2021 йил «12» сентябрь 141-8-0-Q/21


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/115
Sana30.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1309672
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   115
Bog'liq
141-8-0-Q 21 (2)

e-qaror.gov.uz
12.10.2022
63
nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda hamkorlikni
muvofiqlashtirish va nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-
tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda mahalliy davlat hokimiyati organlari va
tashkilotlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishi mexanizmlarini yaratish;
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning yuqori samaradorligiga va uning murakkab hayotiy
vaziyatga tushib qolgan muayyan shaxslar hamda oilalar ehtiyojlariga mos kelishiga
erishish uchun ijtimoiy himoya qilish tizimining barcha darajalarida professional ijtimoiy
faoliyat ishlab chiqilishi va joriy etilishini muvofiqlashtirish;
samarali ijtimoiy himoya qilish uchun moddiy resurslarning yetarli miqdorda ajratilishini,
ulardan oqilona va tegishli ravishda foydalanilishini muvofiqlashtirish;
d) aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri, mafkuraviy
immuniteti va dunyoqarashini yuksaltirish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PQ–4307-son qaroriga muvofiq fuqarolar, ayniqsa yoshlar ongida milliy g‘oyaga, umuminsoniy
qadriyatlar va demokratik prinsiplarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirish, jamoatchilik
ongida mustaqillik g‘oyalariga, Vatanga muhabbat va sodiqlik prinsiplarini singdirishga
yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy
islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka samarali yetkazish bo‘yicha zarur
choralar ko‘rish;
oila, mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni
o‘rganishni tashkil etadi hamda “mahalla–tuman–viloyat” prinsipi asosida hududlar bo‘yicha
ijtimoiy-ma’naviy muhit xaritasini shakllantirish;

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling