2022 rumiy hayoti va dunyoqarashining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar mardonova Madina Asqar qizi


Download 57.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana20.11.2023
Hajmi57.12 Kb.
#1788393
1   2   3   4   5
Bog'liq
rumiy-hayoti-va-dunyoqarashining-shakllanishiga-ta-sir-ko-rsatgan-omillar

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 6 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
1464 
w
www.oriens.uz
June
2022
 
описание важных факторов жизни Джалалиддина Руми и людей, внесших 
свой вклад в его творчество. Актуальность изучения средневековой 
мусульманской философии в создании узбекской национальной философии и ее 
значение в наши дни. 
Ключевые слова: суфизм, мавлави, мистицизм, Девони Шамси Табризи, 
важные качества ислама: честность, великодушие, великодушие, доброта, 
милосердие, скромность, стремление к знаниям, учитель-ученичество, 
правила поведения, нравственные нормы. 
KIRISH 
XIII asrdagi tasavvufning buyuk namoyandasi, so‘fiylik ta’limotining yetuk 
vakili Jaloliddin Rumiy siymosi hayoti va faoliyati bilan ma’naviy yuksak ustoz 
ko‘rinishida gavdalanadi. Uning shunday buyuk shaxs sifatida kamol topishi
yaratgan asarlarining bebaho qiymatga ega bo‘lishida o‘sha davr shart-sharoiti va 
undagi ustozlarning o‘rnini o‘rganish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. 
Jaloliddin Rumiyning asl ismi Muhammad ibn Muhammad bin Husayn al-Balxiy 
deya qayd etiladi. “U yoru do‘stlari tomonidan Mavlono sifatida e’zozlangan. 
“Jaloliddin”, “Rumiy”, “Mavlaviy” kabi bir necha taxalluslarga ega bo‘lgan. 
Mavlono hijriy-qamariy 604yili rabi’ ul-avval oyining oltinchi (milodiy 1207 yil 30 
sentabr) kuni “Ummul-bilod” (“Shaharlar onasi”) deb atalmish qadimiy Balxda 
dunyoga kelgan. Uning otasi BahouddinMuhammad (Bahoulvalad) shaharning eng 
mashhur voizlaridan bo‘lgan.
Aflokiyning aytishicha, uni dastlab otasi “Xudovandigor” deb chaqirgan. 
“Xudovandigor” so‘zi “sarvar”, “janob” ma’nolarini anglatib, yuksak ma’naviy va 
ijtimoiy hurmatga sazovor kishilarga nisbatan “Xoja” nomi o‘rnida qo‘llanilgan. 
Rumiyga nisbat berilgan “Mavlono” so‘zi ham,arabchada “xo‘ja”, “janob” 
ma’nolarini ifodalaydi.O‘zagi “mavlo” bo‘lib, ko‘pligi – “mavoliydir”. Bundan 
ko‘rinib turibdiki Rumiy shaxsi xalq ichida hurmat bilan tilga olingan.Rumiy o‘zidan 
keyingi avlodlarga 5 muqim va qimmatbaho asarlarini qoldirdi: “Devoni kabir”, 
“Devoni Shamsi Tabriziy”,“Devoni Shamsul Haqoyiq” degan nomlar bilan mashhur 
bo‘lib, g‘azal va ruboiylardan iboratdir”.(1) “Masnaviyi ma’naviy” esa 25700 
baytdan tashkil topgan bebaho ta’limiy-tarbiyaviy asar. “Fiyhi ma fiyhi” (“Ichindagi 
ichindadir”)–Mavlononing suhbatlaridan iborat falsafiy kitob. “Mavoizi majolisi 
sab’a” – Rumiyning yetti o‘git va pand-nasihatlarini qamrab olgan. “Maktubot” – 
Mavlononing turli davrlarda zamondoshlariga yozgan maktublaridan tuzilgan 
to‘plam.Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarida Rumiy haqida, uning ijodi va so‘z san’ati 



Download 57.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling