Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 5/2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
564
w
www.oriens.uz
May
2022
qilindi, so’ng kitobiga kiritildi. Erkin Vohidov shuhratini “O’zbegim” o’sha yillarda
O’zbekistonga, o’zbeklar yashaydigan qo’shni Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston,
Turkmanistonga, keyinchalik qardosh
turkiylarimizning Ozarbayjon, Turkiya kabi
o’lkalarigacha yetib borgan. Hatto Amerikadagi Turkistonliklar jamiyatidagi minglab
vatandoshlarimiz ham bu qasidani yod o’qishgani, bayramlarda qo’shiq qilib
aytishgani ma’lum.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Erkin Vohidov “O’zbegim”,
sen ham tenglar ichida tengsan, dunyo xalqlar
orasida ko’kragingni ko’tarib yurishga deb quyidagi misrani yozdi:
Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon o’zbegim,
Senga tengdosh Pomir-u oqsoch Tiyonshon o’zbegim.
So’ylasin Afrosiyob-u, so’ylasin O’rxun xati,
Ko’hna tarix shodasida bitta marjon, o’zbegim…
Va bunday xalq yorug’ olamda “tenglar ichra teng bo’lishiga xaqli”, deya
ta’kidladi. Rim qaysari va Chingiz-u Botular bosqiniga ko’ksini qalqon qilgan
xalqimizni ulug’larkan, shoir ishg’ol ostidagi vatanning fojiali manzarasini shunday
chizadi:
Yog’di to’rt yondin asrlar boshingga tiyri kamon,
Umri qurbon, mulki toroj, yurti vayron, o’zbegim.
Davr zulmiga va lekin bir umr bosh egmading,
Sen – Muqanna, sarbador – sen, erksevar qon, o’zbegim…
Bu qasidada erksevarlik ramzi o’laroq
tilga olingan Muqanna, sarbadorlar
haqida keyinchalik Muhammad Alining romani,
Azim Suyunning dramasi,
Mirzapo’lat Toshpo’latovning qissasi, ko’plab she’rlar yaratilganida ham bu
satrlarning ta’siri bor, albatta. Muallif dunyoga Beruniy,
Xorazmiy, Farobiy,
Ulug’bek kabi jahonshumul olimlarni, “she’riyat mulkida shoh-u sulton” Navoiyni,
Bobur-u Mashrablarni tuxfa etgan xalqning achinarli ahvolini (Maariy “orif inson o’z
yurtida g’arib-u g’urbatdadir, yaqinlari orasida begona va kimsasizdir” deganidek),
mazlumligini quyidagicha tasvirlaydi:
Ilm-u she’rda shoh-u sulton, lek taqdiriga qul,
O’z elida chekdi g’urbat, zor-u nolon o’zbegim.
Qasidaning o’sha mazlumlik yillaridan boshlab xalqimiz ruhiga tayanch, joniga