2018 yil bitiruv malakaviy ishi


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/30
Sana31.01.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1832848
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
Bog'liq
biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish yollarini organish metodikasi

KEYS 
 
Kirish 
Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, uning investitsion 
jozibadorligi va xalqaro reytingini oshirish bo‘yicha boshlangan islohotlarni izchil 
davom ettirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 5 oktabrdagi 
“Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har 
tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga 
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga davlat organlarining 
aralashuvini tubdan qisqartirish, firmalarning yangi shakllari paydo bo‘lishiga 
turtki bo‘ldi. Bozor iqtisodiyotining asosiy unsurlaridan biri - bu firma hisoblanadi.
Firma - bu foyda olish maqsadida tovarlar ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatish uchun resurslarni to‘plab ularni ishlatadigan tashkilotdir. Hozirgi kunda 
dunyo bo‘ylab firmalarning tashkiliy-huquqiy shakllari bo‘yicha 149 tadir. Bu esa 
o‘z navbatida tadbirkorlik sohasi fanlariga qo‘shimcha o‘zgartirishlar yangiliklar, 
boshqa davlat xorijiy tajribalarini, tahlillarini o‘zlashtirishnri vazifa qilib qo‘yadi. 
Keysda o‘qitishning asosiy maqsadikichik biznes va tadbirkorlikning turlari va 
shakllarining bozor iqtisodiyotidagi o‘rni va ularni aniq farqlay olish, to‘g‘ri tahlil 
etish ko‘nikmalariga ega bo‘lish. 
Keysda vaziyatning yechimi orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin: 
 
Talaba kichik biznes va tadbirkorlik turlari va ularning bozor 
iqtisodiyotidagi o‘rni va o‘zaro ta’siri bo‘yicha bilimga ega bo‘ladi va ularni 
farqlay oladi; 
 
Kichik biznes va tadbirkorlik turlari va ularning bozor iqtisodiyotidagi o‘rni 
va o‘zaro ta’siri xaqidagi bilimlariini oshiradi
 
O‘zbekistonda amal qilayotgan kichik biznes faoliyati bo‘yicha olib 
borilayotgan davlat siyosatining milliy iqtisodiyotdagi ta’sirlarini tahlil qila oladi.



Vaziyat: “Uch aka-ukalar”. 
Bor ekanda, yo‘q ekan, qadim zamonda bir badavlat tadbirkor bo‘lgan ekan. U 
3 yildan beri og‘ir xastalikka chalinib, to‘shakka mixlanib qolibdi. Uning uch 
o‘g‘li bor ekan. Ota o‘z o‘g‘illarini oldiga chaqirib, vasiyat qilibdi. “O‘g‘illarim, 
vaqti-soatim yetganga o‘xshaydi. Sizlarga yillar davomida olib borgan biznesimni 
davom ettirishingizni iltimos qilmoqchiman. O‘g‘illarim, 3ta joyda xususiy firmam 
mavjud. Bobur! Katta o‘g‘limligingni inobatga olib, senga shaharning eng gavjum 
joyidagi katta restoranni qoldiraman, faqat, e’tibor qilasan, ushbu restoranning 
o‘ngida soliq inspeksiyasi, chap tomonida shahar sanitariya-epidemiologiya 
stansiyalari mavjud. Biznesimni yanada oyoqqa turg‘azishing uchun bularni 
inobatga olishing kerak. Sardor! Ikkinchi o‘g‘lim sifatida senga ham ancha 
rivojlantirish va mehnat qilish kerak bo‘lgan “Bir zumda” kafesini 
qoldirmoqchiman. U ham anchadan beri ishlamayapti. Tadbirkor bo‘lsang, aka-
ukalaring bilan inoq bo‘lsang, bu ishni albatta uddalaysan! Eldorjon, kenja 
o‘g‘lim! Senga ishonaman va qishloqdagi parrandachilik fermasini 
qoldirmoqchiman. Ushbu fermaning istiqboli sizlarga bog‘liq. Muammolar bor, 
ularni birgalikda hal etasizlar! 
Vasiyatim shu – ahillikda gap ko‘p, firmalarimiz gullab-yashnasin desangiz, 
birgalikda harakat qiling! 
Otasining dafn marosimidan keyin o‘g‘illar otasining vasiyatini bajarish 
uchun firmalar holidan xabar olibdilar. Ishlar ko‘p, reja tuzib, reja bo‘yicha ishlash 
kerak. Avvalo mijoz yig‘ish, restoran, kafeni ishga solish kerak, lekin aka-ukalar 
ishni nimadan boshlashni bilmayaptilar. 
Keys bo‘yicha vaziyatli (muammoli) savollar
1. 
Otaning vasiyati, maqsadi nimadan iborat? 
2. 
Katta o‘g‘il ishni nimadan boshlashi kerak, qanday strategiyani amalga 
oshirishi kerak? 
3. 
O‘rtancha o‘g‘ilga qanday maslahat berasiz? Bankrot bo‘lmasligi uchun u 
nima ishlarni amalga oshirishi kerak? 
4. 
Kenja o‘g‘ilning strategiyasini belgilab bering? 


TALABALAR UCHUN USLUBIY QO‘LLANMALAR 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling