2019 yil Toshkent shaxri, Chilonzor tumani 24 mavzesidagi xususiy uy joy


Mazkur holatda “Jamshid” MChJ tomonidan qaysi mansabdor shaxslarga


Download 378.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana02.01.2022
Hajmi378.1 Kb.
#194453
1   2   3   4   5
Bog'liq
Korrupsiya

Mazkur holatda “Jamshid” MChJ tomonidan qaysi mansabdor shaxslarga 

pora  berganligini  aniqlash  maqsadida  tezkor-qidiruv  xodimlari  tomonidan  olib 

borishi kerak bo‘lgan tezkor tadbirlar belgilang. Tergovni rejalashtirishda e’tibor 

qaratilishi  lozim  bo‘lgan  jihatlarni  yoriting!  Qanday  tergov  harakatlarini 

o‘tkazish jinoyatni ochish samaradorligini oshirishga yordam berishi mumkinligi 

haqida fikr yuriting! 


 

 

Bugungi kunda  zamonamizda eng ko‘p sodir etilayotgan jinoyatlar qatoriga 

firibgarlik  va  poraxo‘rlik  jinoyatlarini  kiritish  mumkin.  Chunki  odamlarning 

ishonchiga  kira  oladigan  ayyor  insonlar  pul  ishlash  yo‘lida  har  qanday  usullarni 

sinab ko‘rmoqda. Mazkur masala yuzasidan quyidagi holatlarga aniqlik kiritib olib, 

muammoning  yechimi oydinlashishi mumkin. Birinchidan,  pora olgan  mansabdor 

shaxsni  topish  va  aybini  isbotlab  berish.  Ikkinchidan,  tergov  harakatlarini 

rejalashtirib olib quyida uning natijalarini aniqlash. Uchinchidan, jinoyatlarni ochish 

samaradorligini  oshiradigan  tergov  harakatlari  haqida  so‘z  yuritb  olsak  maqsadga 

muvofiq  bo‘lar  edi.  To‘rtinchidan,  yuqorida  sanalgan  holatlarga  aniqlik  kiritib 

vaziyatga umumiy huquqiy xulosa berish. 

Korrupsion jinoyatlar murakkabligi va tergov jarayonida sinchkovlikni talab 

qilishi  bilan  o’ziga  xos  jinoyatlar  tarkibiga  kirishini  anglash  mumkin.  Sohaga  oid 

bugungi  kunda  yuzlab  normativ-huquqiy  hujjatlar  qabul  qilingan,  jumladan, 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudining  “Poraxo‘rlikka  oid  ishlar  bo‘yicha  sud 

amaliyoti  to‘g’risida”gi  sud  plenumi  qarori,  O‘zbekiston  Respublikasining 

03.01.2017-yildagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi 419-son Qonuni, 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.02.2017-yildagi «Korrupsiyaga qarshi 

kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga 

oshirish 

chora-tadbirlari 

to‘g‘risida»gi  PQ-2752-son  qarori,  O‘zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  02.03.2016-yildagi  «Davlat  boshqaruvi 

organlari  va  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari  xodimlarining  odob-axloq 

namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 62-sonli qarori, «Normativ-huquqiy 

hujjatlar  loyihalarining  korrupsiyaga  qarshi  ekspertizasini  o‘tkazish  uslubiyotini 

tasdiqlash to‘g‘risida» gi (Adliya vazirligidan 2015-yil 25-dekabrda 2745-son bilan 

ro‘yxatdan  o‘tgan)  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  27.05.2019-yildagi 

«O‘zbekiston  Respublikasida  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  tizimini  yanada 

takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-5729-son farmoni shu kabi sohaga 

oid muammolarning oldini olishga xizmat qiladigan hujjatlardir. 




 

 



Yuqoridagi  jinoyat  ishi  yuzasidan  zudlik  bilan  tergov  davomida  taxminan 

quyidagi  tergov  harakatlari  o‘tkazilishi  mumkin.  Ishning  holatiga  qarab  ushbu 

tergov harakatlariga qo‘shimcha sifatida boshqa tergov harakatlari ham olib borilishi 

taqiqlanmagan. 

1.  Guvohlarni so‘roq qilish;  

2.  Hujjatlarni olib qo‘yish va ko‘zdan kechirish; 

3.  Tintuv o‘rqazish

1



Mazkur  masala  yuzasidan  dastlabki  ko‘riladigan  chora  bu  ayblanuvchini 

so‘roq  qilish  va  vaziyatga  oydinlik  kiritib  olishdir.  Chunki  so‘roq  paytida  MCHJ 

rahbarlari  aybiga  iqror  bo‘lishi  va  pora  olgan  mansabdor  shaxslarning  shaxsini 

oshkor  qilishi  mumkin.  So‘roq  qilish  tergov  harakati,  dalil  to‘plashning  jinoyat 

ishini  yuritishda  eng  keng  tarqalgan  tergov  harakati  bo‘lib,  bir  shaxsdan  (guvoh, 

jabrlanuvchi,  gumon  qilinuvchi  va  ayblanuvchidan  (sudlanuvchidan))  og’zaki 

ma’lumotlar  olish  va  mustahkamlash  maqsadida  amalga  oshiriladi

2

.  So‘roq 



qilinuvchi  tomonidan  o‘ziga  ma’lum  holatlar  xususida  erkin  so‘zlab  berishi, 

birinchidan,  ish  yuzasidan  aniqlanishi  lozim  bo‘lgan  holatlarni  isbot  qilish  uchun 

muhim bo‘lsa, boshqa tomondan mazkur shaxsning bo‘lib o‘tgan holatlarni xotirada 

qayta  tiklash  tasodifiy  xatolarning  oldini  olish  uchun  ahamiyatlidir.  Har  qanday 

shaxsni sud majlisida yoki undan tashqarida so‘roq qilishda mazkur qoidaga rioya 

qilinadi. Shaxs erkin so‘zlab bo‘lganidan keyin, holat yuzasidan savollar berilishiga 

yo‘l qo‘yiladi. Agar erkin so‘zlab berish jarayonida so‘roq qilinuvchi ishga taalluqli 

bo‘lmagan  ma’lumotlarni  so‘zlashda  davom  etsa,  so‘roq  qiluvchi  vaqtni  samarali 

tejash maqsadida uni to‘xtatib tegishli ish uchun ahamiyatli holatlarga to‘xtalishni 

va savollarga javob berishni talab qilishga haqli. Mazkur vaziyatda ayblanuvchilar 

o‘z  xohishiga  ko‘ra  qanday  usullar  bilan  qancha  miqdorda  va  kimlarga  pora 

berganligini  aniqlash  lozim.  Shu  maqsadda,  qurilish  ishlarida  huquq  beruvchi 

auksionni o‘tkazishga vakolatli davlat organlarini aniqlash va ularni gumonlanuvchi 

                                                           

1

 Kriminalistika. Darslik. A.K.Zakurlaev, D.B.Bazarova va b.q. – Toshkent: TDYUU, 2015.  



2

 Jinoyat-protsessual huquqi. Umumiy qism. Darslik. // Mualliflar jamoasi. / yu.f.d., dots. G.Z.To‘laganova va yu.f.n., 

dots. S.M.Raxmonovalarning umumiy tahriri ostida –Toshkent: TDYU nashriyoti, 2016. – 197-bet. 



 

sifatida ishga jalb etish lozim deb hisoblayman. Shunday bo‘lgan taqdirda, qurilish 



ishlarida  davlat  nazoratini  amalga  oshiruvchi  organlar  tomonidan  sifatsiz  qurilish 

ishlarini amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yganlarni, davlat standartlariga rioya etmaslik 

holatlarini  nazorat  qilmaganlarni  aniqlash  zarur  bo‘ladi.  Shuningdek,  auksionda 

qatnashgan  yuridik  shaxslarni  aniqlab  ularning  vakilini  guvoh  tariqasida  so‘roq 

qilish lozim. So‘roq paytida auksion qay tartibda  o‘tkazilganligi, kimlar hakamlik 

qilganligi, kim  yutganligi kabi savollarga javob olish lozim. Mabodo bundan ham 

naf chiqmagan taqdirda boshqa tergov harakatlariga o‘tsa bo‘ladi. 

Bundan  tashqari  mazkur  kazusda  “otkat”  degan  holat  bor  yo‘qligini  ham 

aniqlab  olish  lozim.  “Otkat”  ruscha  so‘z  bo‘lgani  bilan,  O‘zbekistonda  keng 

tarqalgan  ibora.  “Otkat”  inglizcha  kickback  so‘zidan.  “Otkat”  -  bu  bir  mansabdor 

shaxs (buyurtmachi, xarid qiluvchi tashkilotning vakili) xizmat yoki molni (tovarni) 

xarid  qilish  uchun,  aniq  bir  xizmat  yoki  molni  sotadigan  taraf  bilan  oldindan 

noqonuniy kelishib olib va aynan shu sotuvchining xizmat yoki molini xarid qilishga 

qarorni chiqarib bergani uchun, sotuvchi tarafdan pul yoki tuzilgan shartnomadan 

ma’lum foiz foydani, noqonuniy ravishda o‘zlashtirishidir. Bu jarayon oldindan va 

maxfiy kelishuv orqali amalga  oshiriladi va  mansabdor shaxsga berilgan to‘lovlar 

noqonuniydir.  Ko‘pchilik  davlatlarda  “Otkat”larga  qarshi  kurashish  maqsadida 

xizmat  yoki  molni sotib olish uchun  o‘tkaziladigan tender va konkurslar ochiq va 

oshkora  e’lon  qilinib  o‘tkaziladi.  Davlat  ehtiyoji  uchun  xizmat  va  mol  xarid 

qilinganda,  barcha  to‘lovlar  davlat  byudjetidan  qilinadi,  bu  esa  o‘z  navbatida 

korrupsiyachi  -  mansabdor  shaxslarga  sotuvchi  taraf  bilan  oldindan  kelishib  olib, 

tuzilgan  shartnoma  uchun  katta  pul  yoki  boshqa  noqonuniy  mukofot  olishlariga 

imkoniyat  yaratib  beradi.  Korrupsiyachi-mansabdor  shaxslarning  bunday 

noqonuniy  harakatlari  yo‘lida  to‘siq  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  omillardan  eng 

asosiysi  bu  oshkoralik  va  ochiqlik.  Yuqoridagi  kazusda  bu  hol  mavjudligini 

www.xarid.uz

 sayti orqali bilib olish mumkin. 

 

Shuningdek, tergov harakatlari davomida, so‘roq qilishdan tashqari hujjatlarni 



tekshirishda  xatshunoslik  ekspertizasi  tayinlash  lzoim  deb  hisoblayman.  Chunki 


 

auksionda  g’olibni  aniqlab  bo‘lgandan  so‘ng  kimdir  unga  albatta  imzo  qo‘yadi. 



Aynan  shu  imzo  qo‘yib  auksion  natijalarini  tasdiqlagan  shaxslarni  aniqlab  ularni 

ishga guvoh sifatida va keyinchalik aybi isbotlangan taqdirda ayblanuvchi sifatida 

ishga jalb etish mumkin. 

 

Shu  jumladan,  shaxsiy  tintuv  va  poraxo‘r  sheriklarining  uyjoylarini  hamda 



mansabdor  shaxsning  -  pora  oluvchining  ish joyini  tintuv  qilish  mazkur  jinoyatni 

tayyorlash to‘g’risida guvohlik beruvchi hujjatlar va pora predmetlarini, jinoiy yo‘l 

bilan  topilgan  moddiy  boyliklarni  topish  va  olib  qo‘yish  maqsadida  amalga 

oshiriladi.  Odatda  shaxsiy  tintuv  va  xona  tintuvi  bir  vaqtda  amalga  oshiriladi. 

Alohida  e’tibor  poraxo‘rlik  sheriklarining  aloqasini  tasdiqlovchi  xatlarga,  pochta 

kvitansiyalari,  turli  xil  yozuvlar,  telefon  nomerlariga  qaratilishi  lozim.  Tintuv 

paytida shuningdek, shifrlangan yozuvlar, shubha ostidagi shaxs o‘z aloqasini inkor 

etuvchi  shaxs  tushgan  fotosuratlarga  e’tibor  berish  kerak.  Hujjatlarni  ko‘zdan 

kechirish juda muhim tergov harakatlaridan biridir. Ba’zi bir holatlarda u pora olish-

berish  holatlariga  aloqadorlarni  aniqlashga  imkon  yaratsa,  boshqa  bir  holatlarda 

poraxo‘rlikka  yo‘l  ochib  beruvchi  hisobotni  yo‘lga  qo‘yilmaganligini  aniqlaydi, 

uchinchidan mansabdor shaxsni pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlab ma’lum bir 

harakatlarni  amalga  oshirganligi  yoki  oshirmaganligini  tasdiqlaydi.  Hujjatlarni 

ko‘zdan  kechirish  jinoyatchi  kiritgan  o‘zgarishlar,  qalbakilashtirish,  hujjatlarni 

rasmiylashtirishning  noodatiyligi,  tegishli  rekvizitlarning  mavjudligi,  mansabdor 

shaxsning  ish  bajarilganligi  to‘g’risidagi  viza  va  belgilarini  aniqlashga  yordam 

beradi.  Poraxo‘rlar  o‘z  jinoiy  kirdikorlari  izlarini  yo‘q  qila  olmasliklari  uchun 

hujjatlarni ko‘zdan kechirishni kechiktirib bo‘lmaydi. 

 

Yuqorida  sanab  o‘tilgan  tergov  harakatlarini  umumlashtirgan  holda  aybni 



isbotlash jinoyat protsessining eng muhim elementi hisoblanadi. Jinoyat-protsessual 

kodeksiga ko‘ra, isbot qilish ishni qonuniy, asoslangan va adolatli hal qilish uchun 

ahamiyatga  ega  bo‘lgan  holatlar  to‘g’risidagi  haqiqatni  aniqlash  maqsadida 

dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashdan iboratdir. 




 

 



Poraxo‘rlikning  natijasi har doim  ham  moddiy  qayd  qilinmaydi.  Ammo  bir 

qator vaziyatlarda jinoyatga aloqador shaxslarning barmoq izlari pora predmetida, 

o‘ramda qoladi, ba’zan esa poraxo‘rlikning boshqa izlari ham saqlanib qoladi (tovar 

cheklari, etiketkalar, pul, qimmatbaho narsalar, jinoyatchilarning shaxsiy yozuvlari 

va  boshqalar  kabilar).  Poraxo‘rlikni  fosh  etishda  sud  ekspertizalari  katta  rol 

o‘ynaydi. Ko‘p hollarda, pora predmetida yoki uning o‘ramida qo‘l barmoqlari va 

kaftning izi, kundalik, daftar, yon kitobchalarda – pora berish bilan bog’liq yozuvlar, 

bloknotlarning toza varaqlarida tekstning bosilgan izlarini aniqlash mumkin. Ularni 

o‘rganish  uchun  hujjatlarni  kriminalistik-texnik  ekspertizasi,  mikrozarrachalar, 

material va moddalarni o‘rganish uchun trasologik ekspertiza, ba’zan esa kompleks 

ekspertizalar o‘tkaziladi. 

 

Amaliyotda  reja  odatda  quyidagi  tarkibiy  qismlardan  iborat  bo‘ladi:  



1)  tekshirilishi  lozim  bo‘lgan  tusmol;  2)  isbotlanishi  lozim  bo‘lgan  holatlar;  3) 

tergov  harakatlari  va  tezkor-qidiruv  tadbirlari;  4)  ijro  muddati;  5)  ijrochi  va  6) 

izohlar

3

. Berilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov rejasi taxminan quyidagi ko‘rinishda 



bo‘lishi mumkin: 

1.  Kim pora olganligini aniqlab, uning aybini isbotlash uchun kerakli dalillarni 

yig’ish  va  ishning  holatiga  hamda  pora  olishda  ayblanayotgan  mansabdor 

shaxsning mas’ullik holati masalasiga yanada oydinlik kiritish; 

2.  Mazkur  vaziyatda  auksion  o‘tkazishga  vakolatli  davlat  idoralari  mansabdor 

shaxslari ro‘yxati tuzilib, aynan o‘sha auksionni kim o‘tkazganligini aniqlash 

va gumonlanuvchining pora olganligini isbotlash lozim; 

3.  So‘roq qilish, tintuv o‘tkazish, yuzlashtirish va topilgan hujjatlar ekspertizasi 

tergov harakatlari amalga oshiriladi; 

Mazkur muammo yuzasidan shuni aytish mumkinki, so‘roq qilish tergov harakati 

jinoyat  protsessidagi  eng  muhim  tarkibiy  element  hisoblanib,  ishning  eng  kata  va 

ko‘p  qismlari  ayni  shu  tergov  harakati  davomida  ochiqlanadi.  Jumladan,  aybini 

                                                           

3

 Kriminalistika. Darslik. A.K.Zakurlaev, D.B.Bazarova va b.q. – Toshkent: TDYUU, 2015. 




 

o‘ziga  olish,  jinoyat  maqsadlarini  aniqlash,  ishtirokchilarni  aniqlash,  sheriklarni 



aniqlash  kabi  dalillar  mazkur  tergov  harakati  davomida  aniqlanadi.  Jinoyat-

protsessual  kodeksining  10-bobi  ayni  shu  tergov  harakatiga  atalgan  bo‘lib,  unda 

so‘roq  qilish  tartiblaridan  tortib  so‘roq  turlarigacha  to‘liq  bayon  etilgan. 

Shuningdek, ushbu jinoyat yuzasidan yana bir tergov harakati mavjud bo‘lib, ishni 

isbotlashda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Ekspertiza  tergov  harakati  guvohlar 

bo‘lmaganda  ham  barmoq  izlari  yordamida  dalillar  topish  va  aybni  isbotlashda 

muhim ahamiyatga egadir. 

Yuqorida  tahlil  qilingan  holatlarni  umumlashtirgan  holda  xulosa  qiladigan 

bo‘lsa, mazkur jinoyat ishida “Jamshid” MCHJ vakillarini so‘roq qilish dastlabki 

tergov harakatlaridan biri hisoblanadi. Agar so‘roq paytida pora olgan mansabdor 

shaxsning kimligi aniqlansa, gumonlanuvchi sifatida ishga jalb etish yoki so‘roq 

davomida  oshkor  etilmasa,  boshqa  tergov  harakatlarini  davom  ettirish  lozim. 

Masalan,  yuqorida  aytilganidek,  auksion  o‘tkazishga  vakolatli  mansabdor 

shaxslarni topib ularni tintuv tergov harakati yordamida ishga jalb etish mumkin. 

Pora  olganlik  haqida  ma’lumot  borligi  tergov  rejasi  asosida  yuqorida  sanab 

o‘tilgan choralarni ko‘rish zarurligini taqozo etadi. Xulosa qilib aytganda, eng 

muhim va samarali tergov harakati bu so‘roq qilish hisoblanadi. 

 

 




 


Download 378.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling