2022 davlat sektorida moliyaviy nazoratini tashkil etishning nazariy va tashkiliy asoslari safarov Anvarjon Rustamovich


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana10.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1256481
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
59 Safarov Anvarjon Rustamovich 441-451

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR 
Moliyaviy nazorat – bu faoliyat yurituvchi xo’jalik subyektlarining moliyaviy 
muomalalarini o’rnatilgan qonun-qoidalar doirasida amal qilinishini taʼminlovchi 
ularning samaradorligini tahlil qiluvchi va ularni kelgusida takomillashtirish bo’yicha 
takliflar ishlab chiquvchi masʼul organlarning aniq maqsadga yo’naltirilgan faoliyati. 
1
Sh.M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik 
qoidasi boʻlishi kerak. Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga 
moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining 
kengaytirilgan majlisidagi maʼruza, 2017-yil 14-yanvar. 6 b. 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 9 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
443 
w
www.oriens.uz
September
2022
 
Moliyaviy nazoratning maqsadi – bu shunchaki faqat nazorat emas, balki uning 
maqsadi ahvolni to’g’rilash choralarini ko’rish, ayrim hollarda aybdorlarni 
javobgarlikka tortish, yetkazilgan zarar uchun tovon undirib olish yoki kelgusida 
bunday buzilishlarning oldini olish yoxud kamaytirish imkoniyatiga ega bo’lish 
uchun imkoni boricha dastlabki bosqichda qabul qilingan standartlardan 
chekinishlarni va qonun qoidalarning buzilishlarini oldini olish, moddiy resurslarning 
samaradorligini oshirish va tejab sarflanishini aniqlashdan iboratdir.
Moliyaviy nazoratning ahamiyati shundan iboratki, uning yordamida birinchidan, 
davlat va jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fuqarolar 
tomonidan o’z moliyaviy faoliyatlarida huquqiy tartibga rioya etilishini kuzatib 
borish; ikkinchidan, amalga oshirilayotgan moliyaviy harakatlarning iqtisodiy 
asoslanganligi va samaradorligini, bu harakatlarning davlat oldida turgan vazifalarga 
muvofiq kelishini tekshirish orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib, moliyaviy 
nazorat moliyaviy faoliyatni amalga oshirish paytida qonunchilikka rioya etish
harakatlarni maqsadga muvofiqligini taʼminlashning muhim vositasi bo’lib xizmat 
qiladi. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling