2008 yilda Tesla o‘zining ilk elektron avtomobili — Tesla Roadster'ni ishlab chiqarib, butun dunyo e'tiborini jalb qildi


Sentyabrda 8-versiyadagi Autopilot funksiyasi yangilandi


Download 23.38 Kb.
bet3/4
Sana14.03.2023
Hajmi23.38 Kb.
#1267575
1   2   3   4
Bog'liq
Tesla kompaniyasi

Sentyabrda 8-versiyadagi Autopilot funksiyasi yangilandi. 
Endilikda radar datchik ma'lumotlari yanada keng qo‘llanmoqda - ularning yordamida obektning xavfli yo xavfsiz ekanligini aniqlash mumkin. 
Maskning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil xavfsizlantirildi va yangi funksiyalar hattoki may oyidagi YTHning ham oldini olgan bo‘lardi. Eslatib o‘tish joizki, joriy yilning may oyida Autopilot boshqaruvidagi mashina yuk mashinasi bilan to‘qnashgan va buning natijasida haydovchi halok bo‘lgandi. Autopilot'ning narxi qimmatlashdi va uning yangi bahosi 3 ming dollarni tashkil qildi. 
Autopilot yangi bosqichga chiqmoqda: Mask Tesla mashinalari kengaytirilgan "avtopilot"ning barcha zarur jihozlariga ega bo‘lishi haqida e'lon qildi. 
Endilikda avtopilot Enhanced Autopilot, ya'ni "kengaytirilgan avtopilot" nomini oldi.
U avtomobilga tezlikni yo‘llardagi zichlikka muvofiq boshqarish, haydovchi boshqaruvisiz boshqa chiziqqa o‘tish, katta yo‘lga chiqish, shuningdek avtomobilni mustaqil ravishda joylashtirish imkon beradi. Bundan tashqari, avtomobil haydovchi chaqiruvidan keyin yanada murakkab harakatlarni bajarishga qodir. 
Mask mashinaning dekabr oyida yangilanishi haqida aytgandi - avval buni muvofiqlashtirish ishlari yakunlanishi kerak. Yaqinda u o‘zining Twitter'dagi akkauntida Tesla xodimlarining sinov ishlarini tezroq yakunlash maqsadida dam olishsiz ishlayotganlari to‘g‘risida ma'lum qilgandi. Shunday ekan, yangilanish tez orada ro‘y berishi kutilmoqda. 
Enhanced Autopilot narxi - 5 ming dollar.
Maskning so‘zlariga ko‘ra, test yakuniga yetib, tasdiqdan o‘tganidan keyin mashina egalari yo‘llarda to‘liq mustaqil harakatlanuvchi avtomobillarga ega bo‘lishadi. 
Tesla mazkur texnologiyasi namoyishi uchun 2017 yilning oxirida Los-Anjyelesdan Nyu-Yorkka to‘liq avtonom rejimda harakatlanib, Qo‘shma Shtatlarni kesib o‘tadi.
Tesla yana uch elektron transport vositasini ishlab chiqarish ustida ish olib bormoqda
O‘z rejasining ikkinchi qismida Mask Tesla komapniyasining to‘liq elektron boshqaruvli yuk mashinasi va avtobus ishlab chiqarish rejasi bilan bo‘lishdi. Model 3'dan keyingi yengil mashina esa murakkab yo‘llarda harakatlanadigan elektron avtomobil bo‘ladi. Maskning aytishicha, so‘nggi modelga Model Y nomi berilishi mumkin.

Download 23.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling