2022 fuqarolarning jamiyat hayotida o‘z ijtimoiy faolliklarini amalga oshirishning muhim shakllari shamanova Zarina Uralovna
Download 468.9 Kb. Pdf ko'rish
|
fuqarolarning-jamiyat-hayotida-o-z-ijtimoiy-faolliklarini-amalga-oshirishning-muhim-shakllari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ijtimoiy faollik deganda kishi qaysi kasbning egasi boʻlishidan, qanday lavozimda ishlashidan qatʼiy nazar, uning jamiyat rivojiga hissa qoʻshishga, zamondan ortda qolmaslikka boʻlgan harakatini tushunish mumkin. Mana shu jarayonda u oʻzini shaxs va fuqaro sifatida namoyon qiladi. Bugun yurtdoshlarimizning ijtimoiy faollashayotganini koʻrib turibmiz. Ijtimoiy tushkunlik, oʻzgarishlarga, islohotlarga loqaydlik davri oʻtdi, yurtdoshlarimizda tashabbusni, yangilikka boʻlgan intilishlarni guvohimiz. “Ijtimoiy tarmoqlar ijtimoiy faollikni Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 226 w www.oriens.uz August 2022 kuchaytirib yubordi”, degan mazmundagi fikrlarni ham mavjud. Lekin ijtimoiy faollik bilan ijtimoiy tarmoqlardagi faollik oʻrtasida katta farq bor. Ijtimoiy tarmoqlardan turib oʻzining subyektiv fikrlarini ulashib, kechayotgan voqea- hodisalarga faqat va faqat negativ munosabat bildirib oʻtirish, bu hali ijtimoiy faollik degani emas. Har qanday ijtimoiy hodisaga nimadir sabab boʻladi, nimadir turtki beradi. Ijtimoiy faollik ham oʻz-oʻzidan sodir boʻladigan jarayon emas. 1 Ijtimoiy faollik inson shaxsi sifati darajasining asosiy ifodasi bo‘lib, uning yuksak qadriyadagi ehtiyojlarini qondirish usuli va sifat ko‘rsatkichidir. Shu jihatdan shaxs faoliyati sotsiologiyada keng va kichik (tor) ijtimoiy darajalarda o‘rganiladi. Shaxsning bunday darajalarda o‘rganilishi metodologik ahamiyat kasb etadi. 2 Ilmiy adabiyotlarda fuqarolar faolligi tushunchasning turli ishchi variantlari ishlatilmoqda. Biroq, uning umumiy jihatlariga taalluqli bo‘lgan xususiyatlar saqlanib qolmoqda. Barcha variantlarda fuqarolar faolligi tushunchasi o‘zining ma’no- mazmun jihatdan “yadrosi”ni saqlab qolmoqda. Shuning uchun ham ko‘plab ilmiy izlanishlarda insonni faol fuqaro sifatida tadqiqot ob’ektiga aylanishi katta ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqotlarda fuqarolar faolligini insonning ijtimoiy yetukligi sabab bo‘luvchi omillar psixologik, aqliy, intellektual, mehnatga layoqatliligi, siyosiy, huquqiy, madaniy saviyasining yuqoriligi e’tibor qaratilmoqda. Bunda insonni ijtimoiy mavjudot ekanligi va insonlarni har qanday holatda ham ijtimoiylashuvga intilishlari e’tirof etilmoqda. Shuning uchun ham fuqarolar faolligi tushunchasini mohiyatini ochib berishda masalaga chuqurroq yondoshishni talab qiladi. Masalan, fuqarolar faolligi masalasi sotsiologiyada ko‘piroq o‘rganilgan masalalardan biri sifatida alohida e’tirof etish lozim. N.Aberkrombi, D.Djeri, D.Djeri, B.S.Terner va S.Xill xorij sotsiologlarining ta’kidlashlaricha, fuqarolar o‘z ihtiyorilari bilan nodavlat sektorida ishtirok etishi sotsiumni integratsiyalashuviga va ijtimoiy bahamjihatlikka olib boradi. 3 Amerikalik tadqiqotchi X.Anxer va L.Salamonlarning tahliliga ko‘ra, “ko‘ngillilar” tushunchasining G‘arb mamlakakatlaridagi tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, «volunteering» atamasi Buyuk Britaniya va AQShda, fransuzcha «voluntariat», shvedcha «frivillig verksamhet», italyancha «voluntariato», nemischa «ehrenamt» tarixiy vujudga kelishining mazmunmohiyat jihatdan bir hildir. Biroq, 1 Qayumov U. Rol semi v formirovani nravstvennix i duxovnix osnov obshestva. “Ijtimoiy fikr”. 2004. 4- son. 93-94 betlar. 2 Tursunova N. Yoshlarning ijtimoiy faolligi: tushuncha va fazilatlari. “Ijtimoiy fikr”. 2004. 3-son. 149-150 betlar. 3 Аберкромби Н. Социологический словарь. – 2-е изд., перераб. и доп. изд. – М.: ЗАО «Издательство «Экономика», 2004. – С. 188.; Джери, Д., Джери, Д. Большой толковый социологический словарь: русскоанглийский, англо-русский в 2 тт., том 1. – М.: Вече-АСТ, 1999. – С. 83 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling