2021-yildan boshlab respublikada tashkil etiladigan xalqaro musiqa anjumanlari va festivallari doirasida "Oltin davr" xalqaro musiqa yarmarkasini (keyingi o‘rinlarda Yarmarka) o‘tkazish
Download 25.63 Kb.
|
1 2
Bog'liq692 06.11.2020
[OKOZ: 1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar] [TSZ: 1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori “Oltin davr” xalqaro musiqa yarmarkasini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son Farmoni ijrosini ta’minlash, dunyo musiqa san’ati sohasida erishilayotgan yutuqlar, yangi ijod namunalari, musiqa uskunalari va cholg‘u asboblarini mutaxassislar, san’atkorlar, san’atshunoslar va keng omma e’tiboriga havola etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining: 2021-yildan boshlab respublikada tashkil etiladigan xalqaro musiqa anjumanlari va festivallari doirasida “Oltin davr” xalqaro musiqa yarmarkasini (keyingi o‘rinlarda — Yarmarka) o‘tkazish; Yarmarkani tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. “Oltin davr” xalqaro musiqa yarmarkasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga Yarmarkani tashkil etish va o‘tkazish doirasida: tashkilotchi sifatida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda barcha tashkiliy va ijodiy ishlarni muvofiqlashtirib borish; Yarmarkada qatnashish istagini bildirgan ishtirokchilar, xorijdan taklif etiladigan mutaxassislar, san’atkorlar va san’atshunoslarning ro‘yxatini shakllantirish hamda ularni Yarmarkaga jalb etish; Yarmarkani zamonaviy texnologiyalardan keng foydalangan holda yuqori badiiy saviyada o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirish vazifalari yuklansin. 4. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, “Dunyo” axborot agentligiga Yarmarkani targ‘ib etishga qaratilgan ijtimoiy reklama roliklarini tayyorlash, namoyish qilish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yoritib borish tavsiya etilsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2020-yil 6-noyabr, 692-son Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 692-son qaroriga ILOVA “Oltin davr” xalqaro musiqa yarmarkasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom “Oltin davr” xalqaro musiqa yarmarkasini (keyingi o‘rinlarda — Yarmarka) o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Yarmarka quyidagilarni nazarda tutgan holda o‘tkaziladi: O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash va soha bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish; o‘zbek milliy musiqa san’atining noyob durdonalarini dunyo miqyosida yanada keng targ‘ib etish; san’at sohasidagi yetuk mutaxassislarni milliy musiqa va zamonaviy san’at asarlari hamda ijrochilarning mahorati bilan tanishtirish; xorijiy mamlakatlarning musiqa asbob-uskunalarini ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalarining texnik uskunalari va moslamalari, o‘zbek hunarmand ustalari tomonidan tayyorlangan cholg‘u sozlari namoyishini tashkil etish va bu borada o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘z mahsulotlarini hamda xizmat ko‘rsatuvchilar tomonidan taklif etilayotgan xizmatlarni namoyish etish, savdo hamda boshqa bitimlarni tuzish uchun shart-sharoitlar yaratish; yangi yutuqlar hamda boshqa mahsulotlarni namoyish etish uchun imkoniyat yaratish; qo‘shma ijodiy loyihalarni amalga oshirishda xalqaro sheriklik munosabatlarini shakllantirish. 3. Yarmarka 2021-yildan boshlab mamlakatimizda o‘tkazib kelinayotgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali, Xalqaro maqom san’ati anjumani, Xalqaro baxshichilik san’ati festivali hamda kelgusida tashkil etiladigan boshqa musiqa anjumanlari va festivallari doirasida o‘tkaziladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Yarmarka tashkilotchisi (keyingi o‘rinlarda — Tashkilotchi) hisoblanadi. Yarmarka O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda tashkil etiladi hamda o‘tkaziladi. 2-bob. Yarmarkani o‘tkazish tartibi 5. Yarmarka doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi: Yarmarkaning tantanali ochilishi marosimi; xorijdan taklif etilgan prodyusyerlar, promoutyerlar, san’atkorlar, mutaxassislarning taqdimotlari, davra suhbatlari va mahorat darslari; musiqa san’ati savdo yarmarkasi; san’atkorlarning konsert dasturlari; Yarmarkaning tantanali yopilishi marosimi. 6. Yarmarkada ishtirok etuvchilar quyidagilar hisoblanadi: Download 25.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling