2021 йил «12» сентябрь 141-8-0-Q/21
tashabbuskor, amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan qizlardan kadrlar zaxirasini
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
141-8-0-Q 21 (2)
tashabbuskor, amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan qizlardan kadrlar zaxirasini
shakllantirish va ularning nomzodlarini tegishli rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimini yo‘lga qo‘yadi; xotin-qizlar va oila masalalarida davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar, siyosiy partiyalar bilan yaqin hamkorlikni ta’minlaydi; xotin-qizlarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati shaffofligini ta’minlash, ularning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotda faol ishtirok etishiga ko‘maklashish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi; e-qaror.gov.uz 12.10.2022 78 xotin-qizlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishda fuqarolik jamiyati institutlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklikni kengaytirish, xotin- qizlarga manzilli ijtimoiy yordam berish ishlarini tashkil etadi; v) og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularga yordam berish, shuningdek, ularning uy-joy sharoitlarini yaxshilash, arzon uy-joylar olishiga ko‘maklashish sohasida: joylarda xotin-qizlar va oilalarning real holatini muntazam o‘rganadi, ularning ijtimoiy muammolarini har tomonlama tahlil qiladi hamda shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshiradi; joylardagi og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, shu jumladan nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni o‘z vaqtida aniqlashni, ular bilan aniq maqsadga yo‘naltirilgan manzilli ishlar olib borilishini ta’minlaydi; og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan onalar bilan manzilli ishlashga hamda ularni arzon uy-joylar bilan ta’minlashga ko‘maklashadi; yordamga muhtoj bo‘lgan, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, ularning oilalari va bolalari uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etadi, ushbu toifadagi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda davlat organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini ta’minlaydi; Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling