2022 y. «25» noyabr №36 Ishtimoyat mfy
Download 16.99 Kb.
|
10-DMTT kuz qish mavsumi buyruq
- Bu sahifa navigatsiya:
- B U Y U R А M А N 1.
2022 y. «25» noyabr №36 Ishtimoyat MFY O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2022 yil 22-noyabrdagi 334-X-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash bo’yicha Andijon viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasining 2022 yil 24-noyabrdagi 106-sonli Qo’rg’ontepa tumani maktabgacha ta’lim bo’limining 2022 yil 24-noyabrdagi 28-sonli buyrug’i to’g’risida Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimidagi pedagogika kollejlari va barcha turdagi tashkilotlarni 2022-2023 yillar kuz-qish davriga tayyorlash hamda mavsumni barqaror o‘tkazishni samarali tashkil etish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, kuz- qish mavsumida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zahirasini yaratish masalalarini joyida oʼrganish va amaliy yordam ko‘rsatish, qish mavsumiga tayyorgarlik holati bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni joylarda tezkorlik bilan bartaraf etish, bu borada hududiy maktabgacha taʼlim bo‘linmalari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining 2022 yil 22 noyabrdagi 334-X-sonli buyrugʼi, hamda Andijon viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasining 2022 yil 24-noyabrdagi 106-sonli Qo’rg’ontepa tumani maktabgacha ta’lim bo’limining 2022 yil 24-noyabrdagi 28-sonli buyrug’i ijrosini taʼminlash maqsadida B U Y U R А M А N 1. Qo’rg’ontepa tumani maktabgacha ta’lim bo’limining 2022 yil 24-noyabrdagi 28-sonli buyrug’i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin. 2. Qo’rg’ontepa tumani Maktabgacha ta’lim bo’limi mudirining mazkur buyrug‘i bilan: - maktabgacha taʼlim tashkilotlarini 2022-2023 yillar kuz-qish davriga tayyorlash va mavsumni barqaror o‘tkazishni samarali tashkil etish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, kuz-qish mavsumida asosiy turdagi qishloq xoʼjaligi mahsulotlari zahirasini yaratish bo‘yicha olib borayotgan ishlari maʼlumot uchun qabul qilinsin. 3. 10-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotning 2022-2023 yillar kuz-qish davriga tayyorlash hamda mavsumni barqaror o‘tkazishni samarali tashkil etish bo‘yicha bo’limning shtab tarkibi 1-ilovaga muvofiq; 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlash bo‘yicha tuzilgan Ishchi guruhlar tomonidan bajariladigan asosiy vazifalar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Tashkilotning xo’jalik mudiriga: -tashkilotda ishlaring haqiqiy ahvolini har tomonlama va chuqur o‘rganishni, mavjud muammolarni aniqlash va hal qilishni sifat jihatdan yangi va samarali shakllarini joriy etishni tashkil etish; - tashkilotda olib borilgan o‘rganishlar jarayonida aniqlangan kamchiliklar uchun masʼul xodimlarning kelgusi faoliyati yuzasidan mehnat qonunchiligi normalariga muvofiq mehnat shartnomasini bekor qilishgacha bo‘lgan intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi to‘g‘risida bo’lim rahbariyatiga takliflar kiritish vazifalari yuklatilsin. 5.10-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotning direktoriga: -bir kun muddatda maktabgacha taʼlim tashkilotlarini 2022-2023 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab, tayyorgarlik jarayonini muvofiqlashtirib borish maqsadida hududiy shtablarni tashkil etish; -tashkilotni asosiy turdagi yoqilg‘i va energetika resurslari, ayniqsa ko‘mir yoqilg‘isi bilan uzluksiz taʼminlash masalalarini tahlil qilish; -tashkilotda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni targ‘ib qiluvchi, issiqlikni saqlash, elektr energiyasi, suv tejamkorligi, ulardan oqilona foydalanish, tozalikka rioya qilish kabi masalalarni o‘z ichiga olgan murojaatnoma ishlab chiqib, har-bir binoning peshtaxtalariga osib qo‘yilishini tashkillashtirish va guruhlarda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish; -mavjud yoritgich lampalarni tejamkorlariga oyma-oy almashtirish bo‘yicha tegishli choralar koʼrish; -tashkilotni sifatli yoqilg‘i bilan taʼminlash, tegishli qo‘llanmalarga asosan saqlash hamda yoqilg‘ini meʼyoriy sarflanishi ustidan doimiy nazoratni olib borish uchun masʼullarni biriktirish; -tashkil etilgan markaziy shtab bilan tezkor aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida bajarilgan ishlar toʼgʼrisidagi monitoring maʼlumotlarini 2022 yilning 23 noyabridan boshlab har oyning 1- 5 va 15-sanalarida bo’lim shtabiga taqdim etib borish; 6.Ushbu buyruqning ijrosini samarali tashkil etishga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha masʼul tashkilotning xo’jalik mudiri (Rejapova S) belgilansin. 7.Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilishni oʼz zimmamda qoldiraman Download 16.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling