2022 года «10» мая 181-9-124-Q/22
Download 271.1 Kb. Pdf ko'rish
|
181-9-124-Q 22
e-qaror.gov.uz
26.08.2022 3 hududlarda joriy etilishi; Sog‘liqni saqlash sohasi uchun Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan tibbiy jihozlar hisobini va nazoratini yuritish bo‘yicha elektron dastur (platforma)ni 2022-yilda viloyatda tajriba tariqasida joriy etilishi hamda tajriba natijalari bo‘yicha 2023-yildan boshqa hududlarga bosqichma-bosqich tatbiq etilishi; O‘z mahallasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilgan, shaxsiy namuna ko‘rsatgan tibbiyot xodimlari va jamoatchilik vakillari uchun “Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishoni ta’sis etillishi; 2022-yil 1-iyundan boshlab qon bilan bevosita ishlayotgan davlat tibbiyot muassasalari xodimlarini gepatit “B” kasalligiga qarshi bepul emlash amaliyoti joriy etilishi nazarda tutilsin. 3. Tumanda aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining sifatini yaxshilash, tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash va faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilansinki, dastur da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni so‘zsiz, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan mas’ul rahbarlarga shaxsiy javobgarlik yuklatiladi. 4. Tuman hokimining o‘rinbosarlari B.Botirov, M.Urinbayev, O.Jo‘rayev, tuman Tibbiyot birlashmasi (A.Erkabayev) 2022-yil davomida tumanda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridan uzoq masofada joylashgan 3 ta mahallalarda mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etilishini ta’minlasin. 5. 2022-yil 1-iyuldan boshlab olis va chekka hududlarda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar shifokorlari uchun “Qishloq shifokori” dasturi takomillashtirilsin. Bunda, yangilangan “Qishloq shifokori” dasturi doirasida: olis va chekka hududlardagi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda faoliyat yuritayotgan barcha shifokorlar oylik ish haqiga qo‘shimcha 2 million so‘m miqdorida har oylik ustama belgilanadi hamda ularga ipoteka asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining 50 foizigacha qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobaridan oshmagan miqdorda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi; olis va chekka hududlarda uzluksiz uch yil ishlagan shifokorlar klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilinadi. 6. Tuman hokimining o‘rinbosarlari B.Botirov, M.Urinbayev, O.Jo‘rayev, tuman Tibbiyot birlashmasi (A.Erkabayev) bir oy muddatda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalardagi shifokorlarga bo‘lgan talabni mahallalar kesimida aniqlash, shifokorlarni jalb etish va ehtiyojga ko‘ra kelgusida ularga uy- joy ajratish chorasini ko‘rsin; ikki xafta muddatda viloyat hokimligiga, Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga va Moliya boshqarmasiga tumandagi yangilangan olis va chekka hududlar ro‘yxatini tasdiqlash bo‘yicha taklif kiritsin. 7. 2022-yil 1-sentabrdan boshlab tumanda tibbiyot tizimi rahbarlarining xalq deputatlari tuman Kengashi hamda mahalla fuqarolar yig‘inlarida hisobot berish tartibi joriy qilinsin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling