2021 йил «12» сентябрь 141-8-0-Q/21


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/115
Sana30.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1309672
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   115
Bog'liq
141-8-0-Q 21 (2)

javobgardirlar.
Viloyat hokimining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va


e-qaror.gov.uz
12.10.2022
25
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini
kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 10 fevraldagi
PF–6166-son Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari
samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari,
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining
shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son hamda “Ijro.gov.uz” ijro
intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga
qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 31 maydagi PQ‒5132-son qarorlari
shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini
ta’minlash uchun javob beradi.
12. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini
ta’minlaydi, ularda qayd qilingan muammolar hal etilishi yuzasidan tegishli choralarni
belgilaydi.
4-bob. Viloyat hokimining o‘rinbosari faoliyatini tashkil etish
13. Viloyat hokimining o‘rinbosari ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat
hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar
Mahkamasining qarorlari, shuningdek, ushbu Nizomga muvofiq, viloyat hokimining choraklik
va yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Ushbu ish rejalar asosida viloyat hokimi o‘rinbosarining oylik shaxsiy ish rejalari ishlab
chiqiladi va viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
14. Viloyat hokimining o‘rinbosari hisobotlari viloyat hokimining tezkor
yig‘ilishlarida har hafta  eshitib boriladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling