Keyinchalik kassalik yanada kuchayib, Ozod aka ikkinchi oyog’idan ham judo bo’ldi. Bu ham yetmagandek, ko’rish quvvati ham nihoyatda zaiflashib qoladi. Domlaning hayotini saqlab qolish uchun barchamiz ko’p say – qildik, hatto xorijdan ham shifokorlar taklif etdik. Ana shunday og’ir sharoitda ham bu inson “Jaxon adabiyoti” jurnalining bosh muharriri sifatida o’z burchiga, e’tiqodiga sodiq qolib, lupa yordamida jurnal materiallarini tahrir qilib borish bilan birga, qirqdan ortiq yirik roman va qissalarni o’zbek tiliga tarjima qilgani, albatta, har qanday odamni ham hayratga solishi tabiiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |