2021 йил «12» сентябрь 141-8-0-Q/21


Viloyat hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/115
Sana30.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1309672
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   115
Bog'liq
141-8-0-Q 21 (2)

Viloyat hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish
va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining
funksional hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik
ko‘rsatkichlari vazifalari to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi
Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga,
shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq viloyat hokimining yoshlar siyosati,
ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari (keyingi o‘rinlarda –
viloyat hokimining o‘rinbosari) faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, vazifalari, funksiyalari,
huquqlari, shaxsiy mas’uliyati, vakolati va javobgarligi hamda eng muhim samaradorlik
ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
2. Viloyat hokimining o‘rinbosari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlariga, xalq deputatlari Kengashi
qarorlariga, viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal
qiladi.
3. Viloyat hokimining o‘rinbosari o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining
samaradorligi va natijadorligi, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda
Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining to‘liq va sifatli bajarilishini tashkil etish
uchun O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaxsan javobgar hamda tegishli
xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.
4. Viloyat hokimining o‘rinbosari viloyat hokimiga bo‘ysunadi.
Viloyat hokimining o‘rinbosari o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalarda hududlarni
rivojlantirish bilan bog‘liq vazifalarini hal qilish bo‘yicha faoliyati O‘zbekiston Respublikasi

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling