2021 йил «12» сентябрь 141-8-0-Q/21


a) agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan normativ-


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/115
Sana30.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1309672
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   115
Bog'liq
141-8-0-Q 21 (2)

a) agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan normativ-
huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar va topshiriqlar ijrosini tashkil etish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktabrdagi PF–5853-
son
Farmoni
bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini
rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi hamda O‘zbekiston
Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan
strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l
xaritasi”da belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar
Mahkamasi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan ustuvor vazifalarga muvofiq


e-qaror.gov.uz
12.10.2022
45
hududda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish dasturlariga takliflar ishlab chiqadi;
agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy
hujjatlarda belgilangan vazifalar va topshiriqlar ijrosini tashkil etadi;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh
mahsulotlar yetishtirish loyihalarini amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi sohasining barcha
tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini
ishlab chiqadi;
b) qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
yetishtirishning samarali usullarini joriy etish, agrosanoat klasterlarini tashkil etish va
rivojlantirish sohasida:
har bir hududning ixtisoslashuvi, tuproq-iqlim sharoitlari, yerlarning meliorativ holati,
unumdorligi, suv bilan ta’minlanganligini inobatga olgan holda qayta ishlovchi, tayyorlovchi va
eksport qiluvchi tashkilotlarning talablaridan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi ekinlari to‘liq
ekilishini, agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini hamda qishloq xo‘jaligi
ekinlaridan belgilangan hosil yetishtirilishini tashkil etadi;
paxta xomashyosi, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning
yangi shakllarini joriy etadi;

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling