d) suv resurslaridan oqilona foydalanish, suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy
etish va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 fevraldagi PQ–5005-son
qarori bilan
tasdiqlangan
O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya
sektorini rivojlantirishning 2021–2023 yillarga mo‘ljallangan
strategiyasi
da belgilangan
vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlaydi;
suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv olish limitlarini belgilash, suvdan foydalanish
va suv iste’moli bo‘yicha shartnomalarni rasmiylashtirish hamda suvdan foydalanish va suv
iste’moli bo‘yicha tartib ijrosini hamda sug‘oriladigan yerlarda meliorativ nazoratni tashkil
qiladi;
suv xo‘jaligi ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash hamda
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha hududiy dasturlarni shakllantiradi hamda
ijrosini tashkil qiladi;
suvni tejovchi sug‘orish texnologiyalarini keng joriy qilish bo‘yicha hududiy
dasturlarni shakllantiradi va ijrosini ta’minlaydi;
suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning moliyaviy
holatini yaxshilash va rivojlantirishga ko‘maklashadi, fermer xo‘jaliklari, klaster tashkilotlari
hamda boshqa suv iste’molchilari bilan ularning shartnomaviy munosabatlarini tashkil qiladi;
suv iste’molchilari uyushmalari va suvdan foydalanuvchilar hisobidagi sug‘orish
tarmoqlari, ulardagi gidrotexnika inshootlarining texnik holatini yaxshilash, suv olish joylarini
suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlashni hamda suvning hisobi va hisoboti
yuritilishini ta’minlaydi;
suv va suv xo‘jaligi ob’ektlarining muhofaza zonalari va sohilbo‘yi mintaqalarini tashkil
qilish, ajratilgan yerlardan oqilona foydalanishni ta’minlaydi;
Do'stlaringiz bilan baham: |