2018 yil bitiruv malakaviy ishi


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/30
Sana31.01.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1832848
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Bog'liq
biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish yollarini organish metodikasi

Keysning muammolari: 
Otaning maqsadi nimaga xizmat qiladi va uning bu vasiyatini qanday asoslab 
berish mumkin?
Vazifalar: 
1. 
Oilaviy biznesni tiklash va bankrotlik holatidan chiqarish ketma-ketligini 
bajarish; 
2. 
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘llarini aniqlash; 
3. 
Ichki raqobatning tadbirkorlik faoliyatiga o‘zaro aloqadorligi va ta’sirlarini 
o‘rganish; 
4. 
Aka-ukalar sof raqobat sharoitida biznesni muqobil strategyasini aniqlash; 
Yechim ketma-ketligi 
– 
Oilaviy tadbirkorlikning vasiyatdan keyingi holatini yoritish; 
– 
Bankrotlik holatidan chiqish va o‘zaro yordam strategyasini aniqlash; 
– 
Barqaror muvozanatga ta’sir etuvchi omillarni bilish; 
– 
Har xil sharoitlarda biznes faoliyatidagi o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish. 
Amaliy vaziyatni tahlil qilish uchun metodik ko‘rsatma 
 Keysni o‘qish jarayonida vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang. 
 Berilgan vaziyat bilan tanishing. Vaziyatga ta’rif berishga harakat qiling. 
 Vaziyatni tahlili uchun axborot manbalari bilan ta’minlanganlikni aniqlang. 
 Berilgan 
ma’lumotlarni 
oydinlashtiring. 
malumotlarning 
muhim 
hususiyatlarini, miqdor va sifat tomonlarini belgilang. Ularga asosan haqiqatda 
bo‘lgan va bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatini aniqlang hamda ularni taqqoslang. 
 Vaziyatni tahlil qilish jarayonida muammo qanday darajada yechilishini 
belgilang. 
 Uni yechish mumkinmi?, Qanday natijaga erishish mumkin?
 Muammoni yechish jarayonida bo‘ladigan yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan qiyin 
holatlarni ko‘rsating 
 Vaziyatning yechimini hal qiling. Berilgan xulosalarni salbiy va ijobiy 
tomonlarini ko‘rsating va baholang. Eng yaxshi variantni tanlang. 


 
 
 
 
KEYSOLOGNING JAVOB VARIANTI: 
1. Ota hayotlik vaqtida farzandalarini o‘zing biznesini yo‘lga qo‘yib 
olishlarini va bir-birlariga yordam berishlarini vasiyat qilgan. 
2. Bobur ishni boshlashidan oldin restoran biznesiga oid davlat oldidagi 
huquq va majburiyatlarni bilishi lozim. Undan so‘ng restoranni ishga tushirishi 
uchun ukalari bilin maslahatlashib restoranni yangidan ta’mirlab yuqori malakali 
kulinarlar va xizmatchilani yollab yangi turdagi sifatli hizmatlarni mijozlarga taklif 
qilishi lozim. 
3. Sardor kafeni ishga tushirish uchun eng avvolo akasi Boburdan kafe 
biznesi bo‘yicha muhim maslahatlarni olishi lozim va erkin raqobat sharoitida 
biznesini saqlab qolishi uchun kafe biznesida marketing izlanishlarni olib, hali bu 
sohada qilinmagan noodatiy yondashish yani kafening tashqi va ichki ko‘rinishiga 
yangicha dizaynerlik va yangi sifatli mijozni saqlab hizmatlarini yangilab borishi 
muhimdir. 
4. Eldorjonga otasining vasiyatini eslasangiz, Eldorjonni akalariga qaraganda 
biznesda tajribasi nazarda tutilgan. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, u 
yuritayotgan soha akalarining sohalaridan tubdan farq qiladi. Parrandachilik 
firmasining yanada rivojlanishi uchun u quyidagi strategiya asosida ish olib borishi 
lozim. Parrandachilik biznesida yuqori natijaga erishgan tadbirkorlar faoliyatini 
yaxshi va sinchkovlik bilin o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki ularning 
tajribasi Eldorjonning biznesini rivojlanishidagi asosyiy omillardan biridir. 
Parradalarini yetishtirishning yangi usullarni qo‘llashi va akalari bilan hamkorlikda 
ishlashi uning biznesi garovidir 
Yakuniy xulosa - Otaning vasiyatini bajarish uchun aka-ukalar hamjihatlik va 
hamkorlikda ular yuritayotgan biznes sohalaridagi ohirgi yangiliklaradan samarali 
foydalanishlari biznesning rivojlanishidagi asosiy omil ekanligini his qilib ishni 
yuritishlari ular faoliyatlarining istiqbolidir. 
 
 


“Kichik biznes va tadbirkorlikning turlari va shakllari” mavzusi bo‘yicha
vaziyatli holat yechimini aniqlash bo‘yicha o‘qitish texnologiyasi. 
Nazariy bilimlar asosida bilim va ko‘nikmalarni chuqurlashtirishga 
yo‘naltirilgan amaliy topshiriqlarni bajarish, mavzu mazmuniga kirish, bilimlarni 
jonlantirish, keys bilan individual tanishish, keysni kichik guruhlarda yechish va 
taqdim qilish, natijalarni tahlil qilish va baholash, mashg‘ulotni yakunlash, guruh 
va talabalar faoliyatini hamda o‘quv mashg‘ulotida erishilgan yutuqlarni baholash. 
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalar egallagan nazariy bilimlar 
asosida amaliy harakatlar, fikrlash orqali muayyan iqtisodiy va moliyaviy vaziyatni 
to‘g‘ri baholab, asosli boshqaruv qarorlarini qabul qila bilishlari kerak. 

kichik biznes turlari, tadbirkorlik shakllari va ular faoliyatini muqobil davom 
ettirish bilan tanishtirish; 

keysda berilgan vaziyat va uning vazifalari hamda muammoni yechish 
ketma-ketligi bilan tanishtiradi; 

bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes va tadbirkorlik turlarining 
farqlarini tahlil qilish yo‘llarini aytadilar; 

vaziyatdan kelib chiqqan holda muammoni aniqlash, ifodalay olish va uni 
yechish vazifalarini, muammoning yechimi bo‘yicha aniq harakatlar ketma-
ketligini aniqlaydilar; 

tahlil natijalari asosida iqtisodiy baho beradilar, tegishli boshqaruv 
qarorlarini qabul qila oladilar; 

xulosa va qarorlarni asoslash va himoya qilish ko‘nikmalarini egallaydilar. 
 
Biz bitiruv malakaviy ishi mavzusidan kelib chiqib, Buxoro shahrida faoliyat 
yurituvchi bir necha tadbirkorlar o’rtasida so’rovnoma o’tkazdik. So’rovnoma 10
savoldan iborat bo’lib, asosiy maqsadimiz tadbirkorlarimizning faoliyati ularning 
ma’lumotlilik darajasi bilan bog’liqligini o’rganish, ularni qiynayotgan asosiy 
muammolar va mazkur muammolarni bartaraf etishda e’tibor qaratilishi lozim 
bo’lgan masalalarni o’rganishdan iborat. So`rovnoma tarkibi quyidagi ko`rinishga 
ega: 



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling