2022 turk tilida zoonim va fitonimlar orqali inson qiyofasiga murojaatning o’ziga xosliklari salimova Zebo Rustam qizi


Download 333.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana14.10.2023
Hajmi333.04 Kb.
#1703780
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
turk-tilida-zoonim-va-fitonimlar-orqali-inson-qiyofasiga-murojaatning-o-ziga-xosliklari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
249 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
shag`al solib olmoq”) va b. Aynı shu iboralarga antonimlarni tashkil etuvchi iboralar 
ham talaygina. Masalan: ag’zında bakla ıslanmamak (og`zida loviya namlanmaslik), 
çenesi düşük (chakagi tushgan) kabi. Onlar, Sörlerden ziyade benden çekinirlerdi. 
Niçin mi diyeceksiniz? Çűnkű gevezeydim, sakallı dayının dedig’i gibi, ag’zımda 
bakla ıslanmazdı. (R.N.G, 29). Tarjimasi: Ular murabbiyalardan ham ko‘proq 
mendan qo‘rqishardi. Nega deysizmi? Chunki sergap edim, soqolli amaki aytganday, 
ichimda gap turmas edi. (M.I.29-b). Tarjimon turkcha gapdagi “Ag’zında bakla 
ıslanmamak” iborasini “ichida gap turmaslik” ma’nosidagi muqobilini tanlab tog`ri 
ish tutgan va ikala ibora bir-biriga to‘la mos kelgan. 
Rashod Nuri Guntekinning “Choliqushi” romanidan keltirilgan misollarda ham 
kishi xarakterini iboralar orqali ifodalash muallif va tarjimon Mirzakalon Ismoiliy 
tomonidan mohirona amalga oshirilgan va bu asarning badiiy qiymatini yanada 
oshirgan: 
Shuningdek, Besime Teyzemin kızı Necmiye, annesinin dizi dibinden ayrılmayan 
sessiz ve biraz da hastalıklı bir çocuktu (R.N.G., 25) gapi o`zbekchaga Basima 
xolamning qizi Najmiya onasining etagidan ajralmaydigan kamgap, hastahol qizaloq 
edi (M.I., 25) deya o`girilgan. Gapdagi annesinin dizi dibinden ayrılmayan çocuk 
(onasining tizzasi tagidan ajralmaydiagan bola, ya’ni uydan hatlab ko‘chaga yolg‘iz 
o‘zi chiqmaydigan, onasiga bog‘lanib qolgan bola) iborasi ichiga kirib qolgan so‘zlar 
ibora tarkibini kengaytirgan, ya’ni gap tarkibidagi «sessiz ve biraz da hastalıklı 
bir…» erkin birikmasi iboraning komponenti hisoblanmaydi. Bu jumladagi annesinin 
dizi dibinden ayrılmayan çocuk  iborasi 'onasining ketidan qolmaslik', ya’ni ‘uydan 
hatlab ko‘chaga yolg‘iz o‘zi chiqmaydigan’, ‘onasiga bog‘lanib qolgan bola’ 
ma’nosida kelgan. 
Yana bir o’rinda: 
Yoki, Hűseyin, delişmen bir adamdı. Beni çabuçak sevmişti. Ben de umulmaz ve 
affedilmez bir vefasızlıkla onun sevgisine mukabele edivermiştim. (R.N.G., 9) 
jumlasida ifoda etilgan fikr, aniqrog`i, sevgisine mukabele etmek birikmasi o`zbekcha 
tarjimada ibora vositasida (oyoq osti qilmoq) yoritilgan va bu tarjimaning badiiy 
saviyasini yanada oshirgan: Husayn devonaroq odam edi. Meni jonidan ortiq yaxshi 
ko‘rardi. Men esam uning sevgisini oyoq osti qilib, tuzatib bo‘lmaydigan vafosizlik 
bilan xorlardim (M.I., 8). 
Mazkur misolda “delismen”-devonaroq, “vefasiz”-vafosiz kabi xarakter 
xususiyatlari tarjimada o’z ekvivalenti bilan berilganining guvohi bo’lamiz. 
Inson portretini ifodalashda ham bir qancha turkcha zoonimlarni ko’rish 
mumkin. Kuchli, navqiron, yelkador, vazndor erkaklar uchun “tay gibi” birikmasi 



Download 333.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling