2021 йил «12» сентябрь 141-8-0-Q/21


Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/115
Sana30.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1309672
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   115
Bog'liq
141-8-0-Q 21 (2)

Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan
muvofiqlashtiriladi.
5. Viloyat hokimining o‘rinbosari faoliyati natijadorligi ushbu Nizomga ilovaga
muvofiq eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlar asosida belgilangan tartibda baholanadi.
6. Viloyat hokimining o‘rinbosariga tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati,
ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari bo‘ysunadi.
7. Viloyat hokimining o‘rinbosari o‘z vakolati davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan
tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.


e-qaror.gov.uz
12.10.2022
59
2-bob. Viloyat hokimining o‘rinbosari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, vazifalari va
funksiyalari
8. Quyidagilar viloyat hokimining o‘rinbosari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
hisoblanadi:
hududda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, iqtidorli va
og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan yoshlarni va yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda
yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorligini rivojlantirish, ular o‘rtasida jinoyatchilikning
oldini olish;
uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi islohotlarini amalga oshirish, maktabgacha
ta’lim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy va intellektual
rivojlanishini ta’minlash, tarbiyachilar, o‘qituvchilar, professor-o‘qituvchilarning malakasini
oshirish va jamiyatda ularning mavqeini ko‘tarish;
aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash va aholining reproduktiv salomatligini
yanada mustahkamlash hamda hududda farmasevtika sanoatini rivojlantirishni ta’minlash;
hududda nogironligi bo‘lgan shaxslarni tizimli ravishda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va
ularni reabilitatsiya qilishni ta’minlash;
aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri, mafkuraviy immuniteti
va dunyoqarashini yuksaltirishga, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan
yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini
ta’minlash.
9. Quyidagilar viloyat hokimining o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) hududda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, iqtidorli va
og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan yoshlarni hamda yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash,
yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorligini rivojlantirish, ular o‘rtasida jinoyatchilikning
oldini olish sohasida:

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling