2018-yil may oyida non mahsulotlari ishlab chiqarish va savdosi bilan
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Kazus.123
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston
Kazus 2018-yil may oyida non mahsulotlari ishlab chiqarish va savdosi bilan shug’ullanuvchi “QAYNOQ” MChJ bankdan 200 000 000 so’m kredit oldi va kredit olish jarayonida “QAYNOQ” MChJ direktori va “DASTURXON” AJ boshqaruv raisi (direktori) o’rtasida kafillik shartnomasi imzolandi. 2021-yilga kelib “QAYNOQ” MChJ kredit majburiyatlari to’liq bajara olmaganligi sababli bank “DASTURXON” AJ dan kredit summasini foizlar bilan qo’shib hisoblaganda 245 million so’mni to’lab berishini so’rab chiqdi. Ushbu vaziyatda “DASTURXON” AJ ushbu majburiyatni bajarmasligini, faqatgina 200 million so’m miqdor uchun kafillik shartnomasini imzolaganganini ma’lum qildi. “DASTURXON” AJ aksiyadorlari esa 200 million so’m majburiyatni ham bajarmasligi zarurligini, kafillik shartnomasini tuzish aksiyadorlar umumiy yig’ilishida ko’rib chiqilmaganligini, shu bois bu aksiyadorlik jamiyati mulklarini tasarruf qilish qoidalarini va aksiyadorlarning mulkiy huquqlarini buzishini aytishdi. Shuningdek, aksiyadorlar bu ishda jamiyat direktorining aybi bo’lganligi sababli, bank aynan direktordan pulni undirishi lozimligini ta’kidlashdi. Ish hujjatlarida ko’rilishicha, 2018-yil may oyi holati bo’yicha “DASTURXON” AJning sof aktivlari miqdori 500 000 000 so’mni tashkil etgan. Bank kredit summasining to’lanmagan qismini undirishni so’rab iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat qildi. “DASTURXON” AJ aksiyadorlari o’z manfaatlari himoya qilinishini so’rab sizga murojaat qildi. Kazusda berilgan vaziyatga atroflicha yondashib, quyida keltirilgan savollar bo’yicha tahlil olib boring. 1. Yuqorida keltirilgan holatda kafillik shartnomasi aksiyadorlik jamiyati uchun qanday bitim hisoblanadi? Fikrlaringizni huquqiy asoslantiring. 2. Vaziyatda keltirilgan bitim haqiqiy emas deb topilishi mumkinmi? Bitimni haqiqiy emas deb topish oqibatlarini tahlil qiling. 3. Ushbu vaziyatda kafillik shartnomasi bo’yicha kim javobgarlikka tortilishi kerak? Fikrlaringizni huquqiy asoslantiring. 4. Korporatsiyalarda direktorning o’z vakolati doirasidan chiqib tuzgan shartnomalari bo’yicha uchinchi shaxslarga (shartnomaning ikkinchi tarafiga) yetkazilgan zarar kimning zimmasida bo’lishi masalasini romano-german va anglo-sakson huquq tizimlari yordamida tahlil qiling. Fikrlaringizni ilmiy va huquqiy jihatdan asoslantiring. Javob Yuqorida keltirib o’tilgan kazusga qisqacha to’xtalib o’tsak. Holat bo’yicha “Qaynoq” MCHJ bankdan faoliyatini rivojlantirish uchun kredit olmoqda. “Dasturxon” AJ esa o’z navbatida kafil bo’lmoqda. Ya’ni “Qaynoq” MCHJ va “Dasturxon” AJ o’rtasida kafillik shartnomasi tuzilmoqda. Oradan vaqt o’tib “Qaynoq” MCHJ bank oldidagi o’z majburiyatlarini bajara olmaganligi sababli vujudga kelgan 245.000.000 so’m qarzdorlikni “Dasturxon” AJdan so’rab chiqadi. Ammo “Dasturxon” MCHJ ushbu majburiyatni bajarmaslikni kafillik shartnomasi faqat 200.000.000 so’m uchunligi bildiradi. Shuningdek, “DASTURXON” AJ aksiyadorlari esa 200 million so’m majburiyatni ham bajarmasligini, chunki tuzilgan kafillik shartnomasi haqiqiy emasligini va majburiyat boshqa tarafdan undirilishi kerakligini (ya’ni AJ direktoridan) ta’kidlaydi. 2018-yil may oyi holati bo’yicha “DASTURXON” AJning sof aktivlari miqdori 500 000 000 so’mni tashkil etgan. Bank o’z navbatida iqtisodiy sudga murojaat qiladi. Ushbu berilgan kazuni yechishda berilgan kazuslarga quyidagi qonun hujjatlari orqali javob berishga harakat qilamiz. “O‘zbekiston Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling