e-qaror.gov.uz
12.10.2022
47
choralarni ko‘radi hamda foydalanishga topshirilgan ob’ektlardan maqsadli foydalanish
ustidan nazoratni tashkil qiladi;
ye) qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda resurslarni tejovchi va innovatsion
texnologiyalarni keng joriy etish sohasida:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga resurslarni
tejovchi va innovatsion
texnologiyalarni qo‘llashga ko‘maklashadi, qishloq xo‘jaligi ekinlarining istiqbolli,
intensiv
hamda serhosil navlarini ekishni tashkil etadi;
innovatsion ishlanmalar, shuningdek, zamonaviy avtomatlashtirish va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga joriy etadi;
agrar sektorga investitsiyalarni jalb etish sohasida xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni
kengaytirish choralarini ko‘radi;
j) tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligidan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi
ekinlarini yetishtirish uchun talab etiladigan mineral o‘g‘itlar miqdorini belgilash, qishloq
xo‘jaligi ekinlarini kasallik va zararkunanda hasharotlardan himoya qilish sohasida:
har bir tumandagi qishloq xo‘jaligi yer maydonlarining tuproq unumdorligi va
belgilanadigan ekinlar hosildorligidan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun
talab etiladigan mineral o‘g‘itlar, o‘sishni boshqaruvchi vositalar
va kimyoviy preparatlar
miqdorini belgilaydi;
mutasaddi tashkilotlar tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini oziqlantirish uchun mineral
o‘g‘itlar, o‘sishni boshqaruvchi vositalar va o‘simliklarni himoya
qiluvchi zarur kimyoviy
preparatlar bilan uzluksiz ta’minlash choralarini ko‘radi;
mavjud biolaboratoriyalarning to‘la quvvat bilan ishlashini tashkil etadi, qishloq xo‘jaligi
ekinlari zararkunandalariga qarshi birinchi navbatda biologik va kimyoviy kurashish tadbirlarini
tashkil etadi;
Do'stlaringiz bilan baham: