e-qaror.gov.uz
12.10.2022
38
10. Viloyat hokimining o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish
uchun quyidagi huquqlarga ega:
ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar
hamda ma’lumotlarni davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlardan
belgilangan tartibda so‘rash va olish;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar
rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish,
vakolati doirasiga kiruvchi
sohalarning samarali ishlashi hamda ularni rivojlantirish bo‘yicha tegishli davlat boshqaruvi
organlariga ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritish;
biriktirilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik birlashmalarining hududiy
tuzilmalarining majlislarida, shuningdek, viloyat hokimi topshiriqlari bo‘yicha – boshqa davlat
organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar hududiy tuzilmalarining o‘zi
yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida
qatnashish;
oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejalariga
(“yo‘l xarita”lariga) kiritish uchun biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda xorijiy
mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, tegishli tarmoq korxonalari va
hududlarning muammoli masalalari bo‘yicha
takliflar tayyorlash;
davlat boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa
tashkilotlarning hududiy
tuzilmalari rahbarlari hamda vakillarini hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab
chiqish uchun belgilangan
tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtincha ishchi
guruhlar tuzish.
11. Viloyat hokimining o‘rinbosari ushbu Nizomning 8 va 9-bandlarida o‘ziga yuklangan
vazifa va funksiyalarning
tegishli ravishda va samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
Viloyat hokimining o‘rinbosari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Do'stlaringiz bilan baham: