2019 yil 23 sentabr ta'lim to'g'risidagi qonun Reja


Download 30.11 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2023
Hajmi30.11 Kb.
#1079479
  1   2   3
Bog'liq
2019 yil 23 sentabr ta




2019 yil 23 sentabr ta'lim to'g'risidagi qonun
Reja:
Kirish
1. Ta'lim to'g'risidagi qonun
2. O‘rta maxsus ta’lim
3. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Prezident «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunga imzo chekdi. Mazkur qonun bilan 1997 yilda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlar o‘z kuchini yo‘qotdi.


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 sentyabr kuni «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunni imzolandi, deya xabar qildi Adliya vazirligi matbuot xizmati. Mazkur hujjat 19 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilinib, 7 avgustda Senat tomonidan ma’qullangan edi.
Qonunga muvofiq, ta’lim turlari quyidagilardan iborat:

  • maktabgacha ta’lim va tarbiya;

  • umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;

  • professional ta’lim;

  • oliy ta’lim;

  • oliy ta’limdan keyingi ta’lim;

  • kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

  • maktabdan tashqari ta’lim.

Umumiy o‘rta ta’lim I-XI sinflarni o‘z ichiga oladi.
O‘rta maxsus ta’lim akademik litseylarda 9 yillik tayanch o‘rta ta’lim asosida 2 yil mobaynida amalga oshiriladi.
Professional ta’lim boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim darajalariga ajratiladi.
Boshlang‘ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida kunduzgi ta’lim shaklida 2 yillik integratsiyalashgan dastur asosida bepul amalga oshiriladi.
O‘rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida davomiyligi 2 yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.
O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida davomiyligi kamida 2 yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Qonunga ko‘ra, davlat oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari президент yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladi.
Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga oshiriladi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladi.
Shuningdek, mazkur Qonun bilan,1997 yil 29 avgustdagi «Ta’lim to‘g‘risida»gi hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi Qonunlar o‘z kuchini yo‘qotdi.
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarga ta'lim-tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini va ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplarini belgilash hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashdan iborat. Qonunning asosiy vazifalari:
ta'lim tizimining ishlashi va rivojlanishi uchun huquqiy kafolatlar va mexanizmlarni yaratish;
ta'lim olish jarayonida ta'lim oluvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratish va shaffoflikni ta'minlash;
O‘zbekiston Respublikasi ta'lim tizimini xalqaro ta'lim standartlari darajasigacha takomillashtirish;
ta'lim sohasida davlat hokimiyati va davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatlarini belgilash va ular o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish;
ta'lim sohasida yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini hamda ularning o‘zaro munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish.
Ta'lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb tan olinadi.

Download 30.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling