2018-yil may oyida non mahsulotlari ishlab chiqarish va savdosi bilan


Respublikasining Fuqarolik Kodeksi”, “Kredit shartnomalaridan kelib


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana06.05.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1434411
1   2   3   4
Bog'liq
Kazus.123

Respublikasining Fuqarolik Kodeksi”, “Kredit shartnomalaridan kelib 
chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash to’g’risidagi fuqarolik 
qonun hujjatlarini qo’llashning ayrim masalalari haqida” 13/150-sonli 
plenum qarori, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini 
himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun, shunngdek, boshqa qonun hujjatlari. 
1. Yuqorida keltirilgan holatda kafillik shartnomasi aksiyadorlik jamiyati 
uchun qanday bitim hisoblanadi? Fikrlaringizni huquqiy asoslantiring. 
Avvalo, bitim nima ekanligiga to’xtalib o’tsak, Fuqarolik kodeksimizning 1-
qismi 101-moddasiga ko’ra bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaxslarning 
fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga 
qaratilgan harakatlariga aytiladi.
1
Ushbu kodeksning sharhida shunday deyilgan 
jismoniy va yuridik shaxslarning ongli, aniq maqsadga qaratilgan, erk-iroda 
asosidagi xatti-harakatlari bo’lib, ularni amalga oshirish orqali ular muayyan 
1
Muallif tomonidan 
https://lex.uz/docs/-111189#-152941
 linki ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 


huquqiy oqibatlarga erishishga intiladilar. Shunikdek, bitimda fuqaro va 
tashkilotlarning ma`lum moddiy hamda madaniy ehtiyojlarini qondirishga 
qaratilgan erklari ifodalanadi. Ayrim bitimlarni qonun bilan belgilangan tartibda 
tuzish mumkin. Yirik bitimlar ham shular shumlasiga kiradi. “Aksiyadorlik 
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 
8-bobi jamiyat tomonidan yirik bitimlar tuzish haqida bo’lib, ushbu bobning 83-
moddasi 1-qismida shunday deyilgan. 
Jamiyat tomonidan mol-mulkni olish yoki uni boshqa shaxsga berish yoxud 
mol-mulkni boshqa shaxsga berish ehtimoli bilan bog‘liq bitim (shu jumladan 
qarz, kredit, garov, kafillik) yoki o‘zaro bog‘langan bir nechta bitim, agar boshqa 
shaxsga berilayotgan mol-mulkning yoki olinayotgan mol-mulkning balans 
qiymati bunday bitimlarni tuzish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinayotgan sanada 
jamiyat sof aktivlari miqdorining o‘n besh foizidan ortig‘ini tashkil etsa, yirik 
bitim deb hisoblanadi, kundalik xo‘jalik faoliyatini yuritish jarayonida tuziladigan 
bitimlar hamda aksiyalarni va boshqa qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish bilan 
bog‘liq bo‘lgan bitimlar bundan mustasno. 
Demak ushbu holatda aksiyadorlik jamiyati kafillik shartnomasi asosida 
qo’shilgan kafillik shartnomasini yirik bitim deb olishimiz mumkin. Shuningdek, 
quyidagi manbaga ham e’tibor qaratish joiz. Jamiyatning yirik bitimni tuzishda 
yirik bitim predmeti bo’lgan mol-mulk jamiyat tomonida bozor qiymati bo’yicha 
boshqa shaxsga beriladi. Agar yirik bitim qarz, kredit, garov, kafillik hisoblansa, 
qarzni, kreditni, garovni yoki kafillikni ta’minlovchi mol-mulkning bozor qiymati 
aniqlanadi. Bizning holatda 2018-yil may oyi holati bo’yicha “DASTURXON” 
AJning sof aktivlari miqdori 500 000 000 so’mni tashkil etgan. Shuningdek, ushbu 
qonunning 84-moddasida yirik bitim tuzish tartibi keltirilib o’tilgan.
Balans qiymati yoki olish qiymati bitim tuzish to‘g‘risida qaror qabul 
qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining o‘n besh foizidan ellik 
foizigachasini tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish to‘g‘risidagi 
qaror jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi, 
bunda kuzatuv kengashidan chiqib ketgan a’zolarning ovozi inobatga olinmaydi. 


Yirik bitim tuzish masalasi bo‘yicha jamiyat kuzatuv kengashining 
yakdilligiga erishilmagan taqdirda yirik bitim tuzish to‘g‘risidagi masala kuzatuv 
kengashining qaroriga ko‘ra aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hal qilishi uchun 
olib chiqilishi mumkin. 
Balans qiymati yoki olish qiymati bitim tuzish to‘g‘risida qaror qabul 
qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining ellik foizidan ortig‘ini 
tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish to‘g‘risidagi qaror 
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. 
Yirik bitim jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi yoki kuzatuv 
kengashi ushbu bitim bo‘yicha qaror qabul qilganidan keyin jamiyatning ijroiya 
organi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda yirik bitim tuzish to‘g‘risidagi qaror 
mol-mulkning qonunchilikka muvofiq baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan 
bozor qiymati hisobga olingan, mustaqil tashqi auditorlik tashkiloti tomonidan 
bitimning shartlari o‘rganilgan holda majburiy tartibda qabul qilinadi. 
Demak yirik bitim tuzishda ham o’ziga xos tartib bo’lib. Tuzilayotgan 
bitimning summasi uning tuzishda umumiy yig’ilishning qarorlari ham muhim 
sanaladi. 1-savolga xulosa shuki jamiyat tomonidan tuzilgan kafillik shartnomasi 
yirik bitim sanaladi. 84-moddada shunday deyilgan. Jamiyatning odatdagi xo‘jalik 
faoliyati jarayonida tuziladigan bitimlar yirik bitimlar deb e’tirof etilmaydi. 
Kafillik shartnomasi bunda yirik bitim hisoblanadi. 
2. Vaziyatda keltirilgan bitim haqiqiy emas deb topilishi mumkinmi? 
Bitimni haqiqiy emas deb topish oqibatlarini tahlil qiling. 
Kafillik shartnomasi agar berilgan holatda haqiqiy emas deb topilsa qanday 
oqibatlarga olib kelishi mumkinligiga to’xtalishdan oldin, bitimning haqiqiy emas 
deb topish asoslarini yoritib o’tsak. Fuqarolik kodeksi 113-moddasiga ko’ra 
bitimning haqiqiy emasligi, bitim ko’rinishida amalga oshirilgan harakat 
subyektlar sodir bo’lishini istagan fuqarolik-huquqiy oqibatlarni yuzaga
keltiradigan yuridik fakt sifatlariga ega bo’lmaydi. Haqiqiylik shartlaridan biri 


buzilgan hollardagina bitimning haqiqiy emasligi to’g’risida aytish mumkin.
2
Demak bunda bitimning haqiqiy emasligini tuzilayotgan bitimning mazmunining 
noqonuniyligi, uni tuzishga haq bo’lmgan shaxslarning ushbu bitimlarni 
tuzganligi yokida bitim shakliga e’tibor berilmaganligi ham asos bo’la oladi. 
Asosan amaliyotda ushbu masalada bunday bitimlami tuzish vaqtida alohida 
aksiyadorlarning, ayniqsa, minoritar aksiyadoriaming huquq va manfaatlari 
buzilishi mumkin. Shuning uchun ular bunday bitimlami haqiqiy emas deb 
topishni so‘rab sudga murojaat qilishadi. Aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi 
qonunda jamiyatning korporativ erkini shakllantirishda ta’sir etishi mumkin 
bo‘lgan shaxslaming manfaatdorligi mavjud bo‘lgan bitimlami tuzishning alohida 
tartibi nazarda tutiladi. Qonunda nazarda tutilgan shaxslardan birining 
manfaatdorligi mavjud boigan bitimlarni tuzish to‘g‘risidagi qaror jamiyatning 
kuzatuv kengashi tomonidan "manfaatdor direktorlar" ishtirok etmagan holda 
qabul qilinadi.
3
Bitimning haqiqiy emasligi taraflarni ular bitim tuzishdan oldingi 
holatga keltirish tashkil qiladi. Shuningdek, Fuqarolik kodeksining 114-
moddasiga muvofiq haqiqiy bo‘lmagan bitim uning haqiqiy emasligi bilan bog‘liq 
bo‘lgan oqibatlardan tashqari boshqa yuridik oqibatlarga olib kelmaydi va u 
tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy emasdir. Fuqarolik kodeksining 126-moddasiga 
muvofiq yuridik shaxs uning uchun chelangan vakolat doirasidan chiqib ketgan 
bo`lsa, bitim tuzishda manfaatdor bo`lgan shaxsning da`vosi bo`yicha bunday 
bitim sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
2-savolga umumiy xulosa shuki, “Aksiyadorlik jamiyatlari va 
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 79-moddasida 
shunday deyilgan.
Jamiyatning direktori (boshqaruv raisi) jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish 
yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi, jamiyat nomidan bitimlar 
2
O’zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksiga sharh, 1-jild (1-qism) Adliya vazirligi. – T.: “Vektor-Press”, 2010. –318 
bet
3
H.R.Rahmonqulov, S.S.Gulyamov. Korporativ huquq. Huquqshunoslik oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. -T.: TDYl 
nashriyoti, 2008. 324-bet. Link: 
https://n.ziyouz.com/books/kollej_va_otm_darsliklari/huquq/Korporativ%20huquq%20(H.Rahmonqulov,%20S.Gul
yamov).pdf
  


tuzadi, jamiyatning filiali yoki vakolatxonasi rahbarini tayinlaydi, shtatlarni 
tasdiqlaydi, jamiyatning barcha xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar 
chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi. 
Bilamizki haqiqiy emas deb topilgan bitimlar bitimlar sifatida 
tasniflanmaydi. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya 
qilish to‘g‘risida”gi qonunning 84-moddasiga yuqorida ham to’xtalib o’tdik. 
Ushbu moddaga ko’ra balans qiymati yoki olish qiymati bitim tuzish to‘g‘risida 
qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining o‘n besh 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling