jarayonlarga xolis baho berib bo`lmaydi deydi.
Ayrim ekspertlar diniy ekstremizm aynan hukumatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatdagi layoqatsizligi, shuningdek, so`z va fikr erkinligi cheklangan jamiyat vujudga kelganidan ham oziqlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. https://azkurs.org/

  2. https://fayllar.org/

  3. https://www.amerikaovozi.com/

  4. https://islom.uz/view/

Download 20.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling