2019 yil Toshkent shaxri, Chilonzor tumani 24 mavzesidagi xususiy uy joy
Download 378.1 Kb. Pdf ko'rish
|
Korrupsiya
21-mantiqiy savol.
Korrupsion jinoyatlar bo‘yicha olingan dalillar yuzasidan ekspertiza tayinlash masalasini misollar bilan tushuntirib bering!
14
Poraxo‘rlikka oid jinoyat ishlarida har xil tergov harakatlariga duch kelish mumkin. Jumladan, so‘roq qilish tergov harakati hamma jinoyatlarni tergov qilishda uchraydi. So‘roq qilishning umumiy tartibiga ko‘ra pora bilan ushlangan shaxsni, pora bermoqchi bo‘lgan shaxsni, vositachini, dalolatchini guvoh sifatida va boshqa mazkur jinoyat ishtirokchilarini so‘roq qilishga Jinoyat-protsessual kodeksida cheklov qo‘yilmagan. Ushbu kodeksning 172-moddasiga ko‘ra, ish uchun ahamiyatli holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni fan, texnika, san’at yoki kasb sohasi bo‘yicha bilimi bo‘lgan shaxs o‘tkazadigan maxsus tekshirish orqali olish mumkin bo‘lganda ekspertiza tayinlanadi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya, mutaxassislar, xolislarning bunday bilimlarga ega bo‘lishi ekspertiza tayinlash zaruratidan ozod etmaydi. Ekspert oldiga qo‘yilgan savollar va uning bergan xulosasi ekspertning maxsus bilimlari doirasidan tashqari chiqishi mumkin emas. Ekspertizani ushbu Kodeksda belgilangan tartibga xilof ravishda o‘tkaziladigan tekshiruv bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Idoraviy tekshiruv xulosasi, taftish hujjatlari, mutaxassislar maslahati ekspertiza o‘tkazish zaruratini istisno etmaydi. Poraxo‘rliknifosh etishda sud ekspertizalari katta rol o‘ynaydi. Ko‘p hollarda, pora predmetida yoki uning o‘ramida qo‘l barmoqlari va kaftning izi, kundalik, daftar, yon kitobchalarda – pora berish bilan bog’liq yozuvlar, bloknotlarning toza varaqlarida tekstning bosilgan izlarini aniqlash mumkin. Ularni o‘rganish uchun hujjatlarni kriminalistik-texnik ekspertizasi, mikrozarrachalar, material va moddalarni o‘rganish uchun trasologik ekspertiza, ba’zan esa kompleks ekspertizalar o‘tkaziladi. Ma’lumki, sud-ekspertiza faoliyati jinoyatlarni to‘g’ri klassifikatsiya qilish va ularni o‘z vaqtida fosh etish, inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlashda alohida rol o‘ynaydi. Bu haqidagi qoidalar BMTning «Sud-ekspertiza sohasidagi xalqaro hamkorlik» rezolyusiyasida ham qayd etilgan. So‘nggi o‘n yillikda ekspertiza faoliyatiga bo‘lgan talab butun dunyo miqyosida sezilarli darajada ortdi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi, oqibatda jinoyatni sodir
15
etishning yangi va murakkab usul va vositalari qo‘llanilayotganligi ushbu sohani doimiy rivojlantirib borish zarurligini ko‘rsatmoqda [1]. Shu jihatdan olib qaraganda, barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar sud-ekspertiza faoliyatining doimiy takomillashtirilib borishi, yuqori malakali sud-ekspertlari tayyorlash va ushbu sohaga xorijiy tajriba hamda xalqaro standartlarni joriy qilishdan manfaatdordir. Darhaqiqat, sud-ekspertiza sohasidagi xalqaro hamkorlik doim muhim ahamiyatga ega bo‘lib kelayotgan masalalardan biridir. Chunki ushbu sohada xalqaro aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi, birinchi galda mahalliy odil sudlovni ta’minlashga hamda sud-ekspertiza faoliyatining rivojiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shadi. Bugungi globallashuv sharoitida, mobil aloqa va kompyuter axborot texnologiyalari jinoyat predmeti va vositasiga aylanib ulgurgan. Kompyuter texnologiyalari sohasida sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish davomida to‘plangan dalillar, maxsus bilimga ega bo‘lgan ekspertlar tomonidan tekshirish va baho berishni talab etadi. Bu jarayon o‘z navbatida sud-kompyuter-texnikaviy ekspertiza doirasida amalga oshiriladi. A.L.Osipenko ta’kidlaganidek, axborot tarmoqlarida sodir etilgan jinoyatlarning o‘ziga xosligi ularni isbotlash jarayonida va sifatida namoyon bo‘lib, holat bo‘yicha ko‘rinib turgan ma’lumotlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirmaslik natijasida boshqa odatdagi isbotlash usullari va dalillardan foydalanishga majbur bo‘lishga olib keladi 6 .
yanada oshirish, ushbu sohani zamonaviy, yuqori aniqlikdagi tahlil vositalari bilan jihozlash orqali odil sudlovni ta'minlashga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Mamlakatimizda ham jahon andozalariga mos sud ekspertizasini o‘tkazish va takomillashtirishning normativ-huquqiy asoslari yaratilib, hayotga izchil tatbiq etilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi "Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g'risida"gi PQ-4125-sonli Qarori sud-ekspertlik faoliyatini jadal rivojlantirishda muhim huquqiy mexanizmlarni yaratishga xizmat qilmoqda. Mazkur Qaror bilan nodavlat
6 Makhkamov Durbek Nematovich. INTERNATIONAL COOPERATION IN THE FIELD OF FORENSIC COMPUTER TECHNICAL EXPERTISE. Journal of Law Research. 2019, 9 vol., issue 1, pp. 11-15 16
sud-ekspertiza tashkilotlarini tashkil etish belgilanib, ularga sud ekspertizalarining ayrim turlarini (44 ta) o‘tkazish huquqi berildi. Xususan, endilikda sud-kompyuter- texnikaviy ekspertiza ham, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Nodavlat sudekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish chora- tadbirlari to‘g'risida"gi Qarori loyihasi ham ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirda mazkur loyiha jamoatchilik o‘rtasida qizg'in muhokama qilinmoqda. Ushbu hujjat bilan "Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g'risida"gi Nizom tasdiqlanishi kutilmoqda. Mazkur Nizomda nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti respublikaning barcha hududlaridan, shuningdek, xorijiy mamlakatlardan olingan buyurtmalar asosida sud ekspertizasini amalga oshirish huquqiga ega ekanligi nazarda tutilgan. Bu o‘z navbatida nodavlat sud-ekspertiza muassasalarining xalqaro sud-espertiza jarayoniga integratsiyalashuvini ta'minaydi. Shu maqsadda xalqaro hamkorlikning boshqa turlarini ham mazkur Nizomda belgilash maqsadga muvofiq. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 203-moddasiga ko‘ra, kelib
chiqishini, kimga
tegishliligini, ma’lum
maqsadlarda foydalanilganligini yoki foydalanishga yaroqliligini, qo‘ldan-qo‘lga o‘tganligi yoki turgan joyi o‘zgarganligini, u yoki bu moddalar, narsa, jarayon va hodisalar ta’sir etganligini aniqlash mumkin bo‘lgan fizikaviy alomatlar yoki belgilarga, shuningdek ish holatlarini aniqlashga xizmat qiladigan har qanday boshqa alomatlar va belgilarga ega bo‘lgan narsa ashyoviy dalil hisoblanadi. Bundan tashqari, sud-buxgalteriya, trasologiya kabi ekspertizalar ham tergov harakatlarida o‘tkazilib borishi mumkin. Trasologiya so‘zi fransuzcha “la tras” - iz, grekcha “logos”- ta’limot so‘zlarining birikuvidan hosil bo‘lib, “izlar haqidagi ta’limot” degan ma’noni anglatadi. Trasologiya jinoyatlarni fosh qilishda va unga qarshi kurashda qo‘llaniladigan kriminalistik texnikaning muhim sohalaridan biridir
7 . Bu ekspertizaning poraxo‘rlikka aloqasi shundaki, pora bilan qo‘lga tushgan
7 Kriminalistika. Darslik. A.K.Zakurlaev, D.B.Bazarova va b.q. – Toshkent: TDYUU, 2015 17
mansabdor shaxsning barmoq izlari pulda va boshqa ashyoviy dalillarda saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin. Gumonlanuvchining barmoq izlarini ashyoviy dalillardagi barmoq izlari bilan solishtirish trasologiyaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, mavjud asoslarga ko‘ra o‘tkazilgan sud ekspertizasi natijasida poraxo‘rlikka oid ishlarni ko‘rib chiqishda adolatli qarorlar qabul qilinishi mumkin. Poraxo‘rlikka oid ishlar bo‘yicha har xil ekspertizalar o‘tkazilishi tabiiy. Chunki har bir korrupsion jinoyat har xil variantlarda sodir etiladi. Masalan, jinoyat ustida qo‘lga tushgan mansabdor shaxsning barmoq izlari olinishi uchun sud-trasologiya ekspertizasi tayinlanadi. Hujjatlar, shtamplardan foydalangan holda sodir etilgan poraxo‘rlikka oid jinoyatlarni ochish uchun sud hujjatlar ekspertizasi yoki imzo kimga tegishli ekanligini aniqlash maqsadida xatshunoslik ekspertizasi o‘tkaziladi. Shunday tartibda ishning mazmunidan kelib chiqqan holda har xil ekspertiza turlaridan foydalaniladi. Har bir ekspertiza hodisasi ishning mazmunini ochishda muhim ahamiyat kasb etishini yuqorida ko‘rib chiqilgan holatlarda kuzatish mumkin.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling