2021-yildan boshlab respublikada tashkil etiladigan xalqaro musiqa anjumanlari va festivallari doirasida "Oltin davr" xalqaro musiqa yarmarkasini (keyingi o‘rinlarda Yarmarka) o‘tkazish
Download 25.63 Kb.
|
1 2
Bog'liq692 06.11.2020
ishtirokchilar — ishlab chiqarish kompaniyalari va korxonalari, o‘quv va PR-markazlari, ta’lim muassasalari, audio va video mahsulotlar tayyorlash bo‘yicha studiyalar, san’at va musiqa laboratoriyalari, milliy sozlar ustaxonalari va hunarmandlar, musiqa san’atining barcha yo‘nalishlarida ijod qilayotgan xorijiy va mahalliy san’atkorlar, bastakorlar, sozanda va xonandalar jamoalari, turli tanlov, festival, ko‘rgazma va loyihalarning rahbarlari, tasviriy va amaliy san’at ustalari, raqqos va raqqosalar, turli tadbirlar tashkilotchilari;
buyurtmachi — taniqli prodyusyerlar va promoutyerlar, san’at sohasidagi xalqaro tashkilotlar vakillari. 7. Yarmarkaning ishchi tillari etib o‘zbek, rus va ingliz tillari belgilanadi. 3-bob. Yarmarkada ishtirok etish tartibi 8. Yarmarkada ishtirok etish istagini bildirgan ishtirokchilar Tashkilotchiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) ishtirokchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) nusxasi; b) ishtirokchi haqida ma’lumotnoma (rezyume); v) 4 dona (2 dona 3x4 sm va 2 dona 9x12 sm hajmda) rangli fotosurat; g) ijod namunasi haqida ma’lumotlar (ijodiy faoliyat yuzasidan foto va video materiallar). 9. Barcha ishtirokchilarga Tashkilotchi tomonidan maxsus qayd raqamiga ega bo‘lgan “Xalqaro musiqa yarmarkasi ishtirokchisi” sertifikati taqdim etiladi. 10. Yarmarka xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan turli yarmarkalar va muzokaralar tajribalariga tayangan holda ishbilarmonlarning o‘zaro kelishuvi (B2B), ishbilarmon va iste’molchi (B2C) hamda boshqa muloqot formatlarida tashkil etiladi va buning uchun Tashkilotchi tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratiladi. 11. Ishtirokchilarga Tashkilotchi tomonidan Yarmarka bo‘lib o‘tadigan hududdan 3,5 x 4 metr o‘lchamdagi maydon ajratiladi. 12. Ishtirokchilar o‘zlariga ajratilgan hududda o‘z xizmatlari va mahsulotlarini turli stendlar, fotoalbomlar, audio-, video-, fototaqdimotlar, roliklar, banner va flayyerlar orqali targ‘ib etishlari mumkin. 13. Yarmarkada odob-axloq normalariga zid bo‘lgan mahsulot va xizmatlarning taqdimotiga yo‘l qo‘yilmaydi. 14. Yarmarkaning har bir ishtirokchisi o‘z tibbiy sug‘urtasiga ega bo‘lishi lozim. 4-bob. Tashkilotchining huquqlari 15.Tashkilotchi quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi: ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ibot materiallarini tayyorlashda Yarmarka ishtirokchilari tomonidan taqdim etiladigan materiallardan foydalanish; Yarmarkani televideniye, radio, boshqa ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda translatsiya qilish uchun ruxsat berish. 5-bob. Yarmarkani moliyalashtirish tartibi 16. Yarmarkada ishtirok etish istagini bildirgan: xorijiy ishtirokchilarning O‘zbekistonga kelib-ketishi, ovqatlanishi va yashash xarajatlari ishtirokchi hisobidan; mahalliy ishtirokchilarning ichki transport, ovqatlanish, mehmonxona xarajatlari Tashkilotchi tomonidan qoplanadi. 17. Xorijiy prodyuser va promoutyerlar, san’at sohasidagi xalqaro tashkilotlar vakillarining nufuzi, tajribasi, xalqaro maydondagi madaniyat va san’at sohasidagi mavqeyini inobatga olgan holda Tashkilotchining taklifiga binoan ularning Yarmarkada ishtirok etishi bilan bog‘liq barcha xarajatlar Tashkilotchi tomonidan qoplanishi mumkin. 18. Yarmarkani tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/692/1475-son) Download 25.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling