2016 yil yakunlari sarhisobi
JAMI 296168,3 306259,6 103,4
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
2016yil yakunlari
JAMI
296168,3 306259,6 103,4 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.02.2015 yildagi "2015-2019 yillarda tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliyilashtirish dasturi to’g’risidagi" PQ-2298-sonli qaroriga binoan, "Olmaliq KMK" AJ umumiy qiymati 77,4 mld so’mlik 30 ta loyihani amalga oshirmoqda. 2016 yil davomida qiymati 93,1 mlrd. so’mlik mahalliyilashtirilgan mahsulot mahsulot ishlab chiqarish bajarildi yoki istiqbolga nisbatan 119,6 % . "Olmaliq KMK" AJ tomonidan Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperasiya birjasida umumiy qiymati 184,5 mlrd. so’m bo’lgan ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar yetkazib berish uchun 155 ta shartnoma tuzildi. 3 2016 yil davomida qiymati 185,5 mlrd so’m yoki istiqbolga nisbatan 100,5 % butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar xarid qilindi. Qiymati 79,2 mlrd. so’mlik import tovar- mahsulotlar xarid qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 3.07.2014 yildagi PQ 2200-sonli qaroriga muvofiq "Olmaliq KMK" AJ davlat mulkini xususiylashtirish dasturiga kiritilmagan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.12.2015 yildagi "2016 yilda sanoatda ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish va mahsulot tannarxini pasaytirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida"gi VM 374-sonli qaroriga muvofiq kombinat tomonidan 2016 yilda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish yuzasidan tashkiliy-texnik chora- tadbirlar majmuasi ishlab chiqildi, ushbu chora-tadbirlar majmuida mahsulot tannarxini 213,0 mlrd so’m yoki 10,1 %ga pasaytirish ko’zda tutilgan. 2016 yil davomida chiqarish harajatlarini kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlar majmuini bajarishdan kutilayotgan natija 253,6 mlrd. so’m yoki 12,0 % topshiriqqa nisbatan 10,1 %, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish – 224,2 mlrd. so’m yoki 10,6 % topshiriqqa nisbatan 8,7% tashkil etadi. Kombinat tomonidan boshqaruv tizimini takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash va debitorlki va kreditorlik qarzdorliklarni kamaytirish monitoringini amalga oshirish bo’yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi. 01.01.2017 yil holatiga kutilayotgan debitorlik qarzdorlik muddati o’tgan qarzdorlik hosil bo’lmagan holda 107,5 mlrd. so’m, kreditorlki qarzdorlik esa -166,5 mlrd. so'm. Kombinat budjet oldida va ish xaqi bo’yicha qarzdorlikka ega emas. "Olmaliq KMK" AJ da 2016 yil uchun tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, ularni bajarish hisobiga yoqilg’i-energiya resurslarini iqtisod qilishning kutilayotgan ko’rsatkichlar 2016 yilda quyidagilarni tashkil etdi: eng yuqori soatlarda yuklamalarni kamaytirish - 52 MVt; elektrenergiyasi – 175,8 mln. kVt/s; yoqilg’i - 41,8 mln. m³; issiqlik energiyasi - 14,6 ming Gkal. Issiqlik energiyasi manbaalarini 42,8 mlrd. so’mga iqtisod qilindi. “Olmaliq KMK” AJ korparativ boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida 2016 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishiga binoan: “Olmaliq KMK” AJ rahbarlari va bosh mutaxasislari uchun korparativ boshqaruv hamda moliyaviy menedjementi sohasining yetuk (malakali) ustozlari ishtirokida Aksiyadorlik jamiyatlarida korparativ boshqaruv bo’yicha o’quv treninglar va seminarlar tashkil etildi; “Olmaliq KMK” AJ rahbarlari va bosh mutaxasislari korparativ boshqaruv bo’yicha Ilmiy o’quv markazi tomonidan tashkil etilayotgan Aksiyadorlik jamiyatlarida korparativ boshqaruv bo’yicha o’quv kurslarida (treninglarida) Toshkent shahrida o’qishmoqda; 4 2016 yil sentyabr oyida 1 nafar mutaxasis korparativ boshqaruv, menedjement va marketingning zamonaviy uslub va tamoyillarini joriy etish bo’yicha o’z bilim va ko’nikmalarini oshirdi. Jamiyat faoliyati ochiqligi va shaffofligini oshirish maqsadida, shuningdek moliyaviy hisob va hisobot halqaro standartlarining asoslari va o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish uchun hisobchilar va auditorlar Milliy assotsiatsiyasi tomonidan O’zbekiston Auditorlar palatasi bilan hamkorlikda “Moliyaviy hisobot Halqaro standartlari va Audit Halqaro standartlari” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda OKMK AJning tarkibiy korxonalari va Markaziy apparatining bosh va yetakchi hisobchilaridan 40 nafari mazkur soxada o’z bilim va ko’nikmalarini oshirishdi. Markaziy apparatining korparativ munosabtlar xizmatiga yetakchi mutaxasis lavozimi kiritilib, unga korparativ maslahatchisi vazifalari yuklandi. Joriy yilning I-choragida Korporativ boshqaruvning Nizomini tayyorlash va joriy etish bo’yicha maxsus ishchi guruh tuzilganligi munosabati bilan ichkii korporativ hujjatlar (yangi tahrirda) ishlab chiqildi. Ular Kuzatuvchi kengash bilan kelishilgan holda “Olmaliq KMK” AJ aksiyadorlarning yillik Umumiy yig’ilishida tasdiqlandi. Belgilangan ish rejasiga asosan OKMK Ijroya organi tomonidan ommaviy axborot vositalarida (Korporativ axborot yagona partalida, “Toshkent” fond birjasi va “Olmaliq KMK” AJ rasmiy saytida) aksiyadorlik jamiyatlar faoliyati samaradorligini oshirish va Korporativ boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo’yicha komissiyasinig yig’ilish bayoni bilan tasdiqlangan talablarga ko’ra Korporativ boshqaruv Nizomida belgilangan tafsiyanomalarga rioya qilish bo’yicha majburiyatlar 2016 yil 1 iyulidan boshlab qabul qilinganligi haqida habar berildi. Korporativ boshqaruv Nizomi tafsiyalaridan kelib chiqadigan yangi, ichki korporativ hujjatlar ishlab chiqilib ular OKMK AJ Kuzatuvchi kengash tomonidan maqullangach “Olmaliq KMK” AJ aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig’ilishida tasdiqlanadilar, shu jumladan: - Ustav fondida AJning ulushi bor bo’lgan korxonalarning boshqaruv organlarida AJ vakillari nomidan ovoz berish Tartibi; - Boshqaruv va Nazorat organlari hisobotlariga qo’yilgan talablar haqidagi Qoida; - Korporativ boshqaruvi tizimiga baho berish uchun betaraf tashkilotlarni saralab olish tanlovining Tartibi; Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy hisobot halqaro standartlariga o’tishda dolzarb masalalar bo’yicha Korporativ boshqaruv bo’yicha Ilmiy o’quv markazi va “Deloyt” firmalarining birlashmasi o’rtasida tashkil etilgan seminarda OKMK AJning Ichki audit xizmati rahbari va bosh hisobchisi qatnashdilar. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2635 sonli 17.10.2016 yilgi “Davlat ulushi ko’proq bo’lgan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari haqidagi” qaroriga binoan Toshkent shahridagi korporativ boshqaruv bo’yicha Ilmiy o’quv markazi tomonidan “Tashkil etilayotgan AJda korporativ boshqaruv usullarini 5 joriy etish” mavzusida tashkil etilgan o’quv kurslarida OKMK AJ Boshqaruvi raisi – Bosh direktori va uning barcha muovinlari o’z bilim va ko’nikmalarini oshirishdi. Shu bilan birga Markaziy apparatnig bir nafar mutaxasisi Yevropa maktabi tomonidan boshqaruv kadrlari ushun tashkil etilgan biznesni boshqarish va korporativ boshqaruvning zomonaviy usullari bo’yicha o’quv kurslarida ta’lim oldi, menedjment va texnologiyalar Germaniyaning yetakchi kompaniyalarida amaliy jihatdan malakasini oshirdi. Ushbu kompaniyalar korporativ boshqaruv va zomonaviy menedjmentning ilg’or usullarini amaliyotga tadbiq etib keng qo’llashadi. Jamiyatning Kuzatuv kengashi qoshida Qo’mitalarni (dolzarb yo’nalishlar bo’yicha ishchi guruhlarni) tashkil etishni nazarda tutgan korporativ hujjatlar va takliflar tayyorlandi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.07.2015 yilgi 207-sonli “Davlat ulushi bo’lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo’jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to’g’risidagi” qaroriga binoan, “Olmaliq KMK” AJning Asosiy samaradorlik ko’rsatkichlarini qo’llash haqidagi” qoidaga muofiq “Olmaliq KMK” AJ faoliyat samaradorligini baholash mezonlari bo’yicha baholandi. 2016 yil III-chorak natijalariga ko’ra barcha asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha “Olmaliq KMK” AJ Ijroiya organining ko’rsatkichlari 100%dan oshdi. Yuqorida takidlangan Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Ijroiya organining samaradorlik integral koeffisenti 100% dan oshsa, faoliyat samaradorligi yuqori deb tan olinadi. Natijalar O’zbekiston Respublikasi Raqobat bo’yicha Davlat qo’mitasi qoshidagi davlat aktivlarini boshqarish Markazining rasmiy veb saytida joylashtirilgan. Dasturga binoan 2016 yilda 274 yangi ish joylarini yaratish ko’zda tutilgan, shundan, sohani rivojlantirish 151 ish o’rni, investision dastura binoan 101 ta ish o’rni, mahalliylashtirish dasturi bo’yicha 22 ta ish o’rni yaratish ko’zda tutilgan. 2016 yilda 294 ta yangi ish joylari yaratildi yoki istiqbolga nisbatan 107,3 %, ya’ni sohani rivojlantirish bo’yicha 153 ta (101,3%) va investitsion dastur bo’yicha 119 ta (117,8%) va mahalliylashtirish dasturi bo’yicha 22 ta (100,0%) ish o’rnini tashkil etdi. Ishchi-xizmatchilarni texnik o’qitish dasturiga muvofiq 3552 kishi malaka oshirish bo’yicha o’qitildi, 1913 ta muhandis-texnik xodimlar qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini o’tadi, hamda ishlab chiqarishdan uzilgan holda 544 kishi o'qitildi. To’lov-shartnoma asosida 137 kishi o’qimoqda. Shartnoma to’lovi uchun harajatlar 1,1 mlrd. so’mni tashkil etdi. "Olmaliq KMK" AJ o’ziga biriktirilgan yetita kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik qilish, bitiruvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish yuzasidan kooperasion aloqalarni mustahkamlash bo’yicha chora-tadbirlar majmuini bajardi. Chora-tadbirlarga binoan kombinat tarkibiy bo’linmalari tomonidan o’quv ustaxonalari va laboratoriyalarini jihozlash bo’ychia homiylik yordami ko’rsatilmoqda. Kombinat mutaxasislari tomonidan kasb-hunar kollejlarida o’quvchilar, maxsus fan o’qituvchilari hamda ishlab chiqarish ustalari uchun o’quv mashg’ulotlari, seminarlar va leksiyalar o’tkazildi. 6 2016 yilda kombinat tarkibiy bo’linmalariga biriktirilgan kasb-hunar kollejlarining 3276 nafar o’quvchilari ishlab chiqarish amaliyotini, Oliy o’quv yurtining 595 nafar o’quvchilari amaliyot o’tashdi. 2016 yil davomida "Olmaliq KMK" AJ biriktirilgan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining 1810 nafari va Oliy o’quv yurti bitiruvchilarining 461 nafari ishga joylashtirildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismonan emirilgan va tubdan eskirgan jihozlarni tezkor sur’atlarda yangilash bo’yicha, shuningdek sanoat sohasi korxonalarining ishlab chiqarish sarf-harajatlarini qisqartirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar haqidagi” 22.12.2016 yilgi PQ-2692 sonli qaroriga binoan “Olmaliq KMK” AJda 12834 ta texnologik jihozlar tekshiruvdan o’tkazildi, ulardan 928 tasi ekspluatasiyadan chiqarilib yangilanishi talab etiladi. “Olmaliq KMK” AJ energiyaning alternativ manbaalarini qo’llashni kengaytirish bo’yicha chora-tadbirlar bajarilmoqda. 2016 yil III-choragida Sanoat temir yo’l transporti boshqarmasining 1-TYS ma’muriy-maishiy binosida geliojihozlarni va lakomativ deposida 40 kvt quvvatli fotoelektr stansiyasi o’rnatildi. Kombinatda biogas moslamasidan foydalanib kelinadi. U 2016 yil I-choragida Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasiga o’rnatilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 9.02.2016 yilgi PQ 2487-sonli qaroriga binoan kombinatda “Sog’lom ona va bola yili” dasturi ishlab chiqilib tasdiqlangan. Unga kam ta’minlangan oilalar farzandlari, etim bolalarga moddiy yordam va o’quv qurollarini ta’minlab berish bo’yicha, ularga sanatoriy-profilaktoriyda bepul davolanishni tashkil etish, BSO bepul yo’llanmalarni ajratish, mahallalarda bolalar maydonchalarini obod holatda saqlash chora- tadbirlari kiradi. Mazkur ishlarni bajarishga 778,6 mln so’m ajratish belgilangan. 2016 yil davomida mazkur tadbirlarni bajarishga 933,6 mln so’m (120%) sarflandi. 2016 yil davomida kombinat ishchi-xizmatchilarining ehtiyojini qondirish va shahar bozorini go’sht-sut va qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan to’ldirish maqsadida: Qishloq xo’jaligi mahsulotlari (piyoz, kartoshka, pomidor va bodiring) – 2715,6 t; Mevalar – 117,4 t; Go’sht mahsuloti - 98,7 t; Shu jumladan baliq – 40,1; Sutli mahsulotlar – 1995,8 t yetkazib berildi. O’tgan davr mobaynida hujjatlar hisoboti va ularni o’rnatilgan muddatlarda ijro etilishini nazorat qilishni tashkil etish, joylarda Qonunlar, O’bekiston Repsublikasi Prezidenti hujjatlari, Hukumat qarorlari ijrosining borishini o’rganish tizimini joriy etish bo’yicha muayyan ishlar olib borildi, kombinat ish rejasiga binoan tahliliy ma'lumotnomalar rasmiylashtirilgan holda bayonnomalar tuziladi. Ichki qarorlar ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish yuzasidan muayyan ishlar olib borilmoqda. 7 Kombinatda mehnatkashlarning shikoyat va arizalarini ko’rib chiqish bo’yicha ishlar olib borilmoqda. 2016 yil davomida 752 ta murojaatlar bo’lib, ulardan 454 ta yozma va 298 ta og’zaki arizalar kelib tushgan. 50 ta ariza bo’yicha chora ko’rildi, 684 ta ariza bo’yicha tushuntirildi, 18 ta ariza ko’rib chiqilmoqda. Arizalar mazmuni - moddiy yordam ko’rsatish, ishga joylashish, davolanish hamda uy-joy kommunal savollari. “Olmaliq KMK” AJ Bosh direktorining virtual qabulxonasi tashkil etild; 2016 yil 1 dekabridan “Olmaliq KMK” AJ Markaziy apparatining Ofis-menedjeri xizmatida shikoyatlar bo’yicha inspektor lavozimi kiritildi. Ko’rsatilgan ishlarni yanada takomillashtirish uchun quyidagi chora-tadbirlar belgilandi: Ko’rib chiqish muddati qisqartirish va bajarish nazoratini o’rnatish maqsadida murojaatlarni qayt qilish va ishlab chiqish tizimini takomillashtirish; Kombinat ishchilari safidan saylangan deputatlarni fuqarolar bilan har oyda uchrashuvni tashkil etish. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling