2018-yil may oyida non mahsulotlari ishlab chiqarish va savdosi bilan


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana06.05.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1434411
1   2   3   4
Bog'liq
Kazus.123

foizidan ellik foizigachasini tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish 
to‘g‘risidagi qaror jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari tomonidan bir ovozdan 
qabul qilinadi, bunda kuzatuv kengashidan chiqib ketgan a’zolarning ovozi 
inobatga olinmaydi. 
Yirik bitim tuzish masalasi bo‘yicha jamiyat kuzatuv kengashining 
yakdilligiga erishilmagan taqdirda yirik bitim tuzish to‘g‘risidagi masala kuzatuv 
kengashining qaroriga ko‘ra aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hal qilishi 
uchun olib chiqilishi mumkin. 
Yirik bitim jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi yoki kuzatuv 
kengashi ushbu bitim bo‘yicha qaror qabul qilganidan keyin jamiyatning ijroiya 
organi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda yirik bitim tuzish to‘g‘risidagi qaror 
mol-mulkning qonunchilikka muvofiq baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan 
bozor qiymati hisobga olingan, mustaqil tashqi auditorlik tashkiloti tomonidan 
bitimning shartlari o‘rganilgan holda majburiy tartibda qabul qilinadi. 
Ushbu holatda Aksiyadorlik jamiyati sudga bitimni haqiqiy emas deb topish 
haqida ariza bilan murojaat qilishi lozim. Bitimning haqiqiy emas deb topish 
keyinchalik 81-moddasi shu haqida bo’lib unga ko’ra. 
Jamiyatning kuzatuv kengashi a’zosi, boshqaruv direktori yoki a’zosi, 
shuningdek ishonchli boshqaruvchi quyidagilar natijasida jamiyatga yetkazilgan 
zarar uchun javobgar bo‘ladi: 
jamiyatga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan yirik bitimlarni va (yoki) 
amalga oshirilishidan manfaatdorlik mavjud bo‘lgan bitimlarni tuzishni taklif 


etganlik, shu jumladan jamiyat bilan bunday bitimlar tuzilishi natijasida o‘zlari 
yoki o‘z affillangan shaxslari tomonidan foyda (daromad) olish maqsadida bitimlar 
tuzishni taklif etganlik. 
Demak direktorda javobgarlik mavjud bo’ladi deyishimiz mumkin. 
3. Ushbu vaziyatda kafillik shartnomasi bo’yicha kim javobgarlikka 
tortilishi kerak? Fikrlaringizni huquqiy asoslantiring. 
Kafillik shartnomasiga qisqacha izoh bersak. Kafillik shartnomasi bo‘yicha 
kafil boshqa shaxs o‘z majburiyatini to‘la yoki qisman bajarishi uchun uning 
kreditori oldida javob berishni o‘z zimmasiga oladi. Ya’nikim “Dasturxon” AJ 
“Qaynoq” MCHJ bajarmagan majburiyatni to’liq yoki qisman bajaradi. Holat 
bo’yicha kafillik shartnomasi haqiqiy emas deb topildi. Endi kim javobgar bo’lishi 
mumkin. “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini 
ta’minlash to’g’risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo’llashning ayrim masalalari 
haqida” 13/150-sonli plenum qarorining tegishli bandlari, shuningdek, 
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish 
to‘g‘risida”gi qonunning 81-moddasi va Fuqarolik kodeksining 125-moddasiga 
binoan ushbu holatda jamiyat muassisi hisoblangan ya’ni AJ raisi javobgar bo’ladi 
va javobgarlikka tortiladi. Fuqarolik kodeksining 125-moddasiga binoan.
Yuridik shaxs tomonidan uning ustav maqsadlariga zid holda tuzilgan yoki 
tegishli faoliyat bilan shug‘ullanishga litsenziyasi bo‘lmagan yuridik shaxs 
tomonidan tuzilgan bitim uning muassisi (ishtirokchisi) yoki vakolatli davlat 
organining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. 
Shunidek, banklar (hamkorbank saytidan ko’rdim) tomonidan beriladigan 
kreditlar uchun tuziladigan kafillik shartnomalarida javobgarlik qismi ham 
keltirilgan bo’lib unga ko’ra shartnomada alohida holatlar nazarda tutilmagan 
bo’lsa O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga qaraladi deb 
o’tilgan.
4
3-savolga xulosa shuki, ushbu vaziyatda direktor javobgar bo’ladi. 
4
Muallif tomonidan 
https://hamkorbank.uz/upload/doc/Bank_kafolati_shartnomasi_(ochiq_liniya).pdf
 linki 
ma’llumotlari asosida tayyorlandi 



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling