i) veterinariya xizmatini ko‘rsatish hamda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik,
asalarichilik va pillachilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar
ijrosini tashkil etish sohasida:
veterinar osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan choralarni ko‘radi va epizootiyaga
qarshi tadbirlarni o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtirib boradi;
ichki iste’mol bozorini sifatli go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari,
tuxum, baliq hamda asal mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, mahsulotlar narxining
barqarorligini saqlash maqsadida zamonaviy chorvachilik komplekslarini tashkil etish chora-
tadbirlarini ishlab chiqadi;
chorva mollari bosh sonini, go‘sht, sut, tuxum, baliq va asal ishlab chiqarish hajmini
oshirish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlar bajarilishini ta’minlaydi;
chorvachilik xo‘jaliklaridagi mavjud chorva mollari uchun ajratilgan yer maydonlaridan
samarali foydalanishning holatini o‘rganadi va samarali foydalanish yuzasidan tegishli choralar
ko‘radi;
parrandachilik, baliqchilik va pillachilik tarmoqlarida klaster usulini joriy etadi;
suv tanqisligi sharoitida sun’iy suv havzalariga boshqa manbalardan qo‘shimcha suv
berish choralarini ko‘radi;
asalarichilik xo‘jaliklarini o‘rmon fondi yerlariga, tog‘ va tog‘oldi hududlarga, tabiiy
pichanzor va yaylovlarga hamda qishloq xo‘jaligi yerlariga joylashtirish choralarini ko‘radi;
fermer xo‘jaliklarining dala atroflariga tut ko‘chatlarini ekish, intensiv tutzorlar barpo
etish va parvarishlashni tashkil etadi va pillachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash
choralarini ko‘radi;
k) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash loyihalarini amalga oshirish va
qishloq joylarda savdo va pullik xizmatlar tashkil etish sohasida:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish
tarmoqlarida bozor prinsiplari va mexanizmlarini hamda oziq-ovqat sanoati
Do'stlaringiz bilan baham: |