202-guruh talabasi Elamanova Dilbar


Download 68.73 Kb.
Sana09.05.2020
Hajmi68.73 Kb.
#104394
Bog'liq
Dilbar Elamanova


202-guruh talabasi Elamanova Dilbar

1.

Longrid inglizcha “long read” iborasidan olingan boʻlib, uzoq oʻqish maʼnosini bildiradi. Longrid fanga 2009-yilda kirib keldi va u odamlarga oʻzlarining eng unutilmas voqealarini boshqalarga ulashish imkonini yaratdi. Longrid bir vaqtning ichida oʻzida xabar, intervyu, podcast, esse kabi janrlarni jamlay oldi.



Ingliz tilidagi longridlar uchun maxsus Longreads.com va Longform.org saytlari yaratilgan. Longridlar odatda 1000 soʻzdan 20ming soʻzgacha boʻlib, bunday janrdagi maqolalar asosan ijodiy nonfiksiya yoki hikoya jurnalistikasi shaklida boʻladi.

Yigirma birinchi asr jurnalistikasi qisqalikka va aniqlikka intilsa-da, longridlarning ham oʻz oʻquvchilari topiladi.

Longrid janri bloglar, internet saytlari va fuqarolik jurnalistikasi makoni boʻlmish ijtimoiy tarmoqlar taraqqiyoti sabab yana-da keng tarqaldi. Eʼtibor qaratgan boʻlsangiz, longrid yoʻnalishidagi material joylashdan oldin muallif uning “longread” ekanligini eslatib oʻtadi. Longridning eʼtiborga loyiq jihati shuki, uni siz oʻqiyotgan mavzuyingizda toʻlaligicha maʼlumotga ega boʻlish bilan yakunlaysiz. Longridning yana bir ahamiyatli jihati, unda siz matndan tashqari nazarda tutilayotgan mavzu yuzasidan fotosuratlar, videoroliklar, infografika va jadvallar, audioyozuvlarni ham uchratasiz.

Longrid yozish professionallik va yuqori bilimni talab etadi, chunki longridda muallif shunchaki xabar berish bilan cheklanmaydi, mavzuni tahlil qiladi, oʻrganadi, qoʻshimcha fikr bildiradi, muammolar boʻlsa, ularni yuzaga chiqaradi va oʻz gʻoyasini tatbiq qiladi.

Bugungi kun jurnalistikasida janrlar chatishuvi va janrsizlik yuzaga chiqayotgan bir paytda longridlarning oʻrni yuqori. Oʻzbek segmentidagi telegram blogerlari oʻz kanallarida bot-bot longrid ulashib turishadi. Jurnalist Aziza Qurbonova esa, aksincha, longrid telegram kanallari uchun biroz noqulay yoʻnalish ekanligini taʼkidlaydi.

2.

Reportaj inglizcha report soʻzidan olingan boʻlib, yetkazmoq, xabar qilmoq maʼnolarini anglatadi. Bu janrda reportyor bevosita oʻzi ishtirok etgan, koʻrgan voqea-hodisalar haqida zudlik bilan yorqin, atroflicha xabar beradi. Bunda odatda muallif voqealarni oʻz tilidan bayon etadi. Reportaj barcha informatsion janrlar – lavha, hisobot, suhbat kabilar – elementlarini oʻzida mujassam qiladi. Bunda tashqari reportajda badiiy obrazlar va tarixiy dalillardan ham foydalanilishi mumkin.



Shundan kelib chiqqan holda reportaj longrid maʼlum bir hodisa haqida batafsil maʼlumot berishni talab qiladi, bunday longridlar odatda 3-4 ming soʻzdan iborat boʻladi. Reportaj longridda fotoreportajlar ham taqdim etish kuzatiladi. Reportaj longridni oʻqigan odamda voqea-hodisalarni oʻz koʻzi bilan koʻrgan odamday tasavvur uygʻonadi.

“Meduza” nashri tomonidan chop etilgan Xitoyda yashayotgan 10 milklion uygʻur hayoti haqida reportaj longridni oʻqiganman. Bloger Mirzo Zomiy ham oʻz telegram kanalida “Apple park” haqida longrid taqdim qilgan. Siz-u biz sevib foydalanadigan Apple qurilmalari va Macbooklar shu “Apple park”da loyihalashtiriladi. Garchand muallif “Apple park”da bevosita oʻzi boʻlmagan boʻlsa-da, longridda reportaj elementlari mavjud. Longrid eng koʻp hollarda bloglarga xos, sababi OAVda beriladigan matnlar shundoq ham katta hajmli boʻlib, ularda materialga longrid deya izoh berish ehtiyoji yoʻq. Tobora ixchamlik va aniqlikka intilib borayotgan bloglar, telegram kanallari uchun esa longrid alohida hodisa.

Bugungi kun telegram blogerligida @bakiroo, Aziza Umarova, @doctor_shizoid kabilar oʻz longridlari bilan mashhur.

3.

Rekonstruktor soʻzi ruscha rekonstruksiya – qayta qurish soʻziga bogʻliq boʻlib, rekonstruktor longrid maʼlum bir voqea-hodisani qayta qurish, oʻquvchi koʻz oʻngida qayta jonlantirishga qaratilgan longriddir. Bunday longridlar asosan ekojurnalistikaga xos boʻlib, bunda global iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq hodisalar tahlili yetakchi oʻrin tutadi. Rekonstruktor longriddan tarixiy voqealar bayonida ham foydalanish mumkin.



Iqlim oʻzgarishini yoritishda rekonstruktor longridda maʼlum bir vaqt oraligʻidagi statistik maʼlumotlar qayta tiklanadi va hozirgi kungacha boʻlgan oʻsish tartibida tahlil qilib boriladi. Bunda infografikalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Rekonstruktor longridning ajralmas elementlari mediafayllar hisoblanadi. Videofayllar, suratlar va jadvallar longridning oʻqishli boʻlishini taʼminlaydi.

Tarixiy jarayonlarni yoritishda rekonstruktor longriddan foydalanishda muallif oʻzi keltirayotgan tarixiy jarayon yoki tarixiy shaxsing barcha elementlari va unga bogʻliq boʻlgan voqea-hodisalarni qayta jonlantiradi.

Rekonstruktor longrid asosan fan nomzodlari, professor, olimlar tomonidan yaratiladi va jarayon longrid muallifidan yuqori darajadagi professionallikni talab etadi.

4.

Portret longrid janri inglizcha “people stories”dir. Longridning mazkur turga intervyular, ocherklar hamda biografik lavhalar kiradi. Portret longridning asosiy vazifasi global iqlim oʻzgarishidan, fuqarolik urushlari, siyosiy mojarolar, kasalliklar va turli boshqa baxtsiz hodisalardan jabrlangan qahramonni koʻrsatish, muammo oqibatlariga moslashayotgan shaxsning hayotiy yoʻli, tamoyillari, masalaga qarashlarini tahlil etib berishdan iborat. Bunday materialning asosiy jihatlaridan biri yuqori sifatli, bir-biriga mantiqan bogʻliq boʻlgan illyustrativ qatorning mavjudligidir.



Xoʻsh, longrid qanday yaratiladi? Agarda siz endigina jurnalistika sohasiga qadam qoʻyayotgan boʻlsangiz, longrid siz uchun emas. Chunki uning matni oddiy jurnalistik matndan biroz farq qiladi. Matn oʻz tarkibi boʻyicha murakkabdir. Agarda matnning boshida maqola singari lid boʻlsa, uning davomi bevosita audio yoki video lavha yoxud intervyu bilan davom etadi. Keyingi qismda matn videolavhaning uzluksiz davomi boʻlishi lozim. Fakt va dalillar tahlili, statistik maʼlumotlarning koʻpligi, qahramonlarning videointervyusi va hokazo. Demak, siz longrid tayyorlashga ahd qildingiz. Materialni tayyorlashdan oldin mavzu bilan yaxshilab tanishing. Tanlagan bir necha qahramonlaringizning mavzu yuzasidan fikrini oʻrganing. Iloji boricha bir -biriga qarama-qarshi fikrlarni yigʻishga harakat qiling. Turli axborot manbalaridan foydalaning. Longrid faqatgina qiziqarli faktlar, yorqin iqtiboslar, mavzu yuzasidan ilgari maʼlum boʻlmagan detallar bilan boyisagina qiziq boʻladi.
Download 68.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling