Ғarbiy turk xoqonligi markazlashmagan davlat bo’lib, 15ga yaqin mustaqil hokimliklardan, So’g’dda yuechji xalqidan chiqqan jabg’u, Buxoroda mahalliy buxorxudot, Farg’onada ixshidlar kabilardan tashkil topgan edi. - Ғarbiy turk xoqonligi markazlashmagan davlat bo’lib, 15ga yaqin mustaqil hokimliklardan, So’g’dda yuechji xalqidan chiqqan jabg’u, Buxoroda mahalliy buxorxudot, Farg’onada ixshidlar kabilardan tashkil topgan edi.
- Xoqonlik tarkibiga kirgan xalqlar bir qismi So’g’d, Xorazm, Toxariston, Farg’ona dehqonchilik, shahar aholisi hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan, uning tog’li va cho’l tumanlarida istiqomat qiluvchi katta qismi esa chorvachilik bilan shug’ullangan.
- Arablar istilosi arafasida O’zbekiston mayda-mayda davlatlardan iborat edi. Sharq va xitoy tillarida yozilgan manbalar ma’lumotlariga qaraganda VIII asr boshlarida yurtimizda 15 yaqin mustaqil davlatlar bo’lib, bularning eng kattasi Xorazm, So’g’d, Buxoro, Chag’oniyon, Toxariston, Ustrushona, Choch va Farg’ona hisoblangan. Ularning podshohlari jabg’u (knyaz), xudot, ixshid va ispahbed deb atalardi.
- Arablar O’zbekiston hududiga 674 yildan boshlab bostirib kira boshladilar. Bosqinchi qo’shinlarga xalifalikning Xurosondagi noibi Ubaydulloh ibn Ziyod boshchilik qilar edi.
O’shanda ular Poykent va Buxoro shaharlari hamda ularning tevarak-atrofidagi tumanlarni talon-taroj qildilar va katta o’lja (1 mln dirham pul, 4000 asir va boshqalar) bilan qaytdilar. Bundan keyin ham arablar O’zbekiston ustiga ko’p marta talonchilik yurishlarini uyushtirdilar. - O’shanda ular Poykent va Buxoro shaharlari hamda ularning tevarak-atrofidagi tumanlarni talon-taroj qildilar va katta o’lja (1 mln dirham pul, 4000 asir va boshqalar) bilan qaytdilar. Bundan keyin ham arablar O’zbekiston ustiga ko’p marta talonchilik yurishlarini uyushtirdilar.
- 705 yildan boshlab arablarning O’zbekiston ustiga istilochilik yurishlari kuchaydi. Bunga arablarning Xurosondagi yangi noibi Qutayba ibn Muslim (715 yili hozirgi Andijon viloyatining Jalolquduq tumanida, hozirgi Shurunch mozor, aslida Qilich mozor temir yo’l bekati yonida o’ldirilgan) boshchilik qildi.
- Arab qo’shini 706 yili Omul (Chorjo’y), Zamm (Karki), Buxoro hamda Poykent shaharlarini, 709 yili esa Buxoroning mustahkam qal’alaridan Shofurkom (Vardanza)ni, 710 yili esa Kesh va Nasafni zabt etdi. Buxoro, So’g’d, Vardanza va Farg’ona hukmdorlari turklar bilan qo’shilib arab istilochilariga qarshi ittifoq tuzishga harakat qildilar, lekin o’zaro kelishmovchiliklar va ishtiloflar ittifoqning mustahkamlanishiga yo’l bermadi. Qutayba bundan ustalik bilan foydalandi va ular bilan birma-bir kurashda g’alaba qozondi.
Do'stlaringiz bilan baham: |