2019 yil Toshkent shaxri, Chilonzor tumani 24 mavzesidagi xususiy uy joy
Mazkur holatda “Jamshid” MChJ tomonidan qaysi mansabdor shaxslarga
Download 378.1 Kb. Pdf ko'rish
|
Korrupsiya
Mazkur holatda “Jamshid” MChJ tomonidan qaysi mansabdor shaxslarga
pora berganligini aniqlash maqsadida tezkor-qidiruv xodimlari tomonidan olib borishi kerak bo‘lgan tezkor tadbirlar belgilang. Tergovni rejalashtirishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlarni yoriting! Qanday tergov harakatlarini o‘tkazish jinoyatni ochish samaradorligini oshirishga yordam berishi mumkinligi haqida fikr yuriting! 2
Bugungi kunda zamonamizda eng ko‘p sodir etilayotgan jinoyatlar qatoriga firibgarlik va poraxo‘rlik jinoyatlarini kiritish mumkin. Chunki odamlarning ishonchiga kira oladigan ayyor insonlar pul ishlash yo‘lida har qanday usullarni sinab ko‘rmoqda. Mazkur masala yuzasidan quyidagi holatlarga aniqlik kiritib olib, muammoning yechimi oydinlashishi mumkin. Birinchidan, pora olgan mansabdor shaxsni topish va aybini isbotlab berish. Ikkinchidan, tergov harakatlarini rejalashtirib olib quyida uning natijalarini aniqlash. Uchinchidan, jinoyatlarni ochish samaradorligini oshiradigan tergov harakatlari haqida so‘z yuritb olsak maqsadga muvofiq bo‘lar edi. To‘rtinchidan, yuqorida sanalgan holatlarga aniqlik kiritib vaziyatga umumiy huquqiy xulosa berish. Korrupsion jinoyatlar murakkabligi va tergov jarayonida sinchkovlikni talab qilishi bilan o’ziga xos jinoyatlar tarkibiga kirishini anglash mumkin. Sohaga oid bugungi kunda yuzlab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining “Poraxo‘rlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g’risida”gi sud plenumi qarori, O‘zbekiston Respublikasining 03.01.2017-yildagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi 419-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.02.2017-yildagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2752-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.03.2016-yildagi «Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 62-sonli qarori, «Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish uslubiyotini tasdiqlash to‘g‘risida» gi (Adliya vazirligidan 2015-yil 25-dekabrda 2745-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.05.2019-yildagi «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-5729-son farmoni shu kabi sohaga oid muammolarning oldini olishga xizmat qiladigan hujjatlardir. 3
Yuqoridagi jinoyat ishi yuzasidan zudlik bilan tergov davomida taxminan quyidagi tergov harakatlari o‘tkazilishi mumkin. Ishning holatiga qarab ushbu tergov harakatlariga qo‘shimcha sifatida boshqa tergov harakatlari ham olib borilishi taqiqlanmagan. 1. Guvohlarni so‘roq qilish; 2. Hujjatlarni olib qo‘yish va ko‘zdan kechirish; 3. Tintuv o‘rqazish 1 . Mazkur masala yuzasidan dastlabki ko‘riladigan chora bu ayblanuvchini so‘roq qilish va vaziyatga oydinlik kiritib olishdir. Chunki so‘roq paytida MCHJ rahbarlari aybiga iqror bo‘lishi va pora olgan mansabdor shaxslarning shaxsini oshkor qilishi mumkin. So‘roq qilish tergov harakati, dalil to‘plashning jinoyat ishini yuritishda eng keng tarqalgan tergov harakati bo‘lib, bir shaxsdan (guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi va ayblanuvchidan (sudlanuvchidan)) og’zaki ma’lumotlar olish va mustahkamlash maqsadida amalga oshiriladi 2 . So‘roq qilinuvchi tomonidan o‘ziga ma’lum holatlar xususida erkin so‘zlab berishi, birinchidan, ish yuzasidan aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlarni isbot qilish uchun muhim bo‘lsa, boshqa tomondan mazkur shaxsning bo‘lib o‘tgan holatlarni xotirada qayta tiklash tasodifiy xatolarning oldini olish uchun ahamiyatlidir. Har qanday shaxsni sud majlisida yoki undan tashqarida so‘roq qilishda mazkur qoidaga rioya qilinadi. Shaxs erkin so‘zlab bo‘lganidan keyin, holat yuzasidan savollar berilishiga yo‘l qo‘yiladi. Agar erkin so‘zlab berish jarayonida so‘roq qilinuvchi ishga taalluqli bo‘lmagan ma’lumotlarni so‘zlashda davom etsa, so‘roq qiluvchi vaqtni samarali tejash maqsadida uni to‘xtatib tegishli ish uchun ahamiyatli holatlarga to‘xtalishni va savollarga javob berishni talab qilishga haqli. Mazkur vaziyatda ayblanuvchilar o‘z xohishiga ko‘ra qanday usullar bilan qancha miqdorda va kimlarga pora berganligini aniqlash lozim. Shu maqsadda, qurilish ishlarida huquq beruvchi auksionni o‘tkazishga vakolatli davlat organlarini aniqlash va ularni gumonlanuvchi
1 Kriminalistika. Darslik. A.K.Zakurlaev, D.B.Bazarova va b.q. – Toshkent: TDYUU, 2015. 2 Jinoyat-protsessual huquqi. Umumiy qism. Darslik. // Mualliflar jamoasi. / yu.f.d., dots. G.Z.To‘laganova va yu.f.n., dots. S.M.Raxmonovalarning umumiy tahriri ostida –Toshkent: TDYU nashriyoti, 2016. – 197-bet.
4
sifatida ishga jalb etish lozim deb hisoblayman. Shunday bo‘lgan taqdirda, qurilish ishlarida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar tomonidan sifatsiz qurilish ishlarini amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yganlarni, davlat standartlariga rioya etmaslik holatlarini nazorat qilmaganlarni aniqlash zarur bo‘ladi. Shuningdek, auksionda qatnashgan yuridik shaxslarni aniqlab ularning vakilini guvoh tariqasida so‘roq qilish lozim. So‘roq paytida auksion qay tartibda o‘tkazilganligi, kimlar hakamlik qilganligi, kim yutganligi kabi savollarga javob olish lozim. Mabodo bundan ham naf chiqmagan taqdirda boshqa tergov harakatlariga o‘tsa bo‘ladi. Bundan tashqari mazkur kazusda “otkat” degan holat bor yo‘qligini ham aniqlab olish lozim. “Otkat” ruscha so‘z bo‘lgani bilan, O‘zbekistonda keng tarqalgan ibora. “Otkat” inglizcha kickback so‘zidan. “Otkat” - bu bir mansabdor shaxs (buyurtmachi, xarid qiluvchi tashkilotning vakili) xizmat yoki molni (tovarni) xarid qilish uchun, aniq bir xizmat yoki molni sotadigan taraf bilan oldindan noqonuniy kelishib olib va aynan shu sotuvchining xizmat yoki molini xarid qilishga qarorni chiqarib bergani uchun, sotuvchi tarafdan pul yoki tuzilgan shartnomadan ma’lum foiz foydani, noqonuniy ravishda o‘zlashtirishidir. Bu jarayon oldindan va maxfiy kelishuv orqali amalga oshiriladi va mansabdor shaxsga berilgan to‘lovlar noqonuniydir. Ko‘pchilik davlatlarda “Otkat”larga qarshi kurashish maqsadida xizmat yoki molni sotib olish uchun o‘tkaziladigan tender va konkurslar ochiq va oshkora e’lon qilinib o‘tkaziladi. Davlat ehtiyoji uchun xizmat va mol xarid qilinganda, barcha to‘lovlar davlat byudjetidan qilinadi, bu esa o‘z navbatida korrupsiyachi - mansabdor shaxslarga sotuvchi taraf bilan oldindan kelishib olib, tuzilgan shartnoma uchun katta pul yoki boshqa noqonuniy mukofot olishlariga imkoniyat yaratib beradi. Korrupsiyachi-mansabdor shaxslarning bunday noqonuniy harakatlari yo‘lida to‘siq bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillardan eng asosiysi bu oshkoralik va ochiqlik. Yuqoridagi kazusda bu hol mavjudligini www.xarid.uz sayti orqali bilib olish mumkin.
Shuningdek, tergov harakatlari davomida, so‘roq qilishdan tashqari hujjatlarni tekshirishda xatshunoslik ekspertizasi tayinlash lzoim deb hisoblayman. Chunki 5
auksionda g’olibni aniqlab bo‘lgandan so‘ng kimdir unga albatta imzo qo‘yadi. Aynan shu imzo qo‘yib auksion natijalarini tasdiqlagan shaxslarni aniqlab ularni ishga guvoh sifatida va keyinchalik aybi isbotlangan taqdirda ayblanuvchi sifatida ishga jalb etish mumkin.
Shu jumladan, shaxsiy tintuv va poraxo‘r sheriklarining uyjoylarini hamda mansabdor shaxsning - pora oluvchining ish joyini tintuv qilish mazkur jinoyatni tayyorlash to‘g’risida guvohlik beruvchi hujjatlar va pora predmetlarini, jinoiy yo‘l bilan topilgan moddiy boyliklarni topish va olib qo‘yish maqsadida amalga oshiriladi. Odatda shaxsiy tintuv va xona tintuvi bir vaqtda amalga oshiriladi. Alohida e’tibor poraxo‘rlik sheriklarining aloqasini tasdiqlovchi xatlarga, pochta kvitansiyalari, turli xil yozuvlar, telefon nomerlariga qaratilishi lozim. Tintuv paytida shuningdek, shifrlangan yozuvlar, shubha ostidagi shaxs o‘z aloqasini inkor etuvchi shaxs tushgan fotosuratlarga e’tibor berish kerak. Hujjatlarni ko‘zdan kechirish juda muhim tergov harakatlaridan biridir. Ba’zi bir holatlarda u pora olish- berish holatlariga aloqadorlarni aniqlashga imkon yaratsa, boshqa bir holatlarda poraxo‘rlikka yo‘l ochib beruvchi hisobotni yo‘lga qo‘yilmaganligini aniqlaydi, uchinchidan mansabdor shaxsni pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlab ma’lum bir harakatlarni amalga oshirganligi yoki oshirmaganligini tasdiqlaydi. Hujjatlarni ko‘zdan kechirish jinoyatchi kiritgan o‘zgarishlar, qalbakilashtirish, hujjatlarni rasmiylashtirishning noodatiyligi, tegishli rekvizitlarning mavjudligi, mansabdor shaxsning ish bajarilganligi to‘g’risidagi viza va belgilarini aniqlashga yordam beradi. Poraxo‘rlar o‘z jinoiy kirdikorlari izlarini yo‘q qila olmasliklari uchun hujjatlarni ko‘zdan kechirishni kechiktirib bo‘lmaydi.
Yuqorida sanab o‘tilgan tergov harakatlarini umumlashtirgan holda aybni isbotlash jinoyat protsessining eng muhim elementi hisoblanadi. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, isbot qilish ishni qonuniy, asoslangan va adolatli hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g’risidagi haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashdan iboratdir. 6
Poraxo‘rlikning natijasi har doim ham moddiy qayd qilinmaydi. Ammo bir qator vaziyatlarda jinoyatga aloqador shaxslarning barmoq izlari pora predmetida, o‘ramda qoladi, ba’zan esa poraxo‘rlikning boshqa izlari ham saqlanib qoladi (tovar cheklari, etiketkalar, pul, qimmatbaho narsalar, jinoyatchilarning shaxsiy yozuvlari va boshqalar kabilar). Poraxo‘rlikni fosh etishda sud ekspertizalari katta rol o‘ynaydi. Ko‘p hollarda, pora predmetida yoki uning o‘ramida qo‘l barmoqlari va kaftning izi, kundalik, daftar, yon kitobchalarda – pora berish bilan bog’liq yozuvlar, bloknotlarning toza varaqlarida tekstning bosilgan izlarini aniqlash mumkin. Ularni o‘rganish uchun hujjatlarni kriminalistik-texnik ekspertizasi, mikrozarrachalar, material va moddalarni o‘rganish uchun trasologik ekspertiza, ba’zan esa kompleks ekspertizalar o‘tkaziladi.
Amaliyotda reja odatda quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi: 1) tekshirilishi lozim bo‘lgan tusmol; 2) isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar; 3) tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlari; 4) ijro muddati; 5) ijrochi va 6) izohlar 3 . Berilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov rejasi taxminan quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: 1. Kim pora olganligini aniqlab, uning aybini isbotlash uchun kerakli dalillarni yig’ish va ishning holatiga hamda pora olishda ayblanayotgan mansabdor shaxsning mas’ullik holati masalasiga yanada oydinlik kiritish; 2. Mazkur vaziyatda auksion o‘tkazishga vakolatli davlat idoralari mansabdor shaxslari ro‘yxati tuzilib, aynan o‘sha auksionni kim o‘tkazganligini aniqlash va gumonlanuvchining pora olganligini isbotlash lozim; 3. So‘roq qilish, tintuv o‘tkazish, yuzlashtirish va topilgan hujjatlar ekspertizasi tergov harakatlari amalga oshiriladi; Mazkur muammo yuzasidan shuni aytish mumkinki, so‘roq qilish tergov harakati jinoyat protsessidagi eng muhim tarkibiy element hisoblanib, ishning eng kata va ko‘p qismlari ayni shu tergov harakati davomida ochiqlanadi. Jumladan, aybini
3 Kriminalistika. Darslik. A.K.Zakurlaev, D.B.Bazarova va b.q. – Toshkent: TDYUU, 2015. 7
o‘ziga olish, jinoyat maqsadlarini aniqlash, ishtirokchilarni aniqlash, sheriklarni aniqlash kabi dalillar mazkur tergov harakati davomida aniqlanadi. Jinoyat- protsessual kodeksining 10-bobi ayni shu tergov harakatiga atalgan bo‘lib, unda so‘roq qilish tartiblaridan tortib so‘roq turlarigacha to‘liq bayon etilgan. Shuningdek, ushbu jinoyat yuzasidan yana bir tergov harakati mavjud bo‘lib, ishni isbotlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ekspertiza tergov harakati guvohlar bo‘lmaganda ham barmoq izlari yordamida dalillar topish va aybni isbotlashda muhim ahamiyatga egadir. Yuqorida tahlil qilingan holatlarni umumlashtirgan holda xulosa qiladigan bo‘lsa, mazkur jinoyat ishida “Jamshid” MCHJ vakillarini so‘roq qilish dastlabki tergov harakatlaridan biri hisoblanadi. Agar so‘roq paytida pora olgan mansabdor shaxsning kimligi aniqlansa, gumonlanuvchi sifatida ishga jalb etish yoki so‘roq davomida oshkor etilmasa, boshqa tergov harakatlarini davom ettirish lozim. Masalan, yuqorida aytilganidek, auksion o‘tkazishga vakolatli mansabdor shaxslarni topib ularni tintuv tergov harakati yordamida ishga jalb etish mumkin. Pora olganlik haqida ma’lumot borligi tergov rejasi asosida yuqorida sanab o‘tilgan choralarni ko‘rish zarurligini taqozo etadi. Xulosa qilib aytganda, eng muhim va samarali tergov harakati bu so‘roq qilish hisoblanadi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling