712 yili Qutayba o’zaro ichki kurashlardan foydalanib hiyonatkorona tarzda Xorazmni ham bo’ysundirdi. Samarqand podshohi Ғurak (710-737-yy.) bilan tuzilgan bitim shartlariga binoan Samarqand va So’g’diyona xalqi arablarga har yili 2 million 200 ming dirham miqdorida o’lpon to’lash va arab qo’shiniga 100 ming kishi to’plab berishga majbur etildi. 713-715 yillari Qutayba Choch (Toshkent) hamda Farg’ona viloyatlarini, shuningdek Yettisuv va Koshg’argacha bo’lgan yerlarni bosib oldi. - 712 yili Qutayba o’zaro ichki kurashlardan foydalanib hiyonatkorona tarzda Xorazmni ham bo’ysundirdi. Samarqand podshohi Ғurak (710-737-yy.) bilan tuzilgan bitim shartlariga binoan Samarqand va So’g’diyona xalqi arablarga har yili 2 million 200 ming dirham miqdorida o’lpon to’lash va arab qo’shiniga 100 ming kishi to’plab berishga majbur etildi. 713-715 yillari Qutayba Choch (Toshkent) hamda Farg’ona viloyatlarini, shuningdek Yettisuv va Koshg’argacha bo’lgan yerlarni bosib oldi.
- Arab istilosi O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va madaniy taraqqiyotiga katta zarar yetkazdi, ko’plab katta va boy shaharlarning kuli ko’kka sovurildi, ming-minglab kishilarning “yostig’i quridi”, Marv, Buxoro, Samarqand va Xorazm kutubxonalarida saqlanayotgan juda ko’p noyob asarlar yo’q qilindi.
- Arab istilochilari mahalliy xalqlarni ham majburan islom diniga kiritdilar, mehnatkashlar zimmasiga og’ir soliqlar va jarimalar – xiroj, jizya, zakot yuklatildi, aholining yarim mulki arab qo’shini foydasiga musodara qilindi.
O’zbekiston xalqlari arab istilochilari zulmiga qarshi bir necha bor qo’zg’olon ko’tardilar. VIII asrning o’rtalarida bo’lgan Ishoq turk qo’xg’oloni, 769-776- yillari butun Movarounnahrni larzaga solgan Muqanna (783 yili o’ldirilgan) boshchiligida bo’lib o’tgan qo’zg’olon, 806 yili Rafi’ ibn Lays boshchiligida So’g’dda bo’lib o’tgan dehqonlar qo’zg’oloni shular jumlasidandir. - O’zbekiston xalqlari arab istilochilari zulmiga qarshi bir necha bor qo’zg’olon ko’tardilar. VIII asrning o’rtalarida bo’lgan Ishoq turk qo’xg’oloni, 769-776- yillari butun Movarounnahrni larzaga solgan Muqanna (783 yili o’ldirilgan) boshchiligida bo’lib o’tgan qo’zg’olon, 806 yili Rafi’ ibn Lays boshchiligida So’g’dda bo’lib o’tgan dehqonlar qo’zg’oloni shular jumlasidandir.
- Arab xalifaligi tarkibiga kirgan xalqlarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidagi katta tafovut, ularning etnik jihatdan bir xil emasligi, ular o’rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning zaifligi, ayniqsa, yer-suv va boylikning tobora mahalliy boshliqlar qo’lida to’plana borishi va nihoyat, mahalliy aholi va bosqinchilar o’rtasidagi ziddiyatlarning tobora kuchayib borishi xalq harakatlari va o’zaro kurashni kuchaytirib yubordi. Bu hol, o’z navbatida, arab xalifaligining inqirozini tezlashtirdi. IX asrning birinchi choragida uning zaminida mustaqil mahalliy davlatlar paydo bo’ldi. Masalan, Misrda Tuluniylar (868 y.), Tabaristonda Aliylar (864 y.), Xurosonda Tohiriylar (821 y.), Seistonda Safforiylar (867 y.) va nihoyat, Movarounnahrda Somoniylar (819 y.) hokimiyat tepasiga keldilar. Boshqa o’lkalarda ham shunday ahvol yuz berdi. Qisqasi, 935 yildan boshlab Abbosiylar xalifalikda o’z siyosiy mavqelarini tamoman yo’qotdilar va nomigagina xalifa bo’lib qoldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |