2016 yil yakunlari sarhisobi


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana16.02.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1203698
  1   2   3
Bog'liq
2016yil yakunlari




2016 yil yakunlari sarhisobi 
Ijtimoiy-iqtsodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlarini bajargan holda
"Olmaliq KMK" AJ tomonidan 2016 yil davomida tovar mahsulotlar ishlab chiqarish 
ta'minlandi: 
- amaldagi narxlarda – 103,9 %; 
- qiyosiy narxlarda – 103,2 %. 
Tovar mahsulot chiqarish o’sish sur'ati 2015 yilga nisbatan qiyosiy narxlarda 104,0 % tashkil 
etdi. 
Mis ma'dani qazib olish belgilangan topshiriqqa nisbatan 101,4 %, mis mahsuloti ishlab 
chiqarish esa 101,9 %, shu jumladan o’z xom ashyosi hisobidan 100,0% tashkil etdi, rux metali 
o’z xom ashyosi hisobidan 115,8 %, sul'fat kislotasi 112,8 %, affinajlangan oltin 100,5 % va 
affinajlangan kumush 100,3 % tashkil etdi. 
Mis xom ashyosini qayta ishlash topshiriqqa nisbatan 100,3 %, o’sish sur'ati 101,1 % tashkil 
etdi. 
Geologiya-qidiruv ishlari dasturiga binoan 2016 yil davomida asosiy jismoniy hajmlar 
bajarilishi quyidagilarni tashkil etdi: yer osti lahmlarini o’tish - rejaga nisbatan 106,7 % (o’sish 
sur'ati 104,8 %), quduqlarni burg’ulash 102,0 % (o’sish sur'ati 114,5 %), zovur kovlab borish 
– 100,6 %, 33,2 mlrd. so’m o’zlashtirildi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab 
chiqarish bo’yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasini yaratish haqidagi” PQ-2573 sonli 
10.08.2016 yilgi qaroriga binoan, nodir metallarni qazib olishdan tortib ularga chuqur ishlov 
berishgacha bo’lgan texnologik zanjirni va sof nodir metallar hamda qattiq qotishmalarni 
ishlab chiqarish uchun "Olmaliq KMK" AJ tarkibida "O'zbekiston qattiq qotishmalar va o'tga 
chidamli metallar kombinati" AJ (O’QQO’ChMK) ni qo'shish yo'li bilan Ilmiy ishlab chiqarish 
birlashmasi (IIChB) tashkil etildi.
2016 yil davomida eksport ko’rsatkichi 108,0% bajarildi, shu jumladan IIChB mahsuloti - 
kuydirilgan molibden briketlari va uchoksidli molibden shaklida ishlab chiqarildi. 
2016 yil davomida "Uzb RTSB" AJ birja savdolari orqali mis mahsuloti sotish 103,4 %, rux 
metalli -100,0 % bajarildi, portlandsement 113,6 %ga bajarildi. 
Ichki bozorni to’ldirish maqsadida kombinat topshiriqqa nisbatan qiymati 11,0 mlrd so'mlik 
yoki 103,9 % xalq iste'moli mollari ishlab chiqardi, o’sish sur'ati 102,1 % tashkil etdi. 
"Olmaliq KMK" AJ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.12.2015 yildagi PQ-2458-
sonli qaroriga binoan 11 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Kapital quyilmalarning yillik hajmi 
296,2 mlrd. so’mni tashkil etdi. 
2016 yilning 9 oyi davomida 306,3 mlrd. so’m o’zlashtirildi yoki istiqbolga nisbatan 103,4 % 
tashkil etdi. 



Mablag’larni o’zlashtirish quyidagi tartibda amalga oshirildi:

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling