2021 йил «12» сентябрь 141-8-0-Q/21


“Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/115
Sana30.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1309672
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   115
Bog'liq
141-8-0-Q 21 (2)

“Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini
kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 10 fevraldagi
PF–6166-son Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari
samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari,
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining


e-qaror.gov.uz
12.10.2022
97
shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017 yil 11 apreldagi PQ–2881-son hamda “Ijro.gov.uz” ijro
intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga
qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 31 maydagi PQ‒5132-son qarorlari
shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini
ta’minlash uchun javob beradi.
13. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini
ta’minlaydi, ularda qayd qilingan muammolar hal etilishi yuzasidan tegishli choralarni
belgilaydi.
14. Biriktirilgan sohalarda kadrlarni tarbiyalash va o‘qitish masalalari bilan doimiy
shug‘ullanadi, majmuaga kiradigan tashkilotlardagi rahbarlik lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha
takliflar beradi.
4-bob. Viloyat hokimi o‘rinbosarining faoliyatini tashkil etish
15. Viloyat hokimi o‘rinbosarining ishi O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat
hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar
Mahkamasining qarorlari, shuningdek, ushbu Nizomga muvofiq, viloyat hokimining choraklik
va yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Ushbu ish rejalari asosida viloyat hokimi o‘rinbosarining oylik shaxsiy ish rejalari ishlab
chiqiladi va ular viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
16. Viloyat hokimi o‘rinbosarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlarida belgilangan vazifalarning bajarilishini
ta’minlash bo‘yicha faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – turizm va sport
vaziri va hokim topshiriqlariga muvofiq kompleks o‘rganishlarni amalga oshirish, Vazirlar
Mahkamasi Rayosati va viloyat hokimligi majlislarida hisobotlarni eshitish yo‘li bilan tashkil
etiladi.
17. Viloyat hokimining tezkor yig‘ilishlarida viloyat hokimi o‘rinbosarining
hisobotlari har haftada  eshitib boriladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling