2022 года «10» мая 181-9-124-Q/22


Download 271.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana22.01.2023
Hajmi271.1 Kb.
#1108484
1   2   3   4   5
Bog'liq
181-9-124-Q 22

e-qaror.gov.uz
26.08.2022
2
saqlash vazirligi bilan kelishgan holda tashkil qilinishi;
hududlarda oilaviy shifokor punktlari tarmog‘ini yanada kengaytirish uchun
2023-yil 1-yanvardan boshlab joylardagi oilaviy poliklinika filiallari negizida
oilaviy shifokor punktlari tashkil etilishi;
oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinika va tuman (shahar) ko‘p
tarmoqli markaziy poliklinikalarida kunduzgi statsionar ish vaqti soat 20:00ga
qadar uzaytirilishi hamda ularda ishlovchi tibbiyot xodimlari uchun 2022-yil 1-
iyundan boshlab qo‘shimcha ustama haqi belgilanishi;
2022-yil 1-maydan boshlab birlamchi tibbiy-sanitariya yordami
muassasalaridan olis masofada joylashgan mahallalarda mahalla tibbiyot punktlari
tashkil etilishi;
aholining profilaktik tibbiy ko‘riklari, skrining dasturlar va patronaj xizmati
faqat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq va
belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi, boshqa tashkilotlarning ushbu
jarayonga aralashmasligi;
2022-yil 1-sentabrdan boshlab shifokorlarning yakka tartibda oilaviy
shifokorlik faoliyatini yuritishga ruxsat berilishi;
yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritish uchun alohida tibbiyot
muassasasi ochish talab etilmasligi va ushbu toifadagi shifokorlarga o‘z uyida yoki
ijaraga olingan binoda tibbiy xizmatlar ko‘rsatishi;
yakka tartibdagi oilaviy shifokorlarga o‘ziga biriktirilgan aholiga bepul
ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun to‘lov Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali
amalga oshirilishi;
yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritish tajribasi dastlab 2022-
yil yakuniga qadar viloyatda, keyinchalik esa bosqichma-bosqich boshqa
hududlarda joriy etilishi;
Tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida davlat tomonidan
kafolatlangan bepul tibbiy xizmat turlaridan tashqari xizmat turlarini pullik asosda
tashkil etishga ruxsat berilishi;
pullik xizmatlardan kelib tushgan mablag‘larning 75 foizgacha bo‘lgan
qismi tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarining tibbiyot
xodimlarini rag‘batlantirishga yo‘naltirilishi;
2022-yil 1-avgustdan boshlab oilaviy shifokor punktlari va oilaviy
poliklinikalarning ish samaradorligini baholash bo‘yicha yangi reyting tizimi joriy
qilinganligi, bunda;
hududda ortiqcha vazndan xalos bo‘lish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga
rioya etish, jismoniy faollikni oshirish, infarkt, insult, qandli diabet, onkologiya
kabi kasalliklarning oldini olish bo‘yicha ko‘rsatkichlar asosiy mezon bo‘lishi;
har olti oyda ijobiy ko‘rsatkichlarga erishgan tibbiyot xodimlari
rag‘batlantirilishi hamda eng yaxshi natija ko‘rsatgan tibbiyot muassasasi mukofot
va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishi;
ushbu tizim 2022-yilda Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi 11 ta
hamda Namangan viloyatining Uychi tumanidagi 12 ta oilaviy shifokor punkti va
oilaviy poliklinikalarda, 2023-yildan boshlab bosqichma-bosqich barcha



Download 271.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling