e-qaror.gov.uz
12.10.2022
109
hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar
Mahkamasining qarorlari, shuningdek ushbu Nizomga muvofiq, viloyat hokimining choraklik va
yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Ushbu ish rejalar asosida viloyat hokimi o‘rinbosarining oylik shaxsiy ish rejalari ishlab
chiqiladi hamda viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
15. Viloyat hokimining o‘rinbosari hisoboti viloyat hokimining tezkor yig‘ilishlarida har
haftada eshitib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga
asosan viloyat hokimining o‘rinbosari hisobotlari xalq deputatlari viloyat Kengashi
majlisida eshitiladi.
16. Viloyat hokimining o‘rinbosari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga
erishilishini baholash, ular yuzasidan hisobotlarni eshitish va tegishli choralarni
ko‘rish Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari o‘rinbosarlari faoliyatining
eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va baholash
tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
17. Viloyat hokimining o‘rinbosari faoliyati tegishli kotibiyat tomonidan ta’minlanadi.
Viloyat hokimining o‘rinbosari tomonidan o‘zaro hamkorligi ta’minlanadigan
tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha
qo‘mitaning viloyat boshqarmasi.
2. O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyat vakilligi.
3. “Imom Termiziy” xalqaro ilmiy tadqiqot markazi.
4. “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi.
5. Xalqaro Islom akademiyasi viloyat mintaqaviy malaka oshiriq markazi.
6. Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat bo‘limi.
7. Siyosiy partiyalarning viloyat bo‘limlari.
8. Milliy madaniy markazlar.
9. Nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab
quvvatlash jamoat fondi viloyat bo‘limi.
10. O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy Assotsiatsiyasi viloyat bo‘limi.
11. “Yuksalish” umummilliy harakati viloyat bo‘limi.
12 Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) ning viloyatdagi
mintaqaviy vakili.
Do'stlaringiz bilan baham: |