2019 yil Toshkent shaxri, Chilonzor tumani 24 mavzesidagi xususiy uy joy


Download 378.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana02.01.2022
Hajmi378.1 Kb.
#194453
1   2   3   4   5
Bog'liq
Korrupsiya

21-mantiqiy savol. 

 Korrupsion  jinoyatlar  bo‘yicha  olingan  dalillar  yuzasidan  ekspertiza  tayinlash 

masalasini misollar bilan tushuntirib bering! 

 

 



14 

 

 



Poraxo‘rlikka  oid  jinoyat  ishlarida  har  xil  tergov  harakatlariga  duch 

kelish mumkin. Jumladan, so‘roq qilish tergov harakati hamma jinoyatlarni tergov 

qilishda uchraydi.  So‘roq qilishning umumiy  tartibiga  ko‘ra  pora  bilan  ushlangan 

shaxsni, pora bermoqchi bo‘lgan shaxsni, vositachini, dalolatchini guvoh sifatida va 

boshqa  mazkur  jinoyat  ishtirokchilarini  so‘roq  qilishga  Jinoyat-protsessual 

kodeksida cheklov qo‘yilmagan. Ushbu kodeksning 172-moddasiga ko‘ra, ish uchun 

ahamiyatli holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni fan, texnika, san’at yoki kasb sohasi 

bo‘yicha bilimi bo‘lgan shaxs o‘tkazadigan maxsus tekshirish orqali olish mumkin 

bo‘lganda  ekspertiza  tayinlanadi.  Tergovga  qadar  tekshiruvni  amalga  oshiruvchi 

organning  mansabdor  shaxsi,  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror,  sudya, 

mutaxassislar,  xolislarning  bunday  bilimlarga  ega  bo‘lishi  ekspertiza  tayinlash 

zaruratidan  ozod  etmaydi.  Ekspert  oldiga  qo‘yilgan  savollar  va  uning  bergan 

xulosasi  ekspertning  maxsus  bilimlari  doirasidan  tashqari  chiqishi  mumkin  emas. 

Ekspertizani  ushbu  Kodeksda  belgilangan  tartibga  xilof  ravishda  o‘tkaziladigan 

tekshiruv bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Idoraviy tekshiruv xulosasi, taftish 

hujjatlari, mutaxassislar maslahati ekspertiza o‘tkazish zaruratini istisno etmaydi. 

Poraxo‘rliknifosh etishda sud ekspertizalari katta rol o‘ynaydi. Ko‘p hollarda, 

pora  predmetida  yoki  uning  o‘ramida  qo‘l  barmoqlari  va  kaftning  izi,  kundalik, 

daftar, yon kitobchalarda – pora berish bilan bog’liq yozuvlar, bloknotlarning toza 

varaqlarida  tekstning  bosilgan  izlarini  aniqlash  mumkin.  Ularni  o‘rganish  uchun 

hujjatlarni  kriminalistik-texnik  ekspertizasi,  mikrozarrachalar,  material  va 

moddalarni  o‘rganish  uchun  trasologik  ekspertiza,  ba’zan  esa  kompleks 

ekspertizalar o‘tkaziladi.  

Ma’lumki, sud-ekspertiza faoliyati jinoyatlarni to‘g’ri klassifikatsiya qilish va 

ularni  o‘z  vaqtida  fosh  etish,  inson  huquq  va  erkinliklari,  qonuniy  manfaatlarini 

ta’minlashda alohida rol o‘ynaydi. Bu haqidagi qoidalar BMTning «Sud-ekspertiza 

sohasidagi  xalqaro  hamkorlik»  rezolyusiyasida  ham  qayd  etilgan.  So‘nggi  o‘n 

yillikda  ekspertiza  faoliyatiga  bo‘lgan  talab  butun  dunyo  miqyosida  sezilarli 

darajada  ortdi.  Axborot  texnologiyalarining  rivojlanishi,  oqibatda  jinoyatni  sodir 



15 

 

etishning  yangi  va  murakkab  usul  va  vositalari  qo‘llanilayotganligi  ushbu  sohani 



doimiy  rivojlantirib  borish  zarurligini  ko‘rsatmoqda  [1].  Shu  jihatdan  olib 

qaraganda, barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar sud-ekspertiza faoliyatining 

doimiy  takomillashtirilib  borishi,  yuqori  malakali  sud-ekspertlari  tayyorlash  va 

ushbu  sohaga  xorijiy  tajriba  hamda  xalqaro  standartlarni  joriy  qilishdan 

manfaatdordir.  Darhaqiqat,  sud-ekspertiza  sohasidagi  xalqaro  hamkorlik  doim 

muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lib  kelayotgan  masalalardan  biridir.  Chunki  ushbu 

sohada xalqaro aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi, birinchi galda mahalliy odil sudlovni 

ta’minlashga hamda sud-ekspertiza faoliyatining rivojiga o‘zining salmoqli hissasini 

qo‘shadi.  Bugungi  globallashuv  sharoitida,  mobil  aloqa  va  kompyuter  axborot 

texnologiyalari  jinoyat  predmeti  va  vositasiga  aylanib  ulgurgan.  Kompyuter 

texnologiyalari sohasida sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish davomida to‘plangan 

dalillar,  maxsus  bilimga  ega  bo‘lgan  ekspertlar  tomonidan  tekshirish  va  baho 

berishni talab etadi. Bu jarayon o‘z navbatida sud-kompyuter-texnikaviy ekspertiza 

doirasida  amalga  oshiriladi.  A.L.Osipenko  ta’kidlaganidek,  axborot  tarmoqlarida 

sodir  etilgan  jinoyatlarning  o‘ziga  xosligi  ularni  isbotlash  jarayonida  va  sifatida 

namoyon  bo‘lib,  holat  bo‘yicha  ko‘rinib  turgan  ma’lumotlarni  o‘z  vaqtida 

rasmiylashtirmaslik  natijasida  boshqa  odatdagi  isbotlash  usullari  va  dalillardan 

foydalanishga majbur bo‘lishga olib keladi

6



Sud-huquq  tizimini  isloh  qilish,  sud-ekspertlik  faoliyati  samaradorligini 



yanada oshirish, ushbu sohani zamonaviy, yuqori aniqlikdagi tahlil vositalari bilan 

jihozlash  orqali  odil  sudlovni  ta'minlashga  alohida  e'tibor  qaratib  kelinmoqda. 

Mamlakatimizda  ham  jahon  andozalariga  mos  sud  ekspertizasini  o‘tkazish  va 

takomillashtirishning  normativ-huquqiy  asoslari  yaratilib,  hayotga  izchil  tatbiq 

etilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi 

"Sud-ekspertlik  faoliyatini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g'risida"gi 

PQ-4125-sonli  Qarori  sud-ekspertlik  faoliyatini  jadal  rivojlantirishda  muhim 

huquqiy mexanizmlarni yaratishga xizmat qilmoqda. Mazkur Qaror bilan nodavlat 

                                                           

6

 Makhkamov Durbek Nematovich. INTERNATIONAL COOPERATION IN THE FIELD OF FORENSIC COMPUTER 



TECHNICAL EXPERTISE. Journal of Law Research. 2019, 9 vol., issue 1, pp. 11-15 


16 

 

sud-ekspertiza tashkilotlarini tashkil etish belgilanib, ularga sud ekspertizalarining 



ayrim turlarini (44 ta) o‘tkazish huquqi berildi. Xususan, endilikda sud-kompyuter-

texnikaviy ekspertiza ham, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan amalga 

oshirilishi 

mumkin. 


Shuningdek, 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Vazirlar 

Mahkamasining "Nodavlat sudekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish chora-

tadbirlari to‘g'risida"gi Qarori loyihasi ham ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirda mazkur 

loyiha  jamoatchilik  o‘rtasida  qizg'in  muhokama  qilinmoqda.  Ushbu  hujjat  bilan 

"Nodavlat  sud-ekspertiza  tashkilotlari  faoliyatini  tashkil  etish  tartibi  to‘g'risida"gi 

Nizom  tasdiqlanishi  kutilmoqda.  Mazkur  Nizomda  nodavlat  sud-ekspertiza 

tashkiloti respublikaning barcha hududlaridan, shuningdek, xorijiy mamlakatlardan 

olingan  buyurtmalar  asosida  sud  ekspertizasini  amalga  oshirish  huquqiga  ega 

ekanligi 

nazarda 

tutilgan. 

Bu 

o‘z  navbatida  nodavlat  sud-ekspertiza 



muassasalarining xalqaro sud-espertiza jarayoniga integratsiyalashuvini ta'minaydi. 

Shu  maqsadda  xalqaro  hamkorlikning  boshqa  turlarini  ham  mazkur  Nizomda 

belgilash maqsadga muvofiq. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  203-moddasiga 

ko‘ra, 

kelib 


chiqishini, 

kimga 


tegishliligini, 

ma’lum 


maqsadlarda 

foydalanilganligini yoki foydalanishga yaroqliligini, qo‘ldan-qo‘lga o‘tganligi yoki 

turgan joyi  o‘zgarganligini, u yoki bu moddalar, narsa, jarayon va hodisalar ta’sir 

etganligini  aniqlash  mumkin  bo‘lgan  fizikaviy  alomatlar  yoki  belgilarga, 

shuningdek ish holatlarini aniqlashga xizmat qiladigan har qanday boshqa alomatlar 

va belgilarga ega bo‘lgan narsa ashyoviy dalil hisoblanadi. 

Bundan tashqari, sud-buxgalteriya, trasologiya kabi ekspertizalar ham tergov 

harakatlarida o‘tkazilib borishi mumkin. Trasologiya so‘zi fransuzcha “la tras” - iz, 

grekcha  “logos”-  ta’limot  so‘zlarining  birikuvidan  hosil  bo‘lib,  “izlar  haqidagi 

ta’limot” degan ma’noni anglatadi. Trasologiya jinoyatlarni fosh qilishda va unga 

qarshi  kurashda  qo‘llaniladigan  kriminalistik  texnikaning  muhim  sohalaridan 

biridir


7

. Bu ekspertizaning poraxo‘rlikka aloqasi shundaki, pora bilan qo‘lga tushgan 

                                                           

7

 Kriminalistika. Darslik. A.K.Zakurlaev, D.B.Bazarova va b.q. – Toshkent: TDYUU, 2015 




17 

 

mansabdor  shaxsning  barmoq  izlari  pulda  va  boshqa  ashyoviy  dalillarda  saqlanib 



qolgan bo‘lishi mumkin. Gumonlanuvchining barmoq izlarini ashyoviy dalillardagi 

barmoq izlari bilan solishtirish trasologiyaning asosiy vazifasi hisoblanadi. 

Xulosa  qilib  aytish  mumkinki,  mavjud  asoslarga  ko‘ra  o‘tkazilgan  sud 

ekspertizasi  natijasida poraxo‘rlikka oid ishlarni ko‘rib chiqishda adolatli qarorlar 

qabul  qilinishi  mumkin.  Poraxo‘rlikka  oid  ishlar  bo‘yicha  har  xil  ekspertizalar 

o‘tkazilishi tabiiy. Chunki har bir korrupsion jinoyat har xil variantlarda sodir etiladi. 

Masalan, jinoyat ustida qo‘lga tushgan mansabdor shaxsning barmoq izlari olinishi 

uchun sud-trasologiya ekspertizasi tayinlanadi. Hujjatlar, shtamplardan foydalangan 

holda  sodir  etilgan  poraxo‘rlikka  oid  jinoyatlarni  ochish  uchun  sud  hujjatlar 

ekspertizasi  yoki  imzo  kimga  tegishli  ekanligini  aniqlash  maqsadida  xatshunoslik 

ekspertizasi o‘tkaziladi. Shunday tartibda ishning mazmunidan kelib chiqqan holda 

har  xil  ekspertiza  turlaridan  foydalaniladi.  Har  bir  ekspertiza  hodisasi  ishning 

mazmunini  ochishda  muhim  ahamiyat  kasb  etishini  yuqorida  ko‘rib  chiqilgan 

holatlarda kuzatish mumkin. 

 

 



18 

 


Download 378.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling