2021 abu ali ibn sino – sog‘lom turmush tarzi haqida


Oriental Renaissance: Innovative


Download 412.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana23.12.2022
Hajmi412.3 Kb.
#1047923
1   2   3   4   5
Bog'liq
abu-ali-ibn-sino-sog-lom-turmush-tarzi-haqida

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 5 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
368 
w
www.oriens.uz
June 
2021
 
 
Ushbu to‘rt suyuqlik muayyan miqdorda bir-biri bilan mutanosiblik o‘lchovlarida 
yagonalik-me’yorni tashkil etadi. Bu holatda salomatlik me’yori mustaqil to‘rt 
me’yorning munosobati shaklida namoyon bo‘ladi. Abu Mansur al-Qumri ham o‘z 
ustozi Ibn Sinoning bu boradagi fikrini tasdiqlab shunday deydi: ”Inson tanasining 
e’tidolli holatida bu qarama-qarshi to‘rt sifat ma’lum bir chegarada to‘xtagan bo‘ladi”.
Mizoj mo‘’tadil va mo‘’tadillikdan chiqqan holatda bo‘lishi mumkin. Mizoj 
mo‘’tadil bo‘lsa kishining tanasi sog‘lom, mo‘’tadillikdan chiqsa kasallik paydo 
bo‘ladi.
Inson uchun eng yaxshi holat mizojning mo‘’tadil bo‘lishidir. “Mizoj mo‘’tadil 
bo‘lganida gavdadagi qarama-qarshi xususiyatlar miqdor jihatidan o‘rtacha va sifat 
jihatdan nuqsonsiz bo‘ladi. Bunday kishi sog‘lomdir. Agar qarama-qarshi 
xususiyatlar o‘rtacha bo‘lmay, ikki tomonning biriga, masalan, issiqlik yoki 
sovuqlikka, ho‘llik yoki quruqlikka yoki har ikkisiga moyil bo‘lsa, mizoj 
mo‘’tadillikdan chiqadi va tanada kasallik paydo bo‘ladi.
“Mo‘’tadillik - mizoj egasining butun gavdasida yoki bir a’zosida unsurlarning 
miqdori va kayfiyatlari bilan odam mijoziga keragicha eng to‘g‘ri taqsimlanib, eng 
to‘g‘ri nisbatda to‘lla-to‘kis bo‘linganidan iboratdir”. 
“Mo‘’tadillik” – mutanosib miqdorlar, proporsiya, nisbat ma’nosini bildiradi. 
“Sifatli qon” deganimizda, qon tarkibiga kiruvchi barcha elementlarning miqdoriy 
mutanosibligi tushuniladi, bunday qon mo‘’tadil sifatiga tengdir. Mana shu sifatli 
qonga mos sifatli safro, sifatli hujayralar suyuqliklar va h. bo‘lishi lozim. 
Abu Ali ibn Sino “Taodul” va “mo‘’tadil” so‘zlarining ma’nosini ajratib berdi. 
“Taodul” so‘zi og‘irlikdagi barobarlikni bildiradi.
Ibn Sino “Urjuza fit-t-tib” (”Tib haqida urjuza”) kitobida aniqrog‘i she’riy 
risolasida mizojning to‘qqiz xilini: issiq mijozli; sovuq; 
1. quruq; 
2. ho‘l;
3. issiq va quruq;
4. issiq va ho‘l;
5. sovuq va quruq;
6. sovuq va ho‘l mijozli 
7. mo‘’tadil mizojni ko‘rsatib berdi.
Bu to‘qqiz xil mizojning har birini uch darajasini ajratib ko‘rsatib berdi. 
Ibn Sino ko‘rsatishicha, xar bir tirik mavjudotning o‘z turiga mos tabiiy 
me’yori bo‘ladi. Eng mo‘’tadil mizojga ega bo‘lgan mavjudot insondir. Uning katta 
yutug‘i shundan iborat bo‘ldiki, mizoj haqidagi konsepsiyasini umumiylikdan 
alohidalikka so‘ng individuallikka olib inson tanasi misolida ko‘rsata olganidir. Har 
bir odamning o‘ziga xos (individual) mizoji bo‘ladi, deb ta’kidlaydi alloma.



Download 412.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling