2019 yil Toshkent shaxri, Chilonzor tumani 24 mavzesidagi xususiy uy joy
Download 378.1 Kb. Pdf ko'rish
|
Korrupsiya
11-mantiqiy savol.
Korrupsiya jinoyatlarini tergov qilishda dalillarni to‘plashning taktik usullarini izohlang!
9
Korrupsion jinoyatlarni tergov qilish bir to‘da og’zi qon bo‘rilar ichidan aybdorni topib jazolash bilan bog’liq harakatlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur jinoyatlar o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib tergov jarayonining o‘zidayoq yana bir korrupsiya holati paydo bolishi mumkin. Shu bilan birga isbotlash tushunchasi mazkur sohadagi jinoyatlarni tergov qilishda eng murakkab hodisa sanaladi. Shu sababdan, tergovchilar tomonidan ishda qo‘llaniladigan taktika va usullar jinoyat ishini ochishda asosiy rol o‘ynaydi. “Taktika” (grekcha “taktika” – qo‘shinlarni safga tizish mahorati) atamasini jinoyatlar bo‘yicha tergovni amalga oshirayotgan shaxslarning faoliyatiga tatbiqan ilk marotaba XIX asr oxirida nemis olimi A.Veyngardt qo‘llagan. O‘z navbatida, kriminalistik taktikaning tarkibi jinoyatlarni tergov qilish uslubiyotini rivojlantirishga ko‘maklashadi. Jinoyatlarni tergov qilishni rejalashtirish, tergovchi va tezkor xodimlarning o‘zaro hamkorligi, ayrim tergov harakatlarining taktikasi haqidagi kriminalistik nazariyalar va kriminalistik taktikaning boshqa qoidalari xususiy uslubiyotarga asos qilib olinadi hamda ana shu jinoiy jazoga loyiq qilmishlarni fosh etish va tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirgan holda mukammallashtiriladi 4 . Dalillarni to‘plashning usullari turlicha bo‘lib, ular jinoyat–protsessual kodeksi normalari bilan tartibga solingan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g’risida”gi Qonunida belgilangan qator tezkor-qidiruv tadbirlari mavjudki, ular yordamida to‘plangan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq tekshirilganidan va baholanganidan so‘ng dalil sifatida e’tirof etilishi mumkin (mazkur qonunning 19-moddasining uchinchi qismi). Nazariyada jinoyat protsessual qonunchiligi bilan tartibga solinadigan dalillarni to‘plash usullari “tergov harakatlari” ham deb yuritiladi. Ayrim vaqtlarda “tergov harakatlari” atamasi keng ma’noda ham qo‘llanilib, dastlabki tergovda vakolatli organlar va mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan jinoyatni tergov qilish bilan bog’liq barcha protsessual
4 Kriminalistika. Darslik. A.K.Zakurlaev, D.B.Bazarova va b.q. – Toshkent: TDYU, 2015. 10
harakatlar ham tushuniladi. Shuning uchun tergov yoki sud harakatlari atamalariga duch kelganda ularning aynan dalillarni to‘plash usullari sifatida yoki keng ma’noda qo‘llanganligini aniqlab olish zarur. Poraxo‘rlik bilan bog’liq tergov ishlarida kriminalistik taktikaning alohida o‘rin tutishini bilib olish mumkin. Poraxo‘rlik har doim mansabdor shaxsning xizmat vazifalarini o‘z g’arazli maqsadlari yo‘lida suiiste’mol qilishi bilan bog’liq va ko‘pgina hollarda yashirincha, guvohlarsiz yuz beradi. Poraxo‘rlikda jinoyat subyektlarining odatiy aloqa sxemasi quyidagicha: 1) pora beruvchi – pora oluvchi; 2) pora beruvchi – vositachi – pora oluvchidan iborat 5 . Ma’lum bir mansabdor shaxs tomonidan pora olinganligi haqida aniq dalil mavjud bo‘lsa, odatda, jinoyat ishi qo‘zg’atiladi va tergov rejasi tuziladi. Boshlang’ich tergov jarayonida: a) guvohlarni so‘roq qilish, mansabdor shaxs tomonidan pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlovchi harakatlar qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qo‘yish va ko‘zdan kechirish; b) pora beruvchini ushlash va so‘roq qilish; sheriklarni tintuv qilish, pora predmetini ko‘zdan kechirish; c) yuzlashtirish, kriminalistik ekspertiza tayinlash, kerak bo‘lsa hujjatlarni sud-dastxat yoki kriminalistik texnik o‘rganish, tovarshunoslik ekspertizasi tayinlash, tintuv paytida shubhalanuvchidan olib qo‘yilgan narsalarning turi va sifatini aniqlash, sud-buxgalteriya ekspertizasi tayinlab, mablag’ to‘lovlari to‘g’riligini hisobga olish bilan bog’liq masalalarni hal qilish lozim. Tergov harakatlari bilan ayni vaqtda poraxo‘rning sheriklarini va har bir shaxsning jinoyatdagi rolini aniqlash maqsadida tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkaziladi.
5 Kriminalistika. Darslik. A.K.Zakurlaev, D.B.Bazarova va b.q. – Toshkent: TDYU, 2015. 11
Tergov harakatlari davomida har bir mayda detallar ham dalil sifatida olinishi mumkin. Masalan, ayblanuvchining chek qog’ozlari, hisob raqami, taklifnomalar ham dalil sifatida ishda asqotishi mumkin. Chunki pora beruvchi turli yo‘llar bilan o‘z maqsadiga yetishga harakat qilib ko‘radi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 87-moddasiga ko‘ra, dalillar tergov va sud harakatlarini yuritish: gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini, guvohni, jabrlanuvchini, ekspertni so‘roq qilish; yuzlashtirish; tanib olish uchun ko‘rsatish; ko‘rsatuvni hodisa ro‘y bergan joyda tekshirish; olib qo‘yish; tintuv; ko‘zdan kechirish; guvohlantirish; murdani eksgumatsiya qilish; eksperiment o‘tkazish; ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish uchun namunalar olish; ekspertiza va taftish tayinlash; taqdim etilgan ashyolar va hujjatlarni qabul qilish; telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish, shuningdek tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish yo‘li bilan to‘planadi. Oliy Sudning “Poraxo‘rlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g’risida”gi sud plenumiga ko‘ra, pul, qimmatbaho qog’ozlar, moddiy boyliklar, shuningdek, pora oladiganga qaytarmaslik sharti bilan, lekin mulkiy mohiyatga molik bo‘lgan (masalan, ta’mirlash, qurilish, qayta tiklash ishlarini bajarish va boshqalar) xizmatlar pora predmeti bo‘lishi mumkin. Shuningdek, mazkur plenum qarorida qonunda dalillarga baho berish jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslari vakolatiga tegishli bo‘lganligi sababli, jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilari (jamoat ayblovchisi, himoyachi, jabrlanuvchi, ayblanuvchi va h.k.) faqat mazkur organlarning dalillar aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi to‘g’risidagi qaror (ajrim)lari ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat berish yo‘li bilan e’tiroz bildirishga haqlidirlar deb belgilab qo‘yilgan ekan, dalillar qonuniy yo‘llar bilan to‘planishi va faqat ish uchun ahamiyatli bo‘lishi lozimligini anglash mumkin. JPK ga ko‘ra, basharti ayblanuvchi, sudlanuvchi o‘z ish joyida qolsa, jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashga yoki jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga to‘sqinlik qiladi yoxud jinoiy faoliyatini davom ettiradi, deb 12
hisoblashga yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, ular lavozimidan chetlashtirilishi mumkin. Bu holat ish bo‘yicha dalillarni yashirish holatlarini oldini olish maqsadida amalga oshiriladi. Tergov harakatlari o‘zining maqsadiga ko‘ra: 1) dalillarni to‘plashga qaratilgan tergov harakatlari; 2) dalilarni tekshirishga qaratilgan tergov harakatlariga bo‘linadi. Dalillarni to‘plashga qaratilgan tergov harakatlarida hali o‘rganilmagan obyekt xususida ma’lumot olinadi. So‘roq qilish (takroran, qo‘shimcha va qayta so‘roq qilishlar bundan mustasno), olib qo‘yish, tintuv va boshqalar. Dalillarni tekshirishga qaratilgan tergov harakatlarida oldin tergov harakatlari orqali boshqa bir tergov harakatida yig’ilgan dalilning haqiqiy holatga mos kelishi tekshiriladi. Bular yuzlashtirish, eksperiment o‘tkazish, tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakatlaridir. Shuning uchun bunday tergov harakatlarini amalga oshirishdan oldin dastlabki kerakli dalillarni to‘plash zarur bo‘ladi. Bulardan tashqari, fanda tergov harakatlarini tasniflashda ularni o‘tkazish paytiga ko‘ra (boshqa protsessual harakatlarga nisbatan) kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari turi ajratilib ko‘rsatiladi Xulosa qilib aytganda, amaliyotda dalillar turli qonuniy vositalar, tergov harakatlari, ma’lumotlar asosida to‘planadi va har bir to‘plangan dalil JPK qoidalariga binoan to‘plangan taqdirda maqbul deb topiladi. Jumladan, tergov harakatlaridan so‘roq qilish, ekspertiza, tintuv (shaxsiy va uy-joyni) qilish, yuzlashtirish kabi tergov harakatlari poraxo‘rlik bo‘yicha ishlarda dalillar yig’ishda asosiy o‘rin tutadi. Shuningdek, kuzatuv va tezkor tadbirlar ham tergov davomida dalillar to‘plashning o‘ziga xos taktikasi hisoblanadi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling