VI asr o’rtalariga borib Turk xoqonligi zaminida ilk katta yer egaligi munosabatlari shakllana boshladi. Shuning bilan bir qatorda o’zaro urushlar kuchaydi va bundan Suy imperiyasi (581-618 yy.) hukmdorlari ustalik bilan foydalandilar. Oqibatda Turk xoqonligi ikki qimga – Sharqiy va Garbiy turk xoqonligiga bo’linib ketdi. - VI asr o’rtalariga borib Turk xoqonligi zaminida ilk katta yer egaligi munosabatlari shakllana boshladi. Shuning bilan bir qatorda o’zaro urushlar kuchaydi va bundan Suy imperiyasi (581-618 yy.) hukmdorlari ustalik bilan foydalandilar. Oqibatda Turk xoqonligi ikki qimga – Sharqiy va Garbiy turk xoqonligiga bo’linib ketdi.
- Sharqiy turk xoqonligi Markaziy Osiyoda xoqon Shibi davrida (609-619- yy.) Suy imperiyasi bilan ko’p urushdi va o’z mustaqilligini saqlab qoldi. Xoqon Xelu (620-630- yy.) davrida ham bu kurash davom etdi. O’sha yillari turklar Xitoyga 67 marta bostirib kirdilar. Bu davrda soliqlar ko’paydi, mehnatkash xalqning ahvoli og’irlashdi. Xitoy imperatorlari bundan ustalik bilan foydalandilar va Sharqiy Turk xoqonligi ustidan o’z hukmronligini o’rnatilshga muvaffaq bo’ldilar. Lekin ko’p o’tmay, turklar Xitoy istibdodiga qarshi qo’zg’olon ko’tardilar. Bunga dastlab Eltarish qoon (Qutlug’ qoon), keyinchalik esa uning maslahatchisi To’nyuquq boshchilik qildilar. Natijada 681 yili Ғarbiy turklar yana mustaqillikni qo’lga kiritdilar. Xoqon Bilga vafotidan (734 y.) keyin kuchayib ketgan feodal kurashlar natijasida Ғarbiy turk xoqonligi mayda qismlarga bo’linib ketdi va keyinchalik uning o’rniga Uyg’ur xoqonligi tashkil topdi.
G`arbiy turk xoqonligi harbiy siyosiy jihatdan birmuncha qudratli edi. U11 asrning o’rtalarida unga Sharqiy Turkistondan to Kaspiy dengizigacha bo’lgan yerlar qarardi. Uning ijtimoiy-siyosiy tomondan yuksalishida Marv, Chorjo’y, Buxoro, Samarqand, Choch, Ispijob kabi shaharlarning o’sishi va Xitoy, Eron hamda Vizantiya bilan olib borilgan savdo-sotiq ham sabab bo’ldi. Manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, Ғarbiy turk xoqonligi poytaxti Suyabda har yili katta yarmarkalar tashkil etilib, unda ko’pgina xorijiy mamlakatlardan kelgan savdogarlar ham qatnashgan. - G`arbiy turk xoqonligi harbiy siyosiy jihatdan birmuncha qudratli edi. U11 asrning o’rtalarida unga Sharqiy Turkistondan to Kaspiy dengizigacha bo’lgan yerlar qarardi. Uning ijtimoiy-siyosiy tomondan yuksalishida Marv, Chorjo’y, Buxoro, Samarqand, Choch, Ispijob kabi shaharlarning o’sishi va Xitoy, Eron hamda Vizantiya bilan olib borilgan savdo-sotiq ham sabab bo’ldi. Manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, Ғarbiy turk xoqonligi poytaxti Suyabda har yili katta yarmarkalar tashkil etilib, unda ko’pgina xorijiy mamlakatlardan kelgan savdogarlar ham qatnashgan.
- G`arbiy turk xoqonligining xalqi xoqon Shabolo Xilishi hukmronligi yillari 10 toifaga bo’lingan. Masalan, Chu daryosining o’ng tarafida istiqomat qiluvchi xalqlar Nushibi (5 toifa), daryoning so’l sohilida istiqomat qiluvchilar esa Dulu (5 toifa) deb atalgan. Ko’p o’tmay bu toifalar o’zlarining mustaqil davlatini tuzib oldilar. Bu o’zaro feodal kurashning kuchayishiga olib keldi. Xitoy qo’shinlari bundan foydalanib, 658 yili Ғarbiy turk xoqonligi yerlariga bostirib kirdilar, lekin uni tamoman bo’ysundira olmadilar. Xoqon Ashina Xudaydao uni yana tiklashga muvaffaq bo’ldi. Biroq katta yer egaligi, o’zaro kurashlar va shimoldagi qo’shni xalqlar, xususan qorliqlarning xurujlari natijasida xoqonlik inqirozga yuz tutdi. VIII asrning ikkinchi yarmida hokimiyat tamoman qorliqlar qo’liga o’tdi. Ular 766 yili Suyabni bosib oldilar va uni o’z poytaxtlariga aylantirdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |