2022 rumiy hayoti va dunyoqarashining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar mardonova Madina Asqar qizi
Download 57.12 Kb. Pdf ko'rish
|
rumiy-hayoti-va-dunyoqarashining-shakllanishiga-ta-sir-ko-rsatgan-omillar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ключевые слова
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 1464 w www.oriens.uz June 2022 описание важных факторов жизни Джалалиддина Руми и людей, внесших свой вклад в его творчество. Актуальность изучения средневековой мусульманской философии в создании узбекской национальной философии и ее значение в наши дни. Ключевые слова: суфизм, мавлави, мистицизм, Девони Шамси Табризи, важные качества ислама: честность, великодушие, великодушие, доброта, милосердие, скромность, стремление к знаниям, учитель-ученичество, правила поведения, нравственные нормы. KIRISH XIII asrdagi tasavvufning buyuk namoyandasi, so‘fiylik ta’limotining yetuk vakili Jaloliddin Rumiy siymosi hayoti va faoliyati bilan ma’naviy yuksak ustoz ko‘rinishida gavdalanadi. Uning shunday buyuk shaxs sifatida kamol topishi, yaratgan asarlarining bebaho qiymatga ega bo‘lishida o‘sha davr shart-sharoiti va undagi ustozlarning o‘rnini o‘rganish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Jaloliddin Rumiyning asl ismi Muhammad ibn Muhammad bin Husayn al-Balxiy deya qayd etiladi. “U yoru do‘stlari tomonidan Mavlono sifatida e’zozlangan. “Jaloliddin”, “Rumiy”, “Mavlaviy” kabi bir necha taxalluslarga ega bo‘lgan. Mavlono hijriy-qamariy 604yili rabi’ ul-avval oyining oltinchi (milodiy 1207 yil 30 sentabr) kuni “Ummul-bilod” (“Shaharlar onasi”) deb atalmish qadimiy Balxda dunyoga kelgan. Uning otasi BahouddinMuhammad (Bahoulvalad) shaharning eng mashhur voizlaridan bo‘lgan. Aflokiyning aytishicha, uni dastlab otasi “Xudovandigor” deb chaqirgan. “Xudovandigor” so‘zi “sarvar”, “janob” ma’nolarini anglatib, yuksak ma’naviy va ijtimoiy hurmatga sazovor kishilarga nisbatan “Xoja” nomi o‘rnida qo‘llanilgan. Rumiyga nisbat berilgan “Mavlono” so‘zi ham,arabchada “xo‘ja”, “janob” ma’nolarini ifodalaydi.O‘zagi “mavlo” bo‘lib, ko‘pligi – “mavoliydir”. Bundan ko‘rinib turibdiki Rumiy shaxsi xalq ichida hurmat bilan tilga olingan.Rumiy o‘zidan keyingi avlodlarga 5 muqim va qimmatbaho asarlarini qoldirdi: “Devoni kabir”, “Devoni Shamsi Tabriziy”,“Devoni Shamsul Haqoyiq” degan nomlar bilan mashhur bo‘lib, g‘azal va ruboiylardan iboratdir”.(1) “Masnaviyi ma’naviy” esa 25700 baytdan tashkil topgan bebaho ta’limiy-tarbiyaviy asar. “Fiyhi ma fiyhi” (“Ichindagi ichindadir”)–Mavlononing suhbatlaridan iborat falsafiy kitob. “Mavoizi majolisi sab’a” – Rumiyning yetti o‘git va pand-nasihatlarini qamrab olgan. “Maktubot” – Mavlononing turli davrlarda zamondoshlariga yozgan maktublaridan tuzilgan to‘plam.Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarida Rumiy haqida, uning ijodi va so‘z san’ati |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling