e-qaror.gov.uz
12.10.2022
50
yuklangan vazifalar hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning
mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘radi;
tegishli viloyat komissiyalariga (kengashlar, guruhlarga) rahbarlik qiladi, viloyat hokimi
ishtirokidagi komissiyalar (kengashlar, guruhlar) ishini tashkil etadi, qishloq va suv xo‘jaligi
sohasidagi respublika komissiyalari qarorlari ijro etilishini ta’minlaydi;
belgilangan tartibda o‘zlariga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
3-bob. Viloyat hokimi o‘rinbosarining huquqlari va javobgarligi
10. Viloyat hokimining o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish
uchun quyidagi huquqlarga ega:
hududda qishloq xo‘jaligi sohasini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qarorlar, dasturlar va
“yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, ijrosini tashkil etish;
viloyat hokimligida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun
zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni hududiy boshqaruv organlari, tumanlar hokimliklari
va boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
zarurat bo‘lganda viloyat hokimligida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish,
axborot va tahliliy materiallarni tayyorlash uchun hududiy boshqaruv organlari, shahar va tuman
hokimliklari rahbarlari va xodimlarini taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert
guruhlari tashkil etish;
hududiy boshqaruv organlari, shahar va tuman hokimliklari, boshqa tashkilotlardan ular
tomonidan kiritilgan viloyat hokimining hujjatlari va qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni
belgilangan tartibda talab qilish;
qishloq, suv, o‘rmon xo‘jaligi, yerdan foydalanish va chorvachilik masalalarini hududiy
boshqaruv organlari, tuman hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida
ko‘rib chiqilishi va muhokama qilinishini tashkil etish;
hududiy boshqaruv organlari, tuman hokimliklari, boshqa tashkilotlar
rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda
topshiriqlar berish;
normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar, viloyat hokimi o‘rinbosari topshiriqlarining
hududiy boshqaruv organlari, shahar va tuman hokimliklari, boshqa tashkilotlar tomonidan
bajarilishini o‘rganish.
11. Viloyat hokimining o‘rinbosari ushbu Nizomning 8 va 9-bandlaridagi o‘ziga
yuklangan vazifalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
Viloyat hokimining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Do'stlaringiz bilan baham: |