2019 yil Toshkent shaxri, Chilonzor tumani 24 mavzesidagi xususiy uy joy
Download 378.1 Kb. Pdf ko'rish
|
Korrupsiya
1
2019 yil Toshkent shaxri, Chilonzor tumani 24 mavzesidagi xususiy uy joy mulkdorlarining shirkati tomonidan xududdagi ko‘p qavatli uy joy binolarini tom va yer osti qismlarini, bolalar o‘ynash maydonchasi qurish va boshqa atrof muxitni yaxshilash maqsadida 1 000 000 000 (bir milliard) so‘m pul mablag’ini “Ipoteka” bankidan 7 % hisobidan kreditga olgan. Shundan so‘ng, Chilonzor tuman hokimiyatida qurilish faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar orasida auksion o‘tkazilgan. O‘tkazilgan auksion davomida “Jamshid” MChJ ma’lum mansabdor shaxslarga pora berish evaziga 24 mavzedagi barcha ko‘p qavatli binolarni ta’mirlashni o‘z bo‘yniga olgan. 2019 yil 18 sentabr kuni ushbu ko‘p qavatli xonadonlarda istiqomat qilib kelayotgan aholi tomonidan “Jamshid” MChJga nisbatan shikoyat arizasi kelib tushgan. Mazkur arizalar doirasida olib borilgan surishtiruv natijasida “Jamshid” MChJ hisob raqamiga 1 000 000 000 so‘m o‘tkazib berilganligi va MChJ ko‘p qavatli binolarni sifatsiz darajada bor yo‘g’i 350 000 000 so‘m xarajat qilganligi qolgan pul mablag’i MChJ rahbari va uning xodimlari tomonidan shaxsiy manfaat yo‘lida ishlatilib yuborilganligi aniqlanib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “a” va “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg’atilgan.
Download 378.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling