2022 y Mavzu: Abbosiylar hukmronligi davrida arab xalifaligi madaniyati


Download 74.94 Kb.
bet2/9
Sana27.12.2022
Hajmi74.94 Kb.
#1067787
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BahromovBekzod

O`rganilganlik darajasi. O`zbekiston olimlari tomonidan mavzuga doir masalalar atroflicha yoritilgan. Xususan, Narshaxiyning “Buxoro tarixi”5 , Hofiz Tanish al-Buxoriyning “Аbdullanoma”6 , Ibn Xavqalning “Kitob surat al-ard” (Movarounnahr)7 nomli , Hudud-ul olam (Movarounnihr tavsifi)8 , Аbdulkarim as-Samʼoniyning “Аl-Аnsob Nasabnoma”9 nomli , Hasanxoja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob” (Doʼstlar yodnomasi)10 kabi o’rta asr muarrixlari, F.Sulaymonova11, B.Abduhalimov12, Hoji Ismatulloh Abdulloh13, A.Murodov14, U.Uvatov15, М.Хайруллаев16, А.Muhammadjonov17, R.Shamsutddinov, Sh.Karimovlarning18, M.Juraev, R.Nurullin, S.Kamolov19 , va boshqa olimlar musulmon madaniyatini tadqiq etishga muhim hissa qo`shganlar. Rossiyalik sharqshunoslar orasida esa arab-musulmon madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi bilan bog`liq masalalar, asosan, V.V. Bartold20, O.G. Bolshakov21, I.M.Filshtinskiy22, L.G.Landa23, T.A.Chistyakova24, T.Y.Irmiyayeva25, K.P.Matviyev26, M.V.Sokolovalarning27 asarlarida o`z ifodasini topgan.
Bu o`rinda F.Sulaymonovaning “Sharq va G`arb” monografiyasida arab-musulmon madaniyatini yaxlit holda tadqiq etganligini alohida ta`kidlash zarur. Shuningdek, B.Abduhalimovning “Bayt al-Hikma va Markaziy Osiyo olimlarining Bag`doddagi ilmiy faoliyati” kitobida o`rta asr manbalarida saqlangan “Bayt al-Hikma” haqidagi ma`lumotlar jamlangan, ular ilk bor atroflicha yoritilib, mazkur ilmiy markazning tashkil topishi, tarkibiy tuzilishi, vazifalari va taraqqiyoti haqida so`z yuritiladi.
So`nggi yillarda “Ma`naviyat yulduzlari” nomi bilan chop etilgan va yuzga yaqin Markaziy Osiyolik buyuk siymolar, allomalar va adiblar haqida ma`lumotlarni o`z ichiga olgan bio-bibliografik asarni mamlakatimizda ushbu turkumdagi tadqiqotlarning eng yirigi sifatida baholash mumkin. Kitobda ming yildan ortiq vaqt (IX-XX) oralig`ida yashab, ijod etgan mashhur kishilarning hayoti va ilmiy merosi bayon qilinadi28.
Shveytsariyalik sharqshunos olim Adam Mets o`zining IX-X asrlarda musulmon Sharqida yuz bergan madaniy rivojlanishning tarixiga bag`ishlangan “Musulmon renessansi29” asari bilan mutaxassislarga yaxshi tanish. Asarda muallif ko`zlagan asosiy g`oya – IX-X asrlarning musulmon Sharqidagi Uyg`onish (Renessans) davri ekanini ko`rsatishga intilish deyish mumkin; shuning uchun ham u o`z asarini “Musulmon Renessansi” deb ataydi. Adam Metsning kitobi Sharq xalqlari ijtimoiy hayotining deyarli barcha qirralarini tarixiy manbalar asosida yoritib beruvchi muhim fundamental tadqiqot hisoblanadi.

Download 74.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling